Sagatova Dilnoza Raximovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Klimakterik davrdagi ayollarda osteoartrit rivojlanishining klinik-patogenetik xususiyatlari va kompleks davoni samaradorligi» 14.00.05–Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2677.
Ilmiy rahbar: Nabieva Dildora Abdumalikovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib30.02.
Rasmiy opponentlar: Shodiqulova Gulandom Zikriyaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor, Abdullaev Akbar Xatamovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: klimakterik davrdagi ayollarda osteoartrit rivojlanishining klinik-patogenetik xususiyatlari va kompleks davolash samaradorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
postmenopauza davridagi ayollarda endoteliy disfunksiyasini belgilovchi ko‘rsatkichlarning monotsitar xemotaksis protein-1 (MCP-1) va vaskuloendotelial o‘sish omili (VEGF) titrlari premenopauza davridagi bemorlarga nisbatan baland, azot oksidi (NO) qiymatlari esa past bo‘lishi aniqlangan;
klimakterik davrdagi osteoartritli bemorlar qon zardobida estradiol, follikulostimulovchi gormon (FSG) va lyuteinlovchi gormon (LG) miqdorlarining o‘zgarishlari kasallikning klinik-laborator faollik darajasini va bo‘g‘im tog‘aylaridagi degenerativ-distrofik o‘zgarishlarni kuchaytirishi asoslangan;
klimakterik davrdagi osteoartritli bemorlarda endotelial disfunksiyasining kuchayib borishi bilan bo‘g‘im tog‘ayidagi degenerativ-distrofik, yallig‘lanish jarayonlari o‘rtasida uzviy bog‘liqlik aniqlangan;
klimakterik davrdagi osteoartritli bemorlarni kompleks davolashda bioregulyator dori vositalarni qo‘llash kasallikning klinik-laborator faollik darajalarining pasaytirib, endotelial disfunksiya ko‘rsatkichlarini yaxshilashi hamda tog‘aylarning degenerativ-distrofik jarayonlarini kamaytirishi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023 yil 13 noyabrdagi 11/041 son xulosasiga ko‘ra:
birinchi yangilik:postmenopauza davridagi ayollarda endoteliy disfunksiyasini belgilovchi ko‘rsatkichlarning (MCP-1 va VEGF) titrlari premenopauza davridagi bemorlarga nisbatan yuqori, NO qiymatlari esa past bo‘lishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi revmatologiya bo‘limi bo‘yicha 22.06.2023-yildagi 60-sonli buyruq hamda Toshkent viloyati Toshkent tumani tibbiyot birlashmasi terapiya bo‘limi bo‘yicha 26.06.2023-yildagi 84-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat klimakterik davrdagi osteoartritli bemorlarda endoteliy disfunksiyasini baholash maqsadida MCP-1, VEGF, NO ko‘rsatkichlarni o‘zgarishi aniqlangan, bu kasallikni o‘z vaqtida aniqlash orqali nogironlikni 27-35% ga kamaytiradi va hayot sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1)endoteliy disfunksiyasi ko‘rsatkichlarining o‘zgarishlari kasallikni erta tashxislash va 58% bemorlarda avj olib borishini oldini olish imkonini beradi; 2) endoteliy disfunksiyasini erta tashxislash kasallikni avj olib borishini oldini olgan holda 1 nafar bemor uchun 1200000 so‘m iqtisod qilindi. 100 nafar bemordan kasallik avj olib borilishi 5 nafar bemordan 2 nafar bemorgacha kamaytirildi, demak bir nafar bemordan 1200000 so‘m iqtisod qilinsa, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 3600000 so‘mni (3 nafar bemor uchun) tashkil qiladi. Xulosa: klimakterik davrda osteoartritni klinik-patogenetik mexanizmlari asosida endoteliy disfunksiyasining yuzaga kelishi muhim ahamiyat kasb etib, erta tashxislash kasallikni avj olib borishini oldini olish va bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 3600000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 1200000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Klimakterik davrdagi ayollarda osteoartrit rivojlanishining klinik-patogenetik xususiyatlari va kompleks davoni samaradorligi” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2023-yil 12-iyun` 03/5366 sonli xati yuborilgan.
ikkinchi yangilik: klimakterik davrdagi osteoartritli bemorlar qon zardobida estradiol, follikulostimulovchi gormon va lyuteinlovchi gormon miqdorlarining o‘zgarishlari kasallikning klinik-laborator faollik darajasini va bo‘g‘im tog‘aylaridagi degenerativ-distrofik o‘zgarishlarni kuchaytirishi asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi revmatologiya bo‘limi bo‘yicha 22.06.2023-yildagi 60-sonli buyruq hamda Toshkent viloyati Toshkent tumani tibbiyot birlashmasi terapiya bo‘limi bo‘yicha 26.06.2023-yildagi 84-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: klimakterik davrdagi osteoartritli bemorlar qon zardobida estradiol, FSG va LG miqdorlaridagi o‘zgarishlar endoteliy disfunksiyasini kuchaytirishi isbotlandi va erta tashxislash, bemorlarda kasallikni kechishini va noxush asoratlarini bashorat qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: klimakterik davrdagi osteoartritli bemorlar qon zardobida estradiol, follikulostimulovchi gormon va lyuteinlovchi gormon miqdorlarining o‘zgarishlari kasallikning klinik-laborator faollik darajasini va bo‘g‘im tog‘aylaridagi degenerativ-distrofik o‘zgarishlarni erta aniqlash natijasida kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni davolash va reabilitatsiya qilish uchun sarflanadigan mablag‘ning hamda uning natijasida shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 126 000 so‘m dori vositalari sarflanadi); reabilitatsiya xarajatlarini kamaytirgan (1 kunga o‘rtacha reabilitatsiya uchun ishlatiladigan 53000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: klimakterik davrdagi osteoartritli bemorlar qon zardobida estradiol, FSG va LG miqdorlarining o‘zgarishlari kasallikning klinik-laborator faollik darajasini va bo‘g‘im tog‘aylaridagi degenerativ-distrofik o‘zgarishlarni aniqlash, kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni davolash va reabilitatsiya qilish uchun sarflanadigan mablag‘ning hamda uning natijasida shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Klimakterik davrdagi ayollarda osteoartrit rivojlanishining klinik-patogenetik xususiyatlari va kompleks davoni samaradorligi” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2023-yil 12-iyun` 03/5366 sonli xati yuborilgan.
