Muminova Nodira Maxmudovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
“O‘zbek xalq inonch aytimlarining janr tabiati, mavzu doirasi va poetikasi”, 10.00.08 – Folklorshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil3934.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Eshanova Zilolaxon Qo‘chqarovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyot va folklori instituti, DSc.02/30.12.2019.Fil.46.02.
Rasmiy opponentlar: Uraeva Darmon Saidaxmedovna, filologiya fanlari doktori, professor; Kayumov Olim Sadiriddinovich, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbek xalq inonch aytimlarining o‘ziga xos janr xususiyatlari, tarixiy-genetik asoslari, tipologiyasi va poetikasini aniqlash, inonch aytimlarining hozirgi tarixiy-folkloriy jarayondagi holatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek xalq aytimlari tarkibida inonch aytimi degan kichik nasriy janrning mavjudligi va o‘ziga xos folkloristik xususiyatlarga ega ekanligi, poetikasi hamda postfolklor sharoitida ham yashovchanligi nazariy jihatdan asoslangan;
inonch aytimlari janrining tarixiy-adabiy asoslari ibtidoiy jamiyatning oilaviy-maishiy munosabatlari, xo‘jalik yuritishni tabiat o‘zgarishlariga muvofiqlashtirish an’analari va mifologik-ritual marosimlarga borib taqalishi asoslangan;
o‘zbek xalq inonch aytimlari kishilarning kundalik maishiy hayotidagi ijro ehtiyoji, ruhiyatga ko‘rsatadigan kuchli ta’sir qudrati, xotirada uzoq vaqt saqlangan holda yashovchanligi hamda o‘ziga xos ifoda shakli va uni tashkil etuvchi ichki tarkibiy qismlarining spesifikasi isbotlangan;
badiiy-utilitar madaniy merosning eng kichik elementlaridan sanaluvchi inonch aytimi milliy mentalitet belgilarini xilma-xil hayotiy imuquq (assotsiativ natijalar) orqali shakllantirishi, ishonuvchan omma orasiga kommunikabellik bilan yoyishi va shu tariqa milliy-maishiy an’analarning translyatoriga aylanishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek folklorida inonch aytimi janrining o‘ziga xos xususiyatlari, tarixiy-genetik asoslari, tipologiyasi va poetikasini tadqiq etish jarayonida chiqarilgan ilmiy-nazariy xulosalar va olingan natijalar asosida:
o‘zbek xalq inonch aytimlari matnidagi utilitar vazifadoshlik va badiiy vositalarning lingvopoetik xususiyatlarini tahlil qilishga doir materiallar hamda ilmiy-nazariy qarashlardan O‘zR FA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA – F1 005 raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va Qoraqalpoq adabiyotshunosligini tadqiq etish” (2018-2020) mavzusidagi fundamental loyihasining folklor janrlariga oid bo‘limlarini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022- yil 20-sentyabrdagi 352/1-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek folklori janrlarining tarkibi va ularning genetik negizlarini jahon folklorshunosligining so‘nggi yutuqlariga tayanib o‘rganish usullarini yanada takomillashtirish va shu asosda ilmiy tekshiruvlar diqqat markazidan chetda qolib kelayotgan inonch aytimlarining maishiy-amaliy hamda estetik mohiyatini ochiqlashga erishilgan;
o‘zbek xalqi badiiy tafakkuri taraqqiyotida muhim rol o‘ynagan qadimgi davr folklorining inonch aytimi janri genezisida tutgan o‘rniga doir ilmiy-nazariy qarashlardan O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida 2018–2020-yillarda bajarilgan F3-2016-0908165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfavit va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihasini bajarilishida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘zbekiston Pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022-yil 16-sentyabrdagi 231-son ma’lumotnomasi). Natijada inonch aytimlar utilitar vazifadoshligining instiktlarimiz va kundalik faoliyatimizda tutgan o‘rnini oydinlashtirishga erishilgan;
inonch aytimlarlarnig xalqimiz ma’naviy-madaniy taraqqiyotida egallagan ahamiyatiga doir ilmiy qarashlardan Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi yosh ijodkorlar to‘garagi seminarida 2019–2020-yillarda amalga oshirilgan “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti” antologiya xrestomatiyasining folklor janriga oid bo‘limlarini tuzishda muhim nazariy va amaliy manba sifatida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasining 2022-yil 16-sentyabrdagi 91-sonli ma’lumotnomasi). Natijada inonch aytimlarining milliy barqarorligi jihatidan o‘zga tilga tarjima qilish qiyin ekanligini inobatga olib, turkiy xalqlar folkloridagi inonch aytimlarining ma’noviy analogiyalari va ekvivalentlaridan foydalanish haqida yangi ma’lumotlarga ega bo‘lgan;
inonch aytimlarlarinig xalqimiz ma’naviy-madaniy taraqqiyotida egallagan ahamiyatiga doir ilmiy qarashlardan Andijon viloyati teleradiokompaniyasining “Ma’naviyat – qalb ko‘zgusi”, “Najot bilimda”, “Xazinamsan kitob” ko‘rsatuvlarining ssenariysini yozishda va eshittirishlarni tayyorlashda foydalanilgan (Andijon viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 22-iyundagi 01-24/152-son dalolatnomasi). Natijada teletomoshabin hamda radioeshittirish muxlislari o‘zbek xalq inonch aytimlari haqida yangi ma’lumotlarga ega bo‘lgan.