Rustamova Muxlisa Shavkatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Muddatiga etmay tug‘ilgan chaqaloqlarda nekrotik enterokolitni erta tashxislash va davolashni takomillashtirish”, 14.00.09 – Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1685.
Ilmiy rahbar: Salixova Kamola Shavkatovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01
Rasmiy opponentlar: Alimov Axbor Valievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Agzamova Shoira Abdusalamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi muddatiga etmay tug‘ilgan chaqaloqlarda nekrotik enterokolitni erta tashxislash va davolash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
muddatiga etmay tug‘ilgan chaqaloqlarda NEK rivojlanishining eng ahamiyatli perinatal omillari isbotlangan: homiladorlik paytida og‘ir darajadagi anemiya – 42,4% dan, preeklampsiya 45,6% va yo‘ldoshning ko‘chishi 33,6% isbotlangan;
muddatiga etmay tug‘ilgan chaqaloqlarda NEK rivojlanishida S-reaktiv oqsil va qonda laktatning mos ravishda 25,4 va 6,2 marotaba o‘sishi, kasallikning noxush kechishiga prognostik mezon sifatida foydalanish imkonini berishi isbotlangan;
muddatiga etmay tug‘ilgan chaqaloqlarda NEKning biokimyoviy- immunologik markerlarning diagnostik va prognostik ahamiyati aniqlangan, NEKning IA, IB va II A og‘irlik darajasiga ko‘ra, yallig‘lanish sitokinlarining IL-1β (1,7; 2,4 va 3,9 marta), IL-6 (2,5; 4,1 va 6 marta), TFN-α (1,6; 2,6 va 2,9 marta), VEGF (1,2; 1,3 va 1,5 marta) ko‘payishi va IL-4 (1,2; 1,8 va 2,7 marta) va mos ravishda pasayishi bilan isbotlangan;
«NEKni diagnostik bosqichlari» elektron dasturi ishlab chiqilgan va uning asosida chaqaloqlarda nekrotik enterokolitning asoratlangan va asoratlanmagan kechishini diagnostika-davolash taktikasi ishlab chikilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2023 yil 5 oktyabrdagi №8-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2023 yil 5 oktyabrdagi №01/01-579a -sonli xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: onalarda ekstragenital patologiyalar (anemiya, yurak-qon tomir kasalliklari), preeklampsiya va platsentaning muddatdan oldin ajralishining yuqori chastotasini aniqlash NEK bilan muddatiga etmay tug‘ilgan chaqaloqlarning tug‘ilishining kamayishiga olib kelganligi Samarqand bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2022 yil 26 iyuldagi 97-sonli buyrug‘i hamda Namangan viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2022 yil 15 iyuldagi 36/1-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: onalarda ekstragenital patologiyani erta aniqlash va o‘z vaqtida davolash muddatiga etmay tug‘ilgan chaqaloqlar tug‘ilishini kamayishiga olib keladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: homilador ayolda ekstragenital patologiyaning erta antenatal profilaktikasi va o‘z vaqtida davolash tejamkor bo‘lib, muddatiga etmay tug‘ilgan chaqaloqni statsionar davolash xarajatlari 1 nafar bemor uchun 28 855 400 so‘mni tashkil qilgan, (klinikada har bir bemor uchun kunlik xarajatlar o‘rtacha 1 202 308 so‘m), yuqoridagi diagnostika usullari va o‘z vaqtida davolash taktikasidan foydalangan holda erta tashxis qo‘yish tufayli yotoq kunlari soni 5 kunga kamaygan va 125 nafar bemor uchun 751 442 500 so‘m xarajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: homilador ayollarda ekstragenital patologiyaning barvaqt oldini olish va tegishli davolash tadbirlari o‘tkazilib, 1 nafar bemorga 1 kun hisobidan 1 202 308 so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: muddatiga etmay tug‘ilgan chaqaloqlarda nekrotik enterokolitda yallig‘lanish biomarkerlaridan S-reaktiv oqsil va qonda laktatning birgalikda qo‘llash ularning ortishi bilan tavsiflangan, diagnostik va prognostik ahamiyatga ega ekanligini tasdiqlaydi va davolash samaradorligi monitoringida foydalanish imkon bergani Samarqand bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2022 yil 26 iyuldagi 97-sonli buyrug‘i hamda Namangan viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2022 yil 15 iyuldagi 36/1-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: muddatiga etmay tug‘ilgan chaqaloqlarda nekrotik enterokolitda yallig‘lanish biomarkerlari ko‘rsatgichlari S-reaktiv oqsil va qonda laktatni ortishini aniqlash nekrotik enterokolit va uning progressiv shakllarining erta klinik diagnostikasi, asoratlar va o‘lim sonini sezilarli darajada kamaytirish imkonini yaratadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: muddatiga etmay tug‘ilgan chaqaloqlarda nekrotik enterokolitda C-reaktiv oqsil va qonda laktat ko‘rsatkichlarini erta aniqlash, o‘z vaqtida va maqsadli antigipoksant terapiyani targ‘ib qiladi (klinikada har bir bemor uchun kunlik xarajatlar o‘rtacha 1 202 308 so‘m), yuqoridagi diagnostika usullari va o‘z vaqtida davolash taktikasidan foydalangan holda erta tashxis qo‘yish tufayli yotoq kunlari soni kamayadi 5 kun davomida 6 011 540 so‘m iqtisod qilishga erishilgan; Xulosa: Muddatiga etmay tug‘ilgan chaqaloqlarda nekrotik enterokolitda C-reaktiv oqsil va qonda laktat ko‘rsatkichlarini aniqlash 1 nafar bemor hisobidan 1 kunga 1 202 308 so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: muddatiga etmay tug‘ilgan chaqaloqlarda gestatsion yoshiga qarab NEK ning IA, IB va II A og‘irlik darajasiga ko‘ra yallig‘lanish va yallig‘lanishga qarshi sitokinlarning ko‘payishi va kamayishiga ko‘ra NEK ning og‘irligi darajasini baholash imkoni bo‘lganligi Samarqand bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2022 yil 26 iyuldagi 97-sonli buyrug‘i hamda Namangan viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2022 yil 15 iyuldagi 36/1-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: muddatga etmay tug‘ilgan chaqaloqlarda informativ immunobiokimyoviy tadqiqotlardan foydalanish NEK ning bosqichlarini bashorat qilish va ularni kasallikning diagnostik va prognostik mezoni sifatida ishlatishga imkon beradi, bu o‘z vaqtida NEK ning noxush xolatlarini oldini olish imkonini yaratadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘z vaqtida tashxis qo‘yish va davolash ishlari olib borilishi natijasida shifoxonadagi yotoq kunlarining 5 kunga qisqartirilgan natijasida to‘lov miqdori 6 011 540 so‘mgacha iqtisod qilingan. Xulosa: Muddatga etmay tug‘ilgan chaqaloqlarda NEK ning salbiy oqibatlarning bashorat qilish immunologik va biokimyoviy biomarkerlardan foydalanish kasalxonada yotishni qisqartirish imkonini berdi va 1 202 308 so‘m byudjet mablag‘lari va 1 202 308 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘larni 1 kun davomida 1-bemor hisobidan iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: biokimyoviy va immunologik markerlar asosida "NEK bosqichlari diagnostikasi" elektron dasturi ishlab chiqilgan, ballarga qarab baholangan: NEK II B bosqichi 3,51 ball yoki undan ko‘p; NEK II A bosqichi 2,51-3,50 ball; NEK I B bosqichi 1,51-2,50 ball, NEK I A bosqichi 1,5 balldan kam, NEK bilan muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarni taklif qilingan elektron dasturini ishlab chiqilgan bo‘lib, elektron dasturni qo‘llanilishi, nogironlikni kamaytirish va ularning hayot sifatini yaxshilashga imkon yaratgani Samarqand bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2022 yil 26 iyuldagi 97-sonli buyrug‘i hamda Namangan viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2022 yil 15 iyuldagi 36/1-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: elektron dasturdan foydalangan holda, NEK ning ilg‘or bosqichlari aniqlangan taqdirda konservativ davoni o‘z vaqtida kuchaytirishga imkon beradi, buning natijasida kasalxonada davolanish kunini kamaytiradi, nogironlikni kamaytiradi va ularning hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: muddatiga etmay tug‘ilgan chaqaloqni statsionar davolash xarajatlari 1 nafar bemor uchun 28 855 400 so‘mni tashkil qilgan, (klinikada har bir bemor uchun kunlik xarajatlar o‘rtacha 1 202 308 so‘m), yuqoridagi diagnostika usullari va o‘z vaqtida davolash taktikasidan foydalangan holda erta tashxis qo‘yish tufayli yotoq kunlari soni 5 kunga kamayadi va 125 nafar bemor uchun 751 442 500 so‘m xarajatlarni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: "NEK bosqichlari diagnostikasi" usulini qo‘llash 1 bemor hisobidan 1 kuniga byudjet mablag‘larini 1 202 308 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘larni 1 202 308 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.