uchinchi yangilik: klimakterik davrdagi osteoartritli bemorlarda endotelial disfunksiyasining kuchayib borishi bilan bo‘g‘im tog‘ayidagi degenerativ-distrofik, yallig‘lanish jarayonlari ham ortib borishi tasdiqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi revmatologiya bo‘limi bo‘yicha 22.06.2023-yildagi 60-sonli buyruq hamda Toshkent viloyati Toshkent tumani tibbiyot birlashmasi terapiya bo‘limi bo‘yicha 26.06.2023-yildagi 84-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: klimakterik davrdagi osteoartritli bemorlarda endotelial disfunksiyaning kuchayib borishi bilan bo‘g‘im tog‘ayidagi degenerativ-destruktiv, yallig‘lanish jarayonlari ham ortib borishi asoslandi va endotelial disfunksiya holatlarini yaxshilash orqali tog‘aylarning degenerativ o‘zgarishlarga uchrash chastotasi kamaytirildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: klimakterik davrdagi osteoartritli bemorlarda endotelial disfunksiya holatlarini yaxshilash orqali tog‘alarning degenerativ o‘zgarishlarga uchrash chastotasini pasaytirishga imkon beradi. Bunda bemorning shifoxonada bo‘lish davrini bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan. Natijada, bemorning shifoxonada qolish muddatini 10,8 kundan 8,9 kungacha qisqartirib shifoxonada qolish to‘lov miqdori 185000 so‘mga kamaytirgan; 67,3% bemorlarda 1 yil mobaynida kasallikni past faollik darajasi va remissiya davriga o‘tkazishga imkon bergan hamda mehnat faoliyatini tiklashga erishilgan. Xulosa: kompleks tekshiruv tahlillari osteoartritli bemorlarda endotelial disfunksiyasining kuchayib borishi bilan bo‘g‘im tog‘ayidagi degenerativ-distrofik, yallig‘lanish jarayonlari ham ortib borishini baholashga imkon berdi. Natijada bemorning shifoxonada qolish muddatini 10,8 kundan 8,9 kungacha qisqartirib shifoxonada qolish to‘lov miqdori shifoxonada qolish to‘lov miqdori 185000 so‘mga kamaytirgan va 67,3% bemorlarda kasallikni remissiya davriga o‘tkazishga imkon bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Klimakterik davrdagi ayollarda osteoartrit rivojlanishining klinik-patogenetik xususiyatlari va kompleks davoni samaradorligi” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2023-yil 12-iyun` 03/5366 sonli xati yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: klimakterik davrdagi osteoartritli bemorlarni kompleks davolashda bioregulyator dori vositalarini qo‘llash kasallikning klinik-laborator faollik darajalarini pasaytirib, endotelial disfunksiya ko‘rsatkichlarini yaxshilashi hamda tog‘aylarning degenerativ-distrofik jarayonlarini kamaytirishi asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi revmatologiya bo‘limi bo‘yicha 22.06.2023-yildagi 60-sonli buyruq hamda Toshkent viloyati Toshkent tumani tibbiyot birlashmasi terapiya bo‘limi bo‘yicha 26.06.2023-yildagi 84-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: klimakterik davrdagi osteoartritli bemorlarni davolashda bioregulyator dori vositalarining samaradorligi bemorlarning nogironligini oldini olishga va ularning hayot sifatini oshirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: davo muolajalarini erta fursatlarda amalga oshirilishi suyak-bo‘g‘im tizimida og‘ir asoratlar kelib chiqishini oldini olish va iqtisodiy xarajatlarni kamaytirish, shu bilan birga, bemorlarda uzoq muddatli remissiya kuzatilishi imkonini berdi. Bemorning kasalxonada qolish vaqtini 10 kundan 8 kungacha qisqartirish, kasalxonada qolish uchun to‘lov miqdorini 1589600 so‘mga kamaytirish (TTA 1-klinikasi revmatalogiya bo‘limi narxlari ro‘yxatiga ko‘ra, kasalxonada qolishning 1 kuni byudjet bemorlari uchun 198700 so‘mni tashkil etadi); kasalxonada qolish muddatini bir necha kunga qisqartirish hisobiga dori-darmonlarga talab kamroq bo‘ldi (o‘rtacha 1 kun davomida 150000 so‘m dori vositalari). Xulosa: klimakterik davrdagi osteoartritli bemorlarni kompleks davolashda bioregulyator dori vositalarini qo‘llash kasallikning klinik-laborator faollik darajalarining pasaytirib, endotelial disfunksiya ko‘rsatkichlarini yaxshilashi hamda tog‘aylarning degenerativ-distrofik jarayonlarini kamaytirishi asoslangan. Bemorlarning nogironligini oldini olishga va ularning hayot sifatini oshirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Klimakterik davrdagi ayollarda osteoartrit rivojlanishining klinik-patogenetik xususiyatlari va kompleks davoni samaradorligi” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2023-yil 12-iyun` 03/5366 sonli xati yuborilgan.