Abdullaev Doniyor Yorqinjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda bel-dumg‘aza soxasi yopiq spinal dizrafizmlarida tetring sindromining jarrohlik korreksiyasi», 14.00.28- Neyroxirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1286.
Ilmiy raxbar: Axmediev Maxmud Mansurovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/04.07.2023.Tib.170.01
Rasmiy opponentlar: Shodiev Amirkul Shodievich, tibbiet fanlari doktori, professor; Usmonxonov Odilxon Ayubxonovich, tibbiet fanlari buyicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent tibbiet akademiyasi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi orqa miya dizrafizmining yopiq shaklida neyrofiziologik monitoringni qo‘llashga yangicha yondashuvlarni, neyrovizualizatsiyaning zamonaviy usullarini ishlab chiqish va joriy qilish hamda mikrojarrohlik texnikalarini takomillashtirish orqali tetring sindromini jarrohlik yo‘li bilan davolash natijalarini yaxshilash buyicha tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
erta jarrohlik aralashuviga ko‘rsatmalarni belgilovchi klinik, neyrofiziologik va neyrovizual parametrlar jamlanmasining ahamiyati aniqlangan;
ilk bor MRT traktografiyasi va ENMG tadqiqotlarining taqqoslangan ma’lumotlariga asoslanib, diagnostik jihatdan tetring sindromini keltirib chiqaruvchi, orqa miya traktining uzilish darajasi va nerv tolalarining fiksatsiya nuqtalari aniqlangan;
ilk bor asab tuzilmalariga etkazilishi mumkin bo‘lgan zararni kamaytirib, jarrohlik amaliyotining radikalligini oshiruvchi, ishlab chiqilgan doimiy maxalliy stimulyasiya usulining ahamiyati isbotlangan;
jarrohlik amaliyotidan so‘nggi uzoq muddatli davrlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan orqa miyaning ikkilamchi fiksatsiyasini oldini oluvchi, ishlab chiqilgan xirurgik usulning samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2023 yil 1 dekabrdagi № 6-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2023 yil 1 dekabrdagi 02-6/1201-sonli xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: ilmiy yangilikning mohiyati: erta jarrohlik aralashuviga ko‘rsatmalarni belgilovchi klinik, neyrofiziologik va neyrovizual parametrlar jamlanmasining ahamiyati aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati ishlab chiqilgan algoritm va intraoperatsion neyrofiziologik kriteriyalar bemorlarda xirurgik davolash taktikasi tanloviga individual yondashuv imkonini beradi. Nevrologik etishmovchilikning tiklanish muddatlarini sezilarli qisqarganligi, jarroxlik manipulyasiyalari samaradorligini oshirilganligi ishlab chiqilgan intraoperatsion neyromonitoring mezonlari bilan izohlanadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Xorazm viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (08.08.2021y. №56) va Namangan viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (27.09.2021y. №71) amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi tetring sindromi bo‘yicha jarrohlik aralashuvi ilgari muayyan nevrologik nuqson rivojlanishidan so‘ng amalga oshirilgan va bu 78% bemorda kuzatilgan. Ushbu bemorlarda jarrohlik aralashuvi o‘tkazish anomaliyani tuzatishga yordam bergan, lekin operatsiya vaqtida kuchlanish rivojlanishi tufayli nervlar ishemiyasi va atrofiyasi bilan bog‘liq nevrologik defisit odatda regressiya bo‘lmagan. Bizning yondashuv oldin operatsiya qilinmagan bolalar uchun jarrohlik aralashuvini asoslash imkonini berdi. Kompyuter dasturi va MRT belgilariga qo‘shimcha ravishda SBNS shkalasining sezuvchanligi boshlang‘ich minimal nevrologik defisit bo‘lgan 86% bemorda operatsiya o‘tkazishni asosladi. Neyromonitoring bo‘yicha kompyuter dasturi tekshiruv o‘tkazish vaqtini 1,5 baravar qisqartirdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1. Asosiy guruhdagi bemorlarning kasalxonada bo‘lishi o‘rtacha 2,3 kunga kamaydi. Kasalxonada qolish to‘lov miqdori kamaydi. Statsionar har bir bemor uchun taxminan 678,5 ming so‘m (preyskurant bo‘yicha statsionarning 1 kunlik narxi 295 000 so‘m). 2. Asosiy guruhdagi bolalarda o‘tkazilgan operatsiyalar vaqti nazorat guruhidagi bolalarga nisbatan kamroq: o‘rtacha 47 daqiqa davomiylikka ega bo‘lgan, bu har bir bemor uchun 340 ming so‘m tejashga sabab bo‘ldi. 3. Bemorlarga erta reabilitatsiyani boshlash ularning tiklanishlarini tezlashtiradi va kelajakda nogironlik sabablarini bartaraf etishga imkon beradi. Xulosa: ilmiy yangilikning birinchi bandi minimal nevrologik defisitli yosh bolalarda tetring sindromini bartaraf etish bo‘yicha jarrohlik aralashuvini amalga oshirishga va bu har bir bemor uchun 1 018 500 so‘m tejalishiga sabab bo‘ldi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilmiy yangilik mohiyati: ilk bor MRT traktografiyasi va ENMG tadqiqotlarining taqqoslangan ma’lumotlariga asoslanib, diagnostik jixatdan tetring sindromini keltirib chiqaruvchi, orqa miya traktining uzilish darajasi va nerv tolalarining fiksatsiya nuqtalari aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: tetring sindromli bolalarda MRT traktografiyasini qo‘llash imkoniyatlari asoslandi. Traktografiya diffuzion og‘irlikdagi magnit-rezonans tomografiyaga asoslangan tashxislash usuli bo‘lib, u in vivo yo‘llarining yo‘nalishi va yaxlitligini vizualizatsiya imkonini beradi. Traktografiya ma’lumotlari bo‘yicha biz bemorlarda “umurtqa traktining uzilish darajasi” va “ildizlar va orqa miya lokal fiksatsiya joyi” aniqlandi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Xorazm viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (08.08.2021y. №56) va Namangan viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (27.09.2021y. №71) amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: nerv ildizlari va terminal yo‘llarining fiksatsiya nuqtalarini vizual aniqlash operatsiya vaqtida ularning shikastlanishini minimallashtirdi va operatsiyaning to‘liqligini ta’minladi. Bu nogironlikning rivojlanish ehtimoli minimallashtirish bilan operatsiyadan keyingi yaxshi nevrologik natijalarga olib keldi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1. Asosiy guruhdagi bemorlarning kasalxonada bo‘lishi o‘rtacha 2,3 kunga kamaydi. Kasalxonada qolish to‘lov miqdori kamaydi. Statsionar har bir bemor uchun taxminan 678,5 ming so‘m (preyskurant bo‘yicha statsionarning 1 kunlik narxi 295 000 so‘m). 2. Asosiy guruhdagi bolalarda o‘tkazilgan operatsiyalar vaqti nazorat guruhidagi bolalarga nisbatan kamroq: o‘rtacha 47 daqiqa davomiylikka ega bo‘lgan, bu har bir bemor uchun 340 ming so‘m tejashga sabab bo‘ldi. 3. Bemorlarga erta reabilitatsiyani boshlash ularning tiklanishlarini tezlashtiradi va kelajakda nogironlik sabablarini bartaraf etishga imkon beradi. Xulosa: ilmiy yangilikning ikkinchi bandi minimal nevrologik defisitli yosh bolalarda tetring sindromini bartaraf etish bo‘yicha jarrohlik aralashuvini amalga oshirishga va bu har bir bemor uchun 1 018 500 so‘m tejalishiga sabab bo‘ldi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilmiy yangilikning mohiyati: ilk bor asab tuzilmalariga etkazilishi mumkin bo‘lgan zararni kamaytirib, jarroxlik amaliyotining radikalligini oshiruvchi, ishlab chiqilgan doimiy maxalliy stimulyasiya usulining axamiyati isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: jarrohlik aralashuvi hajmini aniqlashda va jarroxlik amaliyotidan keyingi davrda bemorning xayot sifatini saqlashda intraoperativ neyrofiziologik monitoring mezonlari yondashuvi kerakligidan dalolat beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Xorazm viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (08.08.2021y. №56) va Namangan viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (27.09.2021y. №71) amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: nerv ildizlarini xaritalash va ularning anomal to‘qimalar qalinligida aniq joylashuvini nerv ildizlari va terminal traktlar fiksatsiyasi nuqtalarini vizual belgilash bilan birga aniqlash operatsiya vaqtida ularning shikastlanishini minimallashtirdi, operatsiyani to‘liq o‘tkazish va radikalligini ta’minladi. Bu nogironlikning rivojlanish ehtimoli minimallashtirish bilan operatsiyadan keyingi yaxshi nevrologik natijaga olib keldi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi 1. Asosiy guruhdagi bemorlarning kasalxonada bo‘lishi o‘rtacha 2,3 kunga kamaydi. Kasalxonada qolish to‘lov miqdori kamaydi. Statsionar har bir bemor uchun taxminan 678,5 ming so‘m (preyskurant bo‘yicha statsionarning 1 kunlik narxi 295 000 so‘m). 2. Asosiy guruhdagi bolalarda o‘tkazilgan operatsiyalar vaqti nazorat guruhidagi bolalarga nisbatan kamroq: o‘rtacha 47 daqiqa davomiylikka ega bo‘lgan, bu har bir bemor uchun 340 ming so‘m tejashga sabab bo‘ldi. 3. Bemorlarga erta reabilitatsiyani boshlash ularning tiklanishlarini tezlashtiradi va kelajakda nogironlik sabablarini bartaraf etishga imkon beradi. Xulosa: ilmiy yangilikning birinchi bandi minimal nevrologik defisitli ilk yoshli bolalarda tetring sindromini bartaraf etish bo‘yicha jarrohlik aralashuvini amalga oshirishga va bu har bir bemor uchun 1 018 500 so‘m tejalishiga sabab bo‘ldi. Xulosa: ilmiy yangilikning birinchi bandi minimal nevrologik defisitli yosh bolalarda tetring sindromini bartaraf etish bo‘yicha jarrohlik aralashuvini amalga oshirishga va bu har bir bemor uchun 1 018 500 so‘m tejalishiga sabab bo‘ldi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilmiy yangilikning mohiyati: jarroxlik amaliyotidan so‘nggi uzoq muddatda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan orqa miyaning ikkilamchi fiksatsiyasini oldini oluvchi, ishlab chiqilgan xirurgik usulning samaradorligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: yaqqol ifodalangan nevrologik nuqsonlar, xamda orqa miyaning patologik maxkamlangan nuqtasidan yuqori turuvchi yo‘llarning blokadasi va orqa miya strukturaviy shikastlanishining elektrofiziologik va tasviriy belgilari mavjud bo‘lganda, tetring sindromini jarrohlik yo‘li bilan davolash maqsadga muvofiq emasligi taklif etilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Xorazm viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (08.08.2021y. №56) va Namangan viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (27.09.2021y. №71) amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: likvoreya – bu uzoq vaqt kasalxonaga yotqizishga, butun markaziy asab tizimining yallig‘lanish asoratlarini rivojlanishiga va hatto o‘limga olib keladigan xavfli asorat. Likvoreyaning oldini olish usullaridan foydalanish uning xavfini 9% dan 0 gacha kamaytirdi. Orqa miyaning ikkilamchi fiksatsiyasi nogironlikning tobora yomonlashishiga olib keladi. Bemorlarni erta reabilitatsiya qilishni boshlash ularning tiklanishini tezlashtiradi va kelajakda nogironlik sabablarini bartaraf etishga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: 1. Likvoreya bilan og‘rigan bemorlar statsionarda qo‘shimcha o‘rtacha 9 kun yotishadi. Kasalxonada qolish uchun to‘lovni kamaytirish: statsionar har bir bemor uchun 2 mln. 655 so‘m (preyskurant bo‘yicha statsionarning 1 kunlik narxi 295 000 so‘m). 2. Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra har bir uchinchi bolada tetring sindromi bo‘yicha operatsiyadan so‘ng uning ikkilamchi fiksatsiyasi rivojlanadi, bu esa takroriy operatsiyani talab etadi. Ikkilamchi tetring sindromini operatsiya qilish narxi o‘rtacha 12 mln so‘mni tashkil etadi. Ushbu usul har bir bemor uchun 14 mln so‘mgacha tejashi mumkin. 3. Nogironlik nafaqasi narxi davlat uchun oyiga 400 ming so‘mni tashkil etadi. Bizning metodologiyamizdan foydalanish ushbu xarajatlarning oldini olishga yordam beradi. Xulosa: ishlab chiqilgan usul tetring sindromi xirurgiyasi va operatsiyadan keyingi likvoreyada orqa miyaning ikkilamchi fiksatsiyasini oldini olish usuli har bir bemorda 14 mln so‘mgacha tejaydi.