Xalilova Muyassarxon Tolipovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek mikromatnlarining funksional-semantik tadqiqi», 10.00.01 – O‘zbek tili  (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Fil 418.
Ilmiy rahbar: Mamajonov Alijon, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Usmonova Hurinisa Sharapovna, filologiya fanlari doktori, professor; Nosirova Umidaxon Ikromovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mikromatnlar orqali ifodalanadigan mazmuniy munosabatlarni o‘zbek rasmiy, publisistik, badiiy nutq matnlari misolida o‘rganish, mazmuniy munosabatlar va nutq egasining maqsadlariga oid funksiyalarni belgilab berish hamda mazmun ko‘lamini aniqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
matn talqini va tipologik tasnifiga aniqlik kiritilib, adabiy til me’yorlariga asoslangan yozma ko‘rinishdagi  publisistik hamda rasmiy nutq uslublarining bir butun yaxlit mikromatn tarzidagi funksional belgilari va mazmuniy xususiyatlari ochib berilgan;
o‘zaro mazmuniy bog‘liqlik asosida birlashgan, muallifning o‘y-qarashlari, ko‘zda tutgan maqsadi, g‘oyalarini namoyon etishda biri ikkinchisiga mantiqan, grammatik jihatdan bog‘langan abzatslar, mikromatnlarning o‘zaro birikuvi natijasida  yaxlit holda shakllangan  matnlar hosil bo‘lishi asoslangan;
insonlarning o‘y-qarashlari, fikrlashlari,  maqsadning  to‘la holda namoyon bo‘lishi, asosan, mikromatnlar, supersintaktik butunliklar orqali amalga oshirilishi, ayniqsa, rasmiy-ish qog‘ozlari matnini shakllantirishi jarayonida, gazeta sahifalaridagi ma’lumotlarni ifodalashida mikromatnlarning vazifalari aniqlangan;
badiiy uslubga xos mikromatn tayanch komponentining semantik mundarijasi aniqlanib, qiyoslash, o‘xshatish, payt, subektiv baho, qarama-qarshi  mazmundagi, qarindoshlik mazmunidagi, idrok qilish singari yigirma etti turi belgilangan hamda lisoniy dalillar yordamida isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek matn stilistikasi  doirasida mikromatnlarning  funksional-semantik  tadqiqiga bag‘ishlangan  ushbu dissertatsiyada erishilgan ilmiy natijalar asosida:
matn talqini va tipologik tasnifiga aniqlik kiritilib, adabiy til me’yorlariga asoslangan yozma ko‘rinishdagi  publisistik hamda rasmiy nutq uslublarining bir butun yaxlit mikromatn tarzidagi funksional belgilari va mazmuniy xususiyatlariga oid ilmiy-nazariy xulosalaridan A.Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining  2022-2023-yilda bajarilgan «Xizmat ko‘rsatish obektlari milliy nomlari interaktiv elektron platformasini yaratish» mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (A.Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining 2023-yil 18-apreldagi 356-son ma’lumotnomasi). Natijada mikromatnlarning mazmunini to‘la va aniq aks ettirgan atamalarning qo‘llanilishi va atamalar zahirasining tanlanishi nutqning rasmiylik va ommaboplik ottenkasini kuchaytirib ifodalashi bilan nutq ta’sirchanligi, rang-barangligini orttirgan;
o‘zaro mazmuniy bog‘liqlik asosida birlashgan, muallifning o‘y-qarashlari, ko‘zda tutgan maqsadi, g‘oyalarini namoyon etishda biri ikkinchisiga mantiqan, grammatik jihatdan bog‘langan abzatslar, mikromatnlarning o‘zaro birikuvi natijasida  yaxlit holda shakllangan  matnlar hosil bo‘lishi bilan bog‘liq masalalari bo‘yicha berilgan xulosa va tavsiyalaridan A.Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining 2022-2023-yilda bajarilgan «Xizmat ko‘rsatish obektlari milliy nomlari interaktiv elektron platformasini yaratish» mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (A.Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining 2023-yil 18-apreldagi 356-son ma’lumotnomasi). Natijada  darslikning mazmuni amaliy jihatdan boyigan;  
insonlarning o‘y-qarashlari, fikrlashlari,  maqsadning  to‘la holda namoyon bo‘lishi, asosan, mikromatnlar, supersintaktik butunliklar orqali amalga oshirilishi. Ayniqsa, rasmiy-ish qog‘ozlari matnini shakllantirishi jarayonida, gazeta sahifalaridagi ma’lumotlarni ifodalashida mikromatnlarning vazifalari va o‘rniga oid ilmiy qarashlari va xulosalaridan Farg‘ona viloyati  teleradiokompaniyasining 2021-, 2022-yillarda efirga uzatilgan «Qadriyat», «Kun mavzusi», «Zamondosh», «Dolzarb mavzu», «Farg‘ona – 24», «Ochiq muloqot» teleko‘rsatuvlarini hamda «Ma’naviyat – qalb ko‘zgusi»  radioeshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasining 2022-yil 13-iyundagi 70-son ma’lumotnomasi). Ushbu ko‘rsatuv va radioeshittirishlar uchun  tayyorlangan materiallar tadqiqotchi tomonidan tavsiya etilgan badiiy, rasmiy, ommabop nutqqa xos mikromatnlar bