Abdurazakova Shirin Abrarovnaning
falsafa doktori (PhD) diisertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bolalarda nefrolitiazning rivojlanishini oldini olish va litogen omillar ta’sirini metabolik xavfini baholashga zamonaviy yondashuvlar”, 14.00.09 – Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib2098.
Ilmiy rahbar: Shamanasurova Elmira Amanullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Sharipov Alisher Mirxamidovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Axmedjanova Nargiza Ismailovna tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bolalarda nefrolitiazni rivojlanishiga ta’sir qiluvchi litogen omillarni metabolik xavfini aniqlash, prognozlash va profilaktikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
siydikning ertalabki porsiyasining biyokimyoviy taxlilida kreatininni yuqori, o‘rta ko‘rsatkichlarida sitratlar va magniy darajasining pasayishi fonida mochevina, siydik kislotasi, Sa++, P+, Cl–, Na+, K+ ionlari va oksalatlar ko‘rsatkichlarining oshishi isbotlangan, mos ravishda STK, TIN va DMNda konsentratsiyaning beshta darajasi bo‘yicha (past, o‘rtadan past, o‘rtacha, o‘rtadan yuqori va yuqori) bolalarda metabolik o‘zgarishlarning jiddiyligi aniqlangan;
litogen moddalarning kreatininga nisbatining o‘rtadan yuqori va yuqori konsentratsiyasi (Ca/Cr, oksalat/Cr, MK/ Cr,P+/Cr, Cl– /Cr, Na+/Cr, K+/Cr) va antilitogen omillarning (Mg++/Cr,sitratlar/Cr) o‘rtadan past va past qiymatlari nefrolitiaz rivojlanishining yuqori metabolik xavfini ishonchli diagnostik markerlari xisoblanishi isbotlangan;
bolalar va ularning onalari anamnez ko‘rsatkichlariga asoslanib, ball tizimida nefrolitiaz shakllanishi xavfining ishonchli skriningi uchun, prognostik matrisa poddiapazonlari (zaif 106,9-371,8 ball, o‘rta 371,9-636,7 va yuqori 636,8-952,7) ishlab chiqilgan;
12 oy mobaynida qo‘llaniladigan metabolik o‘zgarishlarning profilaktikasi dasturining samaradorligi (ovqatlanish odatlarini o‘zgartirish, ko‘p suyuqlik ichish rejimi, har 2,5-3 soatda majburiy siydirish) va dori-darmonlar bilan korreksiya qilish (V6 vitamini, magniy oksidi, kaliy sitrat) bolalarda tosh paydo bo‘lish xavfini 2,6 martaga kamaytirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti ekspert komissiyasi xulosasiga asosan 2023 yil 29 apreldagi 03/21-son (boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga ilmiy innovatsiyalarni joriy etish to‘g‘risida Toshkent pediatriya tibbiyot institutidan Sog‘liqni saqlash vazirligiga xat yuborilgan 2023 yil 25 sentyabr №03/1911-son):
birinchi ilmiy yangilik: siydikning ertalabki porsiyasining biokimyoviy taxlilida kreatininning yuqori, o‘rta ko‘rsatkichlarida sitratlar va magniy darajasining pasayishi fonida mochevina, siydik kislotasi, Sa++, P+, Cl–, Na+, K+ ionlari va oksalatlar ko‘rsatkichlarining oshishi isbotlandi, mos ravishda STK, TIN va DMNda konsentratsiyaning besh darajasi bo‘yicha (past, o‘rtadan past, o‘rtacha, o‘rtadan yuqori va yuqori) bolalarda metabolik o‘zgarishlarning ifodalanganligi aniqlanganligi Toshkent shahar Shayxontoxur tumani, 40 - Oilaviy poliklinikasining 05.07.2023 yil №379-14-205-son va Toshkent viloyati Qibray tumani Tibbiyot birlashmasining 31.07.2023 yildagi 2484-10-139-TV/2023-sonli buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: litogen va antilitogen omillar ta’sirini bolaning yoshiga mos ravishda to‘g‘ri baholash xatolar sonini minimallashtiradi va ambulatoriyada profilaktika maqsadida dori-darmonlar bilan davolashni optimallashtiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: uzoq muddatlarda 50 nafar bolalardan 19 tasida litogen va antilitogen omillar ko‘rinishida NL xavf omillarini erta aniqlash NLni erta tashxislashning mumkin bulgan asoratlarini 38% kamayishiga olib keldi. Shu bilan birga, har bir bemorga statsionar davolanishi uchun sarf qilinadigan bir kunli harajati 260 000 so‘m pul tashkil qilgan, 19 nafar bemorga 4 940 000 so‘m ortiqcha sarf xarajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: bolalarda NL yuzaga kelishiga ta’sir qiluvchi litogen va antilitogen omillarni erta tashxislash, bolalarda NL yuzaga kelishiga ta’sir qiluvchi omillarni tor yo‘nalishdagi farmakologik profilaktikasi byudjet mablag‘larini 1 ta bemorga 260 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: Litogen moddalarning kreatininga nisbatining o‘rtadan yuqori va yuqori konsentratsiyasi (Ca/Cr, oksalat/Cr, MK/ Cr,P+/Cr, Cl– /Cr, Na+/Cr, K+/Cr) va antilitogen omillarning (Mg++/Cr,sitratlar/Cr) o‘rtadan past va past qiymatlari nefrolitiaz rivojlanishining yuqori metabolik xavfini ishonchli diagnostik markerlari xisoblanadi va buyruqqa muvofiq amaliyotga tadbiq etildi. Toshkent shahar Shayxontoxur tumani, 40 - Oilaviy poliklinikasining 05.07.2023yil №379-14-205-son va Toshkent viloyati Qibray tumani Tibbiyot birlashmasining 31.07.2023 yildagi 2484-10-139-TV/2023-sonli buyrug‘i bilan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: siydik biokimyoviy tahlilining absolyut va nisbiy ko‘rsatkichlarini kreatininga nisbatan tahlil qilish bizga bolalarda metabolik kasalliklarning yetakchi markerlarini aniqlashga imkon beradi, bu bizga NL ning tor yo‘nalishdagi farmakologik profilaktikasi o‘tkazish va uning samaradorligini siydikning biokimyoviy taxlilini ba’zi nisbatlar bo‘yicha aniqlash imkonini beradi, bu esa tom ma’noda NL diagnostikasi sifatini yaxshilash va uni davolash samaradorligini baholashni minimal iqtisodiy sarf xarajatlar yordamida o‘tkazish imkonini beradi, bu esa bolalar hayoti sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: siydik biokimyoviy taxlilining absolyut va nisbiy ko‘rsatkichlarini taxlil qilish NLning erta tashxislashni va tor yo‘nalishdagi farmakologik profilaktikasini o‘tkazish imkonini berdi, bu esa samaradorlikni oshirdi. Shu bilan birga, har bir bemorga statsionar davolanishi uchun sarf qilinadigan bir kunli harajati 260 000 so‘m pul tashkil qilgan, 19 nafar bemorga 4 940 000 so‘m ortiqcha sarf xarajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: siydik biokimyoviy taxlilining absolyut va nisbiy ko‘rsatkichlarining kreatininga nisbatan diagnostik taxlilini joriy etish natijasida bolalarda metabolik buzilishlarning yetakchi markerlarini aniqlash 1 bolaga 260 000 so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: bolalar va ularning onalari anamnez ko‘rsatkichlariga asoslanib, ball tizimida nefrolitiaz shakllanishi xavfining ishonchli skriningi uchun, prognostik matrisa ishlab chiqilgan: zaif (106,9-371,8 ball), o‘rta (371,9-636,7) va yuqori (636,8-952,7) va buyruqqa muvofiq amaliyotga joriy etilgan. Toshkent shahar Shayxontoxur tumani, 40 - Oilaviy poliklinikasining 05.07.2023yil №379-14-205-son va Toshkent viloyati Qibray tumani Tibbiyot birlashmasining 31.07.2023 yildagi 2484-10-139-TV/2023-sonli buyrug‘i bilan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yoshga qarab bolalarda NL rivojlanishida turli xavf omillarining potensial ta’sirini to‘g‘ri baholash NL rivojlanishini bashorat qilish va shunga mos NL shakllanishi va rivojlanishining tor yo‘naltirilgan optimal farmakologik profilaktikasini tanlash va uning samaradorligini baholash imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 19 bolaga NL shakllanishi va rivojlanishi uchun xavf darajalariga ko‘ra, ambulatoriya sharoitida NL shakllanishi va rivojlanishining oldini olish uchun optimal tor maqsadli farmakologik taktikalar tayinlandi. NL shakllanishi va rivojlanishining erta ambulator tor yo‘naltirilgan farmakologik profilaktikasi bunday bolalarda NL shakllanishini 3,2 baravar kamaytirishga va laborator tuzalishining ikki baravar tezlashishiga imkon berdi, ya’ni 12 604 980 so‘m tejaldi. Xulosa: ambulatoriya sharoitida NL shakllanishi va rivojlanishining tor yo‘naltirilgan farmakologik profilaktikasi bo‘yicha o‘z vaqtida erta optimal taktikalar 1 bola uchun 663 420 so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: metabolik o‘zgarishlarning oldini olish dasturining samaradorligi (ovqatlanish odatlarini o‘zgartirish, ko‘p suyuqlik ichish tartibi, har 2,5-3 soatda majburiy siyish) va dori-darmonlar bilan korreksiya qilish (V6 vitamini, magniy oksidi, kaliy sitrat) bolalarda tosh paydo bo‘lish xavfini 2,6 marta kamaytirishi isbotlandi va buyruqqa muvofiq amaliyotda sinovdan o‘tkazilgan. Toshkent shahar Shayxontoxur tumani, 40 - Oilaviy poliklinikasining 05.07.2023yil №379-14-205-son va Toshkent viloyati Qibray tumani Tibbiyot birlashmasining 31.07.2023 yildagi 2484-10-139-TV/2023-sonli buyrug‘i bilan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: NL bilan og‘rigan bolalar uchun ambulatoriya sharoitida tibbiy reabilitatsiya qilish uchun litogen va antilitogen xavf omillariga ko‘ra bolalarda ushbu patologiyaning xavfini aniqlash mezonlarini ishlab chiqish va amalga oshirish NL paydo bo‘lish chastotasini kamaytiradi va ambulatoriya sharoitida NL shakllanishi va rivojlanishining tor yo‘naltirilgan farmakologik profilaktikasi samaradorligini oshiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ishlab chiqilgan kompleks profilaktikasi ambulatoriya sharoitida bolalarda NL rivojlanishining litogen i antilitogen markerlariga qarab metabolik o‘zgarishlarini korreksiya choralarini samaradorligini oshirishini ko‘rsatdi va NL xavfini 2,6 barobarga kamaytirdi. Statsionar davolashda jarroxlik muolajasi bilan o‘tkazilgan tadbirlar kompleksining narxi 19 bolada 31 616 000 so‘mni tashkil etgan va iqtisod qilingan. Xulosa: bolalarda ushbu patologiyani litogen va antilitogen omillari bo‘yicha xavf omillarini aniqlash mezonlari dasturini qo‘llash uzoq muddatda byudjet mablag‘larini xar bir bolaga 1 664 000so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.