Nasirova Zarina Akbarovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri(ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yurakning surunkali koronar kasalligini beqarorlashishida psixoemotsional holatning kliniko-genetik va prognostik ahamiyati», 14.00.06-Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/Tib627.
Ilmiy maslaxatchi: Tashkenbaeva Eleonora Negmatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand Davlat tibbiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.64.01
Rasmiy opponentlar: Nurillaeva Nargiza Muxtarxanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Madjidova Yokutxon Nabievna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abdullaeva Guzal` Jaloliddinovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yurak ishemik kasalliklarini beqarorlashtirishda psixoemotsional buzilishlarning prognostik ahamiyatini ilmiy asoslash, beqaror stenokardiya va ularni boshqarishning adekvat taktikasini bashorat qilish uchun informatsion, molekulyar-genetik markerlarning panelini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
koronar arteriyalarda endotelial disfunksiyaning rivojlanishi uchun muhim xavf omili sifatida klinik jihatdan aniq vaziyatli, shaxsiy tashvishli psixoemotsional buzilishning ahamiyati yallig‘lanishga xos sitokinlarning TNF-α, IL-1β ko‘rsatkichlarining nazorat darajasidan 2-3 baravar yuqori namoyon bo‘lishi bilan isbotlangan;
beqaror stenokardiyaning rivojlanishi va tashvish-depressiv sindromning namoyon bo‘lishi IL-1β genining 511C˃T polimorfizmining (rs16944) gomozigotli T/T va geterozigotali C/T genotipi tashuvchilari hamda geterozigotali C/T va gomozigotli T/T genotipi IL-10 genining C(-819)T polimorfizmlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik aniqlangan (mos ravishda R = 0,660, R = 0,373);
ilk bor simptomsiz giperurikemiya belgilari bo‘lgan o‘zbek populyasiyasi bemorlari orasida TNF-α genining A/A gomozigot genotipi G(-308)A polimorfizmi va IL-10 genining T/T gomozigot genotipi C(-819)T polimorfizmi tez-tez uchrashi, beqaror stenokardiya rivojlanishi xavfining ortishi belgilari sifatida ushbu genotiplarning kombinatsiyasi (mos ravishda R=0,387, R=0,418) muhimligi isbotlangan;
yil davomida immunologik, molekulyar-genetik, angiografik tadqiqotlar natijalarini hisobga olgan holda stenokardiya va psixo-emotsional buzilishlar xurujlarini prognozlash va diagnostika qilish, davolash samaradorligi, oldini olish va yurak ishemik kasalligi bilan bo‘lgan bemorlarning hayot sifatini yaxshilash uchun ishlab chiqilgan dasturiy modelning yuqori ahamiyati aniqlangan;
kompleks genlarning allellari va genotiplari (TNF-α genining  G(-308)A, IL-1β genining C(-511)T, IL-4 genining C(-589)T va IL-10 genining C(-819T polimorfizmlari) tashuvchiligi yurak ishemik kasalligi bo‘lgan bemorlarda terapevtik chora-tadbirlar kompleksiga Fluoksetinni kiritish bilan shaxsiylashtirilgan terapiya paytida psixoemotsional holatning yaxshilanishiga olib kelishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2023 yil 11 noyabrdagi №64-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2022 yil 11 iyundagi №1870-sonli xati yuborilgan):
    Birinchi ilmiy yangilik: kompleks klinik, klinik-instrumental, biokimyoviy tadqiqotlar asosida birinchi marta beqaror stenokardiyaning rivojlanishi bilan koronar arteriyalarda endotelial disfunksiyaning rivojlanishi uchun muhim xavf omili sifatida psixo-emotsional buzilishning ahamiyati aniqlandi. 45-46 balldan yuqori ball to‘plagan klinik jihatdan aniq situatsion, shaxsiy tashvishli bemorlarda yallig‘lanishga xos sitokinlarning TNF-α, IL-1β ko‘rsatkichlari nazorat darajasidan 2-3 baravar yuqori namoyon bo‘lishi, dislipidemiya va giperurikemiya bilan polimorbidlik chastotasi oshanligi Toyloq tuman tibbiyot birlashmasining 2023 yil 25 martdagi 81/2 sonli buyrug‘i, Ishtixon tibbiyot birlashmasining 2023 yil 10 maydagi 286 sonli buyrug‘i va Urgut tuman tibbiyot birlashmasining 2023 yil 20 noyabrdagi 2500-7-105-TV/2023 sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan; Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali yurak ishemik kasalligi va psixoemotsional buzilishlarni erta tashxislash; stenokardiya xurujlari chastotasini kamaytirish, bemorlarning hayot sifatini yaxshilash va terapiyaga muvofiqligini oshirish orqali yurak-qon tomir kasalliklarini o‘z vaqtida davolash; yurak ishemik kasalligini davolash amaliyoti vaqtida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar va xatolar sonini minimallashtiradi; yurak ishemik kasalligi destabilizatsiyasidan keyin reabilitatsiya sifatini oshiradi; takroriy stenokardiya xurujini 54,2% dan 27,7% ga kamaytiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yurak ishemik kasalligi bilan bo‘lgan bemorlarga ishlab chiqilgan kompleks davolash usuli joriy qilinishi yordamida shifoxonada qolishi o‘rtacha 8,2±1,7 kundan 5,3±1,06 kungacha (shifoxonada o‘rtacha 1 kun koyka to‘lovi bitta bemor uchun 197 000 so‘mni tashkil qiladi) qisqartirilishi hisobiga koyka to‘lov miqdori bir marta davolanish uchun o‘rtacha 697 000±139 476 so‘mga va o‘rtacha yillik to‘lov 2,5 barovarga kamayib, 5 910 000 so‘m iqtisod qilindi va oldingi to‘lovlarga nisbatan 40,0% ni tashkil qilishda erishildi. Xulosa: yurak ishemik kasalligi bo‘lgan bemorlarni yangi usulda olib borish amaliyotga joriy qilinishi bir nafar bemor hisobiga faqat koyka-kun xarajati bo‘yicha yillik byudjet mablag‘larini 5 910 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
    Ikkinchi ilmiy yangilik: tashvish, depressiya va IL-1β genining 511C˃T (rs16944) gomozigot T/T genotipi, geterozigot C/T genotip tashuvchilari o‘rtasida aniq bog‘liqlik aniqlandi. Progressiv beqaror stenokardiya va tashvish-depressiv sindromi bo‘lgan bemorlarda klinik simptomlar va psixoemotsional buzilish darajasi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik aniqlanganligi Toyloq tuman tibbiyot birlashmasining 2023 yil 25 martdagi 81/2 sonli buyrug‘i, Ishtixon tibbiyot birlashmasining 2023 yil 10 maydagi 286 sonli buyrug‘i va Urgut tuman tibbiyot birlashmasining 2023 yil 20 noyabrdagi 2500-7-105-TV/2023 sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan; Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali yurak ishemik kasalligi va psixoemotsional buzilishlarni erta aniqlash; bemorlaning davolashga bo‘lgan muvofiqligini aniqlash; surunkali yurak ishemik kasalligi destabilizatsiyasini oldini olish, bemorlarning hayot sifatini yaxshilash va terapiyaga muvofiqligini oshirish orqali yurak-qon tomir kasalliklarini o‘z vaqtida davolash. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yurak ishemik kasalligi bilan kasallangan bemorlarda yangi molekulyar-genetik (TNF-α geni G(-308)A, IL-1β geni C(-511)T, IL-4 geni C(-589)T, IL-10 geni C(-819)T) diagnostika usulining joriy qilinishi hisobiga takroriy davolanish kamayishi natijasida o‘rtacha yillik diagnostika xarajatlari 1,8 barovarga kamayib, 6 524 000 so‘m iqtisod qilindi va oldingi xarajatlarga nisbatan 55,1% ni tashkil qilishda erishildi. Xulosa: yurak ishemik kasalligini yangi davolash usulini amaliyotga joriy qilinishi natijasida bemor birinchi marotaba davolanishda o‘z mablag‘laridan o‘rtacha 1 600 000 so‘m diagnostika uchun qo‘shimcha xarajat qilganda, yil mobaynida takroriy davolanish soni kamayishi hisobiga faqat diagnostika xarajatlari bo‘yicha yillik xarajatlarni 6 524 000 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi, shundan byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lardan 729 000 so‘m va bemorning o‘z mablag‘laridan 5 795 000 so‘m iqtisod qilindi.
    Uchinchi ilmiy yangilik: birinchi marta TNF-α genining G308A polimorfizmi gomozigot A/A genotipining, IL-1β genining C511T gomozigot T/T genotipining, IL-4 genining C589T polimorfizmining gomozigot C/C va IL-10 genining C819T polimorfizm gomozigot T/T genotipining varianti o‘zbek populyasiyalar orasida bu genotiplarning kombinatsiyasi psixoemotsional kasalliklarda beqaror stenokardiyaning rivojlanish xavfining ortishi belgisi sifatida muhimligi Toyloq tuman tibbiyot birlashmasining 2023 yil 25 martdagi 81/2 sonli buyrug‘i, Ishtixon tibbiyot birlashmasining 2023 yil 10 maydagi 286 sonli buyrug‘i va Urgut tuman tibbiyot birlashmasining 2023 yil 20 noyabrdagi 2500-7-105-TV/2023 sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan; Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali yurak ishemik kasalligi va psixoemotsional buzilishlarni genetik tekshirish orqali erta aniqlash; bemorlani davolashda shaxsiylashtirilgan davolash taktikasini ishlab chiqish; surunkali yurak ishemik kasalligi destabilizatsiyasini oldini olish; yurak-qon tomir asoratlari sonini qisqartirish. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemorning shifoxonadagi davri uchun iqtisodiy ko‘rsatkich: bemorning shifoxonada qolish muddatini 8,2±1,7 kundan 5,3±1,06 kungacha (2,9±0,58 kunga) kamayib, shifoxonada bo‘lish davrining 2,9±0,58 kunga qisqartirilishi hisobiga 1 bemor uchun yillik ovqatlantirish xarajatlari 2,5 barovarga kamayib, 532 100 so‘m iqtisod qilindi va oldingi xarajatlarga nisbatan 40,0% ni tashkil qilishda erishildi. Xulosa: yurak ishemik kasalligini yangi davolash usulini amaliyotga joriy qilinishi natijasida yil mobaynida takroriy davolanish soni kamayishi hisobiga bemorni faqat ovqatlantirish bo‘yicha yillik xarajatlarni 532 100 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi, shundan byudjet mablag‘laridan 413 070 va byudjetdan tashqari mablag‘lardan 119 030 so‘m iqtisod qilindi.
    To‘rtinchi ilmiy yangilik: ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot modeli immunologik, genetik tadqiqotlar va koronar angiografiya natijalarini, psixoemotsional kasalliklarni erta aniqlashni, bemorlarni davolashga rioya qilmaslikni, bemorlarning hayot sifatini pasayishini hisobga olgan holda anginoz xurujlari rivojlanish xavfi bo‘lgan guruhni erta aniqlashga yordam beradi, bu yurak ishemik kasalligini beqarorlashishining erta tashxisini optimallashtirish, davolash samaradorligi, oldini olish va hayot sifatini yaxshilash imkonini berishi Toyloq tuman tibbiyot birlashmasining 2023 yil 25 martdagi 81/2 sonli buyrug‘i, Ishtixon tibbiyot birlashmasining 2023 yil 10 maydagi 286 sonli buyrug‘i va Urgut tuman tibbiyot birlashmasining 2023 yil 20 noyabrdagi 2500-7-105-TV/2023 sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan; Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yurak ishemik kasalligida komorbid kasalliklarni erta aniqlash; davolashga muvofiqlikni aniqlash va uni oshirish usullari; surunkali koronar kasalligida xurujlar sonini kamaytirish; yurak-qon tomir asoratlari sonini qisqartirish. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yurak ishemik kasalligi va psixoemotsional buzilishlar bor bo‘lgan bemorlarni davolashda teri orqali koronar aralashuv yordamida davolash usuli 1 nafar bemor uchun o‘rtacha 3,3±1,1 stent qo‘yilishi hisobiga, bir yil davomida teri orqali koronar aralashuv yordamida davolash usuligacha qayta kasalxonaga yotqizish 4,8±0,94 martani tashkil etdi, yangi davolash usulidan keyin esa 2,1±0,42 martani tashkil etdi. Natijada faqat koyka xarajatlari 5 910 000 so‘mga iqtisod qilindi. Xulosa: yurak ishemik kasalligini yangi davolash usulini amaliyotga joriy qilinishi bir nafar bemor hisobiga faqat koyka-kun xarajati bo‘yicha yillik byudjet mablag‘larini 5 910 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
    Beshinchi ilmiy yangilik: birinchi marta yurak ishemik kasalligi va psixoemotsional buzilishlari bo‘lgan bemorlarda Fluoksetin terapiyasining farmakogenetik tadqiqoti o‘tkazildi. Yurak ishemik kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda Fluoksetin bilan kompleks terapiya paytida psixoemotsional holatning yaxshilanishiga olib keladigan genlar majmuasining (TNF-α geni G(-308)A, IL-1β geni C(-511)T, IL-4 geni S(-589)T, IL-10 geni C(-819)T polimorfizmi) allellari va genotiplari, shuningdek, kichik va o‘rta terapevtik dozalarda YuIK terapiyasiga rezistentlik bilan bog‘liq bo‘lgan allellar va genotiplar tashuvchisi aniqlandi. Ushbu natijalar bizga terapiyani shaxsiylashtirish usuli sifatida genetik testdan foydalanishni taklif qilish imkonini berishi Toyloq tuman tibbiyot birlashmasining 2023 yil 25 martdagi 81/2 sonli buyrug‘i, Ishtixon tibbiyot birlashmasining 2023 yil 10 maydagi 286 sonli buyrug‘i va Urgut tuman tibbiyot birlashmasining 2023 yil 20 noyabrdagi 2500-7-105-TV/2023 sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yurak ishemik kasalligida psixoemotsional holatlarni erta aniqlash; yurak ishemik kasalligini destabilizatsiyasida xavf guruhini aniqlash; bemorlarni farmakogenetik davolashda shaxsiylashtirilgan davolash taktikasini ishlab chiqish. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yurak ishemik kasalligi va psixoemotsional buzilishlar bor bo‘lgan bemorlarni davolashda Fluoksetin dori vositasini kompleks davolash usuliga qo‘shishda hamda yangi kompleks diagnostika usulining joriy qilinishi hisobiga takroriy davolanish kamayishi natijasida faqatgina dori-darmon va diagnostikalarning o‘rtacha yillik xarajatlari 2,0 barovarga kamayib, 12 889 000 so‘m iqtisod qilindi va oldingi xarajatlarga nisbatan 49,6% ni tashkil qilishda erishildi. Xulosa: yurak ishemik kasalligini yangi davolash usulini amaliyotga joriy qilinishi natijasida yil mobaynida takroriy davolanish soni kamayishi hisobiga faqatgina dori-darmon va diagnostikalarning o‘rtacha yillik xarajatlarni 12 889 000 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi, shundan byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lardan 1 796 550 so‘m va bemorning o‘z mablag‘laridan 11 092 450 so‘m iqtisod qilindi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish