Xolova Nodira Fazliddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi  himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qizlar va erta reproduktiv yoshdagi ayollarda reproduktiv tizim buzilishlari istiqbolini belgilash va profilaktikasi», 14.00.01–Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib.2058.
Ilmiy rahbar: Tuksanova Dilbar Ismatovna, tibbiyot fanlari  doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot  instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti, PhD.04/30.06.2020.TIB.I16.01.
Rasmiy opponentlar: Karimova Feruza Javdatovna, tibbiyot  fanlari doktori, professor; Shalina Raisa Ivanovna, tibbiyot  fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘smir qizlarda reproduktiv tizim buzilishlarini bashorat qilish va oldini olishning optimal texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
reproduktiv tizim buzilishlarini o‘ziga xos rivojlanishini aniqlashda gormonal fonning xususiyatlarini tavsiflovchi (FSG, LG, estradiol, progesteron, antimyuller gormon, testosteron), zichligi past lipoproteinlarni miqdorining oshishi va mikroelementlarning kamayishi orqali namoyon bo‘ladigan klinik belgilar va qon zardobining optik zichligining laborator ko‘rsatkichlari aniqlangan;
o‘smir qizlarda va erta reproduktiv yoshdagi ayollarda reproduktiv tizim disfunksiyasini bashorat qiluvchi gormonal holat (FSG va LG,AMG gormonlarinig pasayishi, estradiol, testosteron gormonlarining oshishi) buzilishining patogenetik omillari va lipid spektrining prognoz qilishdagi roli o‘rganilgan;
reproduktiv funksiyani shakllantirishdagi buzilishlarni bashorat qilish uchun o‘smir qizlardagi metabolik va gormonal buzilishlar xususiyatlarining o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan;
o‘smir qizlar va erta reproduktiv yoshdagi ayollarning reproduktiv tizim buzilishlarining oldini olish uchun klinik laborator va funksional tadqiqot usullaridan foydalanish samaradorligi, qon zardobining optik zichligi, lipid spektri, mikroelementlarning holati baholanib, davolashni takomillashtirish bo‘yicha optimal chora-tadbirlar majmuasi ishlab chiqilgan.    
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 18 noyabrdagi №23-Z/083- son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: reproduktiv tizim buzilishlarini o‘ziga xos rivojlanishini aniqlashda gormonal fonning xususiyatlarini tavsiflovchi (FSG, LG, estradiol, progesteron, antimyuller gormon, testosteron), zichligi past lipoproteinlarni miqdorining oshishi va mikroelementlarning kamayishi orqali namoyon bo‘ladigan klinik belgilar va qon zardobining optik zichligining laborator ko‘rsatkichlari aniqlangan. O‘smir qizlar va erta reproduktiv yoshdagi ayollarda reproduktiv tizim buzilishlarini o‘z vaqtida oldini olish maqsadida, gormonal fonning xususiyatlarini tavsiflovchi FSG, LG, estradiol, progesteron va zichligi past lipoproteinlarni miqdorining oshishi, mikroelementlarning kamayishi orqali namoyon bo‘ladigan klinik belgilar, qon zardobining optik zichligining laborator ko‘rsatkichlari o‘rganish zarurligi kursatilgan; o‘smir qizlar va erta reproduktiv yoshdagi ayollarda reproduktiv tizim buzilishlarini o‘z vaqtida oldini olish natijada kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni kamaytirgan va shifo jarayonini tezlashtirgan. Buxoro shahar  tibbiyot birlashmasining 19.09.2022 yildagi 54/1-sonli buyrug‘i hamda Buxoro viloyati Vobkent tumani tibbiyot birlashmasining 28.09.2022 yildagi 62/1-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan tekshirish usullari va  kompleks yondashuvdan foydalanish, o‘smir qizlar va erta reproduktiv yoshdagi ayollarda reproduktiv tizim buzilishlarini tashxislash va davolash sifatini yaxshilagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) o‘smir qizlar va erta reproduktiv yoshdagi ayollarda reproduktiv tizim buzilishlarini samarali tekshiruv usuli bo‘lgan qon zardobining optik zichligining teshiruvlar orqali aniqlanishi, ya’ni boshqa tekshiruvlardan foydalanmaslik hisobiga iqtisod qilingan. 2) tekshirish usulining qulayligi vaqt sarfining kamligi, laborant vrach, akusher –ginekolog tomonidan ham aniqlanib o‘rganila olishi, ya’ni unga maxsus malaka oshirgan shifokorlarning keragi yo‘qligi  isbotlanib, ortiqcha sarf xarajatlar bilan yangi kadr tayyorlashni shart emasligi hisobiga  iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: O‘smir qizlar va erta reproduktiv yoshdagi ayollarda reproduktiv tizim buzilishlarini samarali tekshiruv usuli bo‘lgan, gormonal fonni va qon zardobining optik zichligining teshiruvlariga asoslangan, ya’ni boshqa qo‘shimcha tekshiruvlardan foydalanmaslik hisobiga iqtisod qilingan va erta aniqlash orqali yuzaga kelishi mumkin bulgan asoratlarning oldini olinib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 56 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 35000so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: o‘smir qizlarda va erta reproduktiv yoshdagi ayollarda reproduktiv tizim disfunksiyasini bashorat qiluvchi gormonal holat (FSG va LG,AMG gormonlarinig pasayishi, estradiol, testosteron gormonlarining oshishi) buzilishining patogenetik omillari va lipid spektrining prognoz qilishdagi roli o‘rganilgan. O‘smir qizlarda va erta reproduktiv yoshdagi ayollarda reproduktiv tizim disfunksiyasini bashorat qiluvchi gormonal holat (FSG va LG,AMG gormonlarinig pasayishi, estradiol, testosteron gormonlarining oshishi) buzilishining patogenetik omillari va lipid spektri prognoz qilishning erta omili ekanligi taklif qilingan; reproduktiv tizim disfunksiyasi bilan asoratlangan o‘smir qizlarda va erta reproduktiv yoshdagi ayollarni erta tashxislash va davolash sifati yaxshilangan. Buxoro shahar tibbiyot birlashmasining 19.09.2022 yildagi 54/1-sonli buyrug‘i hamda Buxoro viloyati Vobkent tumani tibbiyot birlashmasining 28.09.2022 yildagi 62/1-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: mamlakatimiz qishloq hududida yashovchi  o‘smir qizlar va reproduktiv yoshdagi ayollar orasida reproduktiv tizimi buzilishi bilan, ayollar malahatxonasiga murojaat qiluvchi ayollar orasida ushbu kasalliklarni uchrash darajasini kamaytirish maqsadida, lipid almashunivi, qon zardobining optik zichligi tekshiruv usullarini qo‘llash orqali, xavf omillarini erta aniqlashga, ular asosida korreksiyalovchi terapiyani ishlab chiqish, ushbu kasallik bilan bog‘liq asoratlar kamayishiga olib keladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: mablag‘ning tejalishi, qatnovlar sonining kamayishi, statsionarda davolanish muddatining 4-5kungacha kamayishi, shu asosda tibbiy xizmatga sarflanadigan mablag‘ni tejalishi bilan asoslandi. Har bir nafar bemorda statsionar davo kunlari qisqarishi hisobidan 120 ming so‘mgacha iqtisodiy samardorlikka erishilgan. Jami bemorlardan 3600000 sum mablag‘ iqtisod qilinishiga erishildi. Xulosa: o‘smir qizlarda va erta reproduktiv yoshdagi ayollarda reproduktiv tizim disfunksiyasini davolash vaqtida yo‘l qo‘yilgan qator kamchiliklar va kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlar aniqlanib, bartaraf etish chora tadbirlari ishlab chiqilib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 47000so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 19000so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: reproduktiv funksiyani shakllantirishdagi buzilishlarni bashorat qilish uchun o‘smir qizlardagi metabolik va gormonal buzilishlar xususiyatlarining o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan. Reproduktiv tizimi funksiyasi buzilgan erta reproduktiv yoshdagi ayollarda gormonal, lipid almashinuvi ko‘rsatkichlari tizimli o‘rganilishi zamirida, reproduktiv tizimi  asoratlarini erta tashxislash va ularni o‘z vaqtida davolash o‘smir qizlar va erta reproduktiv yoshdagi ayollarni hayot sifati yaxshilanib va shifo jarayonini tezlashtiradi. Buxoro shahar
 tibbiyot birlashmasining 19.09.2022 yildagi 54/1-sonli buyrug‘i hamda Buxoro viloyati Vobkent tumani tibbiyot birlashmasining 28.09.2022 yildagi 62/1-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: mamlakatimiz qishloq tumanlarida reproduktiv tizimi disfunksiyasi bilan asoratlangan o‘smir qizlar, ayollar maslaxatxonasiga murojaat qilib kelganida, gormonal va ul`tratovush tekshiruvlari orqali tekshirilib, ular orasida ushbu kasalliklar bilan uchrash darajasini kamaytirishga erishilgan; ular asosida korreksiyalovchi terapiyani ishlab chiqish, ushbu kasallik bilan bog‘liq bo‘lgan asoratlar kamayishiga olib kelgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: reproduktiv tizimi disfunksiyasi bo‘lgan ayollarni olib borish taktikasida gormonal holatning buzilishi, qonnning optik zichligining o‘zgarishi erta aniqlanganda: bemorning shifoxonada qolish muddatini 8,5 kundan 6 kungacha qisqartirtirib, shifoxonadagi yotoq kun miqdorini kamaytirgan; shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 125000so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: Qizlar va erta reproduktiv yoshdagi ayollarda reproduktiv tizim buzilishlarida kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlaring oldi olinib bartaraf etish chora tadbirlari ishlab chiqilib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 46000so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 20 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: o‘smir qizlar va erta reproduktiv yoshdagi ayollarning reproduktiv tizim buzilishlarining oldini olish uchun klinik laborator va funksional tadqiqot usullaridan foydalanish samaradorligi, qon zardobining optik zichligi, lipid spektri, mikroelementlarning holati baholanib, davolashni takomillashtirish bo‘yicha optimal chora-tadbirlar majmuasi ishlab chiqilgan. Nafaqat klinik klinik ko‘rsatkichlarni, balki davolash taktikasi va strategiyasini oldindan belgilash va uning samaradorligini nazorat qilish imkonini beruvchi o‘smirlik va reproduktiv davrida asoratlarining og‘irligini bashoratlash usuli ishlab chiqilgan. Buxoro shahar
 tibbiyot birlashmasining 19.09.2022 yildagi 54/1-sonli buyrug‘i hamda Buxoro viloyati Vobkent tumani tibbiyot birlashmasining 28.09.2022 yildagi 62/1-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘smirlik va reproduktiv davrida reproduktiv tizimi buzilishlarini erta aniqlash usullarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan usullar yordamida, olingan natijalar asoratlangan bemorlarning hayotini yaxshilash hamda ularni statsionar davolash zaruriyatiga bo‘lgan ehtiyojini kamaytirishga olib kelgan; taklif etilgan kompleks yondashuvdan foydalanish reproduktiv tizimi buzilishi bilan asoratlangan ayollarni erta tashxislashda ijobiy natijalar berib, davolash sifatini yaxshilagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) bemorning shifoxonadagi davri uchun: taklif etilgan tekshirish usullarini qo‘llaganimizdan so‘ng tadqiqodga jalb qilingan bemorlarimiz shifoxonada qolish muddatini 8 kundan 5 kungacha kunga qisqartirdi, oldingi tekshirish uchun qilingan xarajat 1 bemor uchun 1314000 so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, biz taklif qilgan usulda xarajatlar 468500 so‘mni tashkil qildi, yil davomida har bir bemor uchun 945499 so‘m foyda bilan chiqdik; 2) bemorning shifoxonadan tashqaridagi davri uchun (boshqa tibbiy muassasalarda davolanishi, masalan endokrinolog, terapiya bo‘limida) bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan. Xulosa: Yuqoridagi barcha davolash usullari majmuaviy ishlatilinganida ushbu kasallik bilan bog‘liq bo‘lgan sarf-xarajat kamayib davo samaradorligi oshadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish