Uzoqova Manzura Komilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yurak patologiyasi bor xomiladorlarda akusherlik va perinatal asoratlarini kamaytirib olib borishni optimallashtirish», 14.00.01 - Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib821.
Ilmiy rahbar: Babadjanova Guljaxon Sattarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Kattaxodjaeva Maxmuda Hamdamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Nigmatullaeva Mastura Nurillaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Tibbiy xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi homiladorlikda ilk marotaba yuzaga chiqqan yurak kasalligi turlarini aniqlash, olib borish taktikasini optimallashtirish, homiladorlikni uzaytirish imkoniyatini va tug‘dirish usullarini bashoratlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
retrospektiv va prospektiv tadqiqotlar va bemorlarning dinamik monitoringi asosida birinchi marta homiladorlikda yurak kasalliklarining yuzaga chiqishida homiladorlikka bog‘liq xavf omillari anamnez, klinik-laborator ko‘rsatkichlar va funksional tekshiruv usullari asosida ajratilgan, kasallik rivojlanishida o‘rni isbotlangan;
yurak kasalliklari mavjud homiladorlarda NTpro-BNP miqdori homiladorlikning I trimestridan III trimestrigacha 1,1 dan 4 baravarga, ALT va AST 1,1 dan 2,2 baravarga surunkali yurak etishmovchiligi darajasiga mos ravishda oshishi bilan dopplerometrik ko‘rsatkichlarda homilada qon aylanishning buzilishiga olib kelishi isbotlangan;
yurak patologiyasi bo‘lgan homilador ayollarda kompleks tekshiruv yurak faoliyatining funksional xususiyatlarini, klinik-laborator va NT pro-BNP markyorini aniqlash yordamida homiladorlikni uzaytirish imkoniyatini bashoratlash usullari taklif qilindi va uning samaradorligi isbotlangan;
yurak patologiyasi turiga va uning og‘irligiga qarab, yurak etishmovchiligi bo‘lgan homilador ayollarda NT pro-BNP miqdorining oshishi ona axvoli va xomila o‘sishi bilan tug‘ri korrelatsion bog‘langan bo‘lib, statsionar darajasini tanlash va gospitalizatsiya qilish, tug‘ruq muddatini va turini aniqlash uchun algoritm ishlab chiqildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy kilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi ekspert kengashining 2023 yil 21 oktyabrdagi – 08\026 son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasi ekspert kengashining 2023 yil 21 iyuldagi 09-05980- sonli xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: birinchi marta homiladorlikda yurak kasalliklari yuzaga chiqishida homiladorlikka bog‘liq bo‘lgan va bog‘liq bo‘lmagan xavf omillari, anamnez, klinik-laborator ko‘rsatkichlar va funksional tekshiruv usullari asosida ajratilgan, kasallik rivojlanishida o‘rni aniqlangan, immun tizim va gemodinamik o‘zgarishlarga qarab ajratilgan, kasallik rivojlanishida o‘rni Respublika Perinatal markazi bo‘yicha (21.07.2023 yil №141-son) buyruq bilan, Xorazm viloyati Perinatal markazi bo‘yicha (22.07.2023 yil №64 son) buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tekshiruv asosida yurak kasalliklarini pregravidar davrda va homiladorlikda yuzaga chiqishini oldini olish uchun tavsiyalar berib mavjud homiladorlikda kasallikni erta tashxislash natijasida homiladorlikni uzaytirish imkoniyatlari oshirilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Homiladorlikda xavf omillarini e’tiborga olgan holda 15 nafar ayolda erta tashxislash imkoni bo‘lgan, ushbu homilador ayollarda davolash chora tadbirlarini erta boshlash homilador ayollar shifoxonada yotish muddatini 7,5 kundan 4,5 kungacha (3 kunga) qisqartirib, shifoxonada yotish to‘lovini 15 nafar homilador ayolga xisoblaganda, 1650000 co‘mga iqtisod qilishga erishildi. Xulosa: taklif qilingan usulni qo‘llash 1 nafar bemor hisobiga shifokorning ambulator ko‘rigi 60000 so‘m va homiladorlarni shifoxonada 1 kunlik davolanishi uchun 110000 so‘m byudjet mablag‘lari hisobidan umumiy 170000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: yurak kasalliklari mavjud homiladorlarda NT pro-BNP miqdori homiladorlikning I trimestridan III trimestrigacha 4 baravarga, ALT va AST 2,2 baravarga, surunkali yurak etishmovchiligi darajasiga mos ravishda oshishi bilan dopplerometrik ko‘rsatkichlarda homilada qon aylanish buzilishiga olib kelishi Respublika Perinatal markazi bo‘yicha (21.07.2023 yil №141-son) buyruq bilan, Xorazm viloyati Perinatal markazi bo‘yicha (22.07.2023 yil №64 son) buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yurak