Saidov Bekzod Abdullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Vestibulyar shvannomalarni jarrohlik amaliyoti bilan davolash va asoratlarni oldini olishning differensial taktikasi», 14.00.28- Neyroxirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1291.
Ilmiy raxbar: Kariev Gayrat Maratovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/04.07.2023.Tib.170.01.
Rasmiy opponentlar: Alixodjaeva Gulnara Alavuddinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ganiev Abduavaz Abdulaxatovich, tibbiet fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nervlarning kaudal guruhlari va chaqirilgan miya potensiallarini intraoperativ neyromonitoring yordamida davolashning yangi usullarini ishlab chiqish orqali vestibulyar shvannomasi bo‘lgan bemorlarni jarrohlik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
vestibulyar shvannoma o‘sishini tahlil qilish orqali jarrohlik vaqtida trigeminokardial refleksining prognostik neyrofiziologik va gemodinamik markerlari isbotlangan;
ilk bor gipertenzion sindromi bilan asoratlangan vestibulyar shvannomalarni ikki bosqichli davolash (1- gidrotsefaliyani reduksiya kilish, 2 - o‘smani rezeksiyasi) asoslangan;
ilk bor vestibulyar shvannomalar uchun jarrohlik yo‘li bilan olib tashlash xajmini (subtotal, to‘liq yoki qisman olib tashlash) belgilaydigan intraoperativ neyrofiziologik monitoring prediktorlari (amplituda PIII i PV) aniklangan;
jarrohlik vaqtida trigeminokardial refleksni dinamik kuzatuvli neyromonitoringda miya ustuni ishemiyasini ogohlantirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi muvofislashtiruvchi ekspert kengashining 2023 yil 1 dekabr 5-son xulosasiga kura:
birinchi ilmiy yangilik: ishlab chikilgan algoritm va boskichli jarrohlik usullari asosida vestibulyar shvannomalarni davolashda intraoperatsion neyromanitoringni ko‘lanilishi jarrox uchun miya ustuni va kranial nervlarning faoliyatini real vaqt davomida nazoratlash xammda operatsiyadan keyingi davrda bemorda kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish bundan tashqari reabilitatsiya davomiyligin qisqartirishga imkon yaratadi. Ilmiy yangilikning mohiyati: ilk bor vestibulyar shvannoma o‘sishini tahlil qilish orqali jarrohlik vaqtida trigeminokardial refleksining prognostik neyrofiziologik va gemodinamik markerlari aniqlandi. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati ishlab chiqilgan algoritm va intraoperatsion neyrofiziologik kriteriyalar bemorlarda xirurgik davolash taktikasi tanloviga individual yondashuv imkonini beradi. Nevrologik etishmovchilikning tiklanish muddatlarini sezilarli qisqarganligi, jarrox manipulyasiyalari samaradorligini oshirilganligi bu ishlab chiqilgan intraoperatsion neyromonitoring mezonlari bilan izohlanadi.Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (14.11.2023y. №147 va №148) va Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (08.11.2023y. №92 I/CH) amaliyotiga joriy etilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: olib borilgan tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq qilinishi vestibulyar shvannomasi bo‘lgan bemorlarda jarrohlik taktikasini tanlash bo‘yicha ob’ektiv qaror qabul qilishga yordam berdi, bu esa bemorlar hayot sifatini yaxshilash, ambulator va statsionar sharoitda davolanish muddatini qisqartirish hisobiga iqtisodiy samaradorlikni oshirish imkonini berdi.Taklif etilgan algoritm va kompleks yondashuvdan foydalanish vestibulyar shvannomasi bo‘lgan bemorlarni davolash sifatini yaxshiladi.Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) yotoq kunlarini o‘rtacha 20.38 kundan 14.71 kungacha qisqartirish orqali bemorning kasalxonada qolishini kamaytirish shifoxona xizmatlari uchun to‘lov miqdorini taxminan 5 991 ming so‘mga kamaytiradi (998 600 so‘m og‘ir bemorlar uchun intensiv terapiya palatasida bo‘lgan 1 kunlik preyskurant bo‘yicha); 2) bemorni erta ishga qaytarish operatsiyadan keyingi uzoq muddatli reabilitatsiya va dori-darmonlarni ta’minlash xarajatlarini to‘lash uchun davlatga xarajatni kamaytiradi va mavjud nogironlik uchun umrbod ijtimoiy ta’minot zarurligini istisno qiladi. Xulosa: jarrohlik taktikasining bosqichini rejalashtirish bilan amalga oshirilgan operatsiyalar har bir bemor uchun 5 991 600 so‘m tejashga imkon beradi. Saidov Bekzod Abdullaevichning “Vestibulyar shvannomalarni jarrohlik amaliyoti bilan davolash va asoratlarni oldini olishning differensial taktikasi” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining muvofiqlashtirish ekspert kengashi 2023 yil 29 may 02H 3/1-sonli xati yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik:ilk bor gipertenzion sindromi bilan asoratlangan vestibulyar shvannomalarni ikki bosqichli davolashga (1- gidrotsefaliyani reduksiya kilish, 2 - o‘smani rezeksiyasi) asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: vestibulyar shvannomaning gidrotsefaliya bilan asoratlangan gipertenzion belgilari ustunlik qilgan bemorlarda ikki bosqichli xirurgik davo tavsiya etildi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (14.11.2023y. №147) va Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (08.11.2023y. №92 I/CH) amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: okklyuzion gidrotsefaliya bilan asoratlangan o‘smalarning o‘ziga xos xususiyati umumiy miya simptomlari, yutinish va o‘zak tuzilmalarini siqilishi natijasida qo‘pol nevrologik nuqsonlar rivojlanishi bosh miya IV-qorinchasi darajasida likvorodinamik buzilishlar va miya ustuni tuzulmalarining siqilishi bilan bog‘liq. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: vestibulyar shvannoma bilan og‘rigan bemorlarning shifoxonada qolish muddatini 1) yotoq kunlarini o‘rtacha 20.38 kundan 14.71 kungacha qisqartirish orqali bemorning kasalxonada qolishini kamaytirish shifoxona xizmatlari uchun to‘lov miqdorini taxminan 5 991 ming so‘mga kamaytiradi (998 600 so‘m og‘ir bemorlar uchun intensiv terapiya palatasida bo‘lgan 1 kunlik preyskurant bo‘yicha); 2) bemorni erta ishga qaytarish operatsiyadan keyingi uzoq muddatli reabilitatsiya va dori-darmonlarni ta’minlash xarajatlarini to‘lash uchun davlatga xarajatni kamaytiradi va mavjud nogironlik uchun umrbod ijtimoiy ta’minot zarurligini istisno qiladi. Xulosa: jarrohlik taktikasining bosqichini rejalashtirish bilan amalga oshirilgan operatsiyalar har bir bemor uchun 5 991 600 so‘m tejashga imkon beradi. Saidov Bekzod Abdullaevichning “Vestibulyar shvannomalarni jarrohlik amaliyoti bilan davolash va asoratlarni oldini olishning differensial taktikasi” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining -2022 yil 26 dekabr 02-6/1504-sonli va 2022 yil 26 dekabr 02-6/1505 -sonli xati yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: vestibulyar shvannoma bilan og‘rigan bemorlar uchun jarrohlik yo‘li bilan olib tashlash xajmini (subtotal, to‘liq yoki qisman olib tashlash) belgilaydigan intraoperativ neyrofiziologik monitoring prediktorlari (PIII va PV amplitudalar) yondashuviga asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: jarrohlik aralashuvi hajmini aniqlashda va jarroxlik amaliyotidan keyingi davrda bemorning xayot sifatini saqlashda intraoperativ neyrofiziologik monitoring mezonlari yondashuvi kerakligidan dalolat beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (14.11.2023y. №147) va Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (08.11.2023y. №92 I/CH) amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: vestibulyar shvannoma bilan og‘rigan bemorlarda o‘smani olib tashlash xajmini belgilash bemorlarda operatsiyadan keyingi davrda nevrologik buzilishlar ijobiy o‘zgarish sur’atlari, operatsiya bosqichlarida intraoperatsion neyrofiziologik monitoring qo‘llanilishi orqali ijobiy natijaga erishiladi. Vestibulyar shvannomasi bo‘lgan bemorlarning 2-guruhida intraoperatsion neyrofiziologik kuzatuv yo‘qligi natijasida asoratlar sonini oshiradi, bu esa o‘z navbatida bemor xayot sifatining buzilishiga olib keladi. Vestibulyar shvannomalarni jarroxlik yo‘li bilan davolashda intraoperatsion neyrofiziologik monitoring qo‘llanilishi miya ustuni va kranial nervlar faoliyatini buzmagan xolda o‘simta rezeksiyasi xajmini aniqlash imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi takomillashtirilgan usulni amaliyotga joriy qilish: Vestibulyar shvannoma bilan og‘rigan bemorlarda okklyuzion gidrotsefaliya bilan asoratlanganda optimal jarroxlik amaliyotidan tanlash algoritmi ishlab chiqildi bu esa o‘z navbatda kisqa vaqt ichida bemorlar mehnat qobiliyatini tez tiklanishi, ijtimoiy moslashuv va nogironlikning kamaytirish, shuningdek, bemorlar hayot davomiyligi va sifatini oshirish imkonini beradi. Xulosa: bemorlarda o‘sma rezeksiyasiga asoslangan differensial xirurgik davolash taktikasini qo‘llashning uzoq davrdagi bemorlarning mehnat qobiliyatini tezroq tiklanishi hisobiga harajatlarni kamaytirishga imkon berdi. Saidov Bekzod Abdullaevichning “Vestibulyar shvannomalarni jarrohlik amaliyoti bilan davolash va asoratlarni oldini olishning differensial taktikasi” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining - 2022 yil 26 dekabr 02-6/1504-sonli va 2022 yil 26 dekabr 02-6/1505sonli xati yuborilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: vestibulyar shvannoma bilan og‘rigan bemorlarda jarrohlik amaliyoti vaqtida trigeminokardial refleksni dinamik kuzatuvli neyromonitoringi bosh miya ustuni ishemiyasini ogohlantirishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: bosh miya o‘zagi bilan yopishgan katta o‘smalarni olib tashlash jarayonida yuzaga keladigan trigeminal-yurak refleksining roli va uning operatsiyadan keyingi nevrologik asoratlarni taxmin qilishdagi ahamiyati muxim. Shuningdek, chuqur o‘zak buzilishlarini oldini olishda miya ustuni akustik chaqirilgan potensiallari ko‘rsatkichlaridagi o‘zgarishlarning tahlili ahamiyatilidir. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (14.11.2023y. №147) va Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (08.11.2023y. №92 I/CH) amaliyotiga joriy etilgan. Saidov Bekzod Abdullaevichning “Vestibulyar shvannomalarni jarrohlik amaliyoti bilan davolash va asoratlarni oldini olishning differensial taktikasi” mavzusida ilmiy yangiliklarni sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining -2022 yil 26 dekabr 02-6/1504-sonli va 2022 yil 26 dekabr 02-6/1505 sonli xati yuborilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Shu bilan birga, yuz nervining xavfsizligi sezilarli darajada 24% ga oshdi, yalpi miya ustuni shikastlanishlarining rivojlanishi 10% ga kamaydi va o‘lim ko‘rsatgichi nazorat guruhiga nisbatan 1,9% ga kamaydi. Xulosa: bemorlarda o‘sma rezeksiyasiga asoslangan differensial xirurgik davolash taktikasini qo‘llashning uzoq davrdagi ko‘rsatkichlari asosiy guruxning 49 (51,04%) bemorlarida yaxshi natijalarga erishilgani isbotlangan. .Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi ishlab chiqilgan intraoperatsion neyromonitoring mezonlari jarroh manipulyasiyasi davomida trigeminokardial refleks kelib chiqishini taxmin qilishni osonlashtiradi va o‘sma rezeksiyasining mos hajmini belgilaydi. Xulosa: Miya ustuni akustik chaqirilgan potensiallari bosh miya ustuni tuzilmalari funksional buzilishlarini aniqlashda yuqori axborotlilikka ega.