kasalliklari bor homiladorlarda I-III trimestrda NT pro-BNP miqdorini aniqlash homila xolatini erta bashoratlash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: platsentar etishmovchilik va homilani ona qornida o‘sishdan ortda qolishini vaqtida aniqlash orqali asoratlar bilan tug‘ish oldi olinib, 10 nafar chaqaloq uchun kuniga 106000 so‘m, kasallik tufayli davolanishiga oilaviy poliklinika shifokorining ambulator ko‘rigi uchun 600000 so‘m va shifoxonada 1 kunlik davolanishi uchun 1100000 so‘m iqtisod qilishga erishildi. Umumiy bir kunlik uchun 1806000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: Homiladorlarda yurak kasalligi mavjud bo‘lganda, yurak-qon tomir tizimidagi asoratlar bilan bir qatorda xomila xolati uchun kuniga 10600 so‘m, kasallik tufayli davolanishiga 1 nafar bemor hisobiga shifokorning ambulator ko‘rigi uchun 60000 so‘m va homiladorlarni shifoxonada 1 kunlik davolanishi uchun 110000 so‘m byudjet mablag‘lari hisobidan umumiy bir nafar homilador ayolga 180600 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: birinchi marta homiladorlikda yurak kasalliklari yuzaga chiqqan ayollarda homiladorlik va tug‘ruqni olib borish algoritmida kompleks tekshiruv va NT pro-BNP miqdori yurak etishmovchiligini baholashda, akusherlik va perinatal asoratlarni vaqtida aniqlashida diagnostik o‘rni Respublika Perinatal markazi bo‘yicha (21.07.2023 yil №141-son) buyruq bilan, Xorazm viloyati Perinatal markazi bo‘yicha (22.07.2023 yil №64 son) buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tekshiruv asosida yurak kasalliklari mavjud homiladorlarni tavsiya etilgan algoritm asosida olib borilganda yurak etishmovchiligini erta tashxislash natijasida homiladorlikni uzaytirish va tug‘ruqni bashoratlash sifati yaxshilagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kompleks tekshiruv va NT pro-BNP miqdorini aniqlash orqali muddatidan oldingi tug‘ruq va asossiz aralashuvlarni kesar kesishni kamaytirish yo‘li bilan 30 nafar homiladorda tabiiy yo‘l bilan tug‘dirishga erishildi va shifoxonada davolanishi 5 kundan 3 kunga kamayib, 2 kun uchun minimal 3300000 so‘m, kesar kesish amaliyotiga ketadigan xarajatlar 60000000 so‘m iqtisod qilingan. Umumiy 63300000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: Yurak kasalliklari mavjud homiladorlarni olib borishda tavsiya etilgan tashxislash algoritm asosida olib borilgan ayollarda tashxislash maqsadida NT pro-BNP miqdorini aniqlash orqali muddatidan oldingi tug‘ruq va asossiz tibbiy aralashuvlarni kamaytirish yo‘li bilan 1 nafar homiladorni shifoxonada 1 kunlik davolanishi uchun 110000 so‘m va kesar kesish amaliyotiga ketadigan xarajatlar 2000000 so‘m iqtisod qilingan. Umumiy bir nafar homilador ayolga 2110000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: yurak patologiyasi turiga va uning og‘irligiga qarab, yurak etishmovchiligi bo‘lgan homiladorlarda NT pro-BNP miqdorini oshishi ona axvoli va homila o‘sishi bilan to‘g‘ri korrelatsion bog‘langan bo‘lib, statsionar darajasini tanlash va gospitalizatsiya qilish, tug‘ruq muddati va turini aniqlash kasallanishda ko‘rsatkichi kamayishiga olib kelishi Respublika Perinatal markazi bo‘yicha (21.07.2023 yil №141-son) buyruq bilan, Xorazm viloyati Perinatal markazi bo‘yicha (22.07.2023 yil №64 son) buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yurak kasalliklari bor homiladorlarda II-III trimestrda NT pro-BNP miqdorini aniqlash orqali ona va homila xolatini erta bashoratlash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yurak kasalliklari mavjud ayollarda NT pro-BNP miqdorining oshishi bilan dinamikada ayollar vazn qushishi kamaygan, tug‘ruq davomiyligi qisqargan, shu bilan birga homilada vazn qushishi kamaygani klinik-metabolik o‘zgarishlar, gemoglobin kamayishi, yuzaga chiqishi mumkin bo‘lgan noxush asoratlarni yuzaga chiqishidan kuniga 15 nafar homiladordan 159000 so‘m, kasallik tufayli shifokorning ambulator ko‘rigi bir martalik qatnov uchun 15 nafar homiladorga 900000 so‘m va shifoxonada davolanishi uchun 1650000 so‘mni, jami 2709000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: ayollarda yurak etishmovchiligini aniqlash, ayol va homiladagi o‘zgarishlarni vaqtida aniqlashga 10600, homila xolatini yaxshilash, kasallik tufayli shifokorning ambulator ko‘rigi bir martalik qatnov uchun 1 nafar homiladorga 60000 so‘m va shifoxonada 1 kunlik shifoxonada davolanishi uchun 110000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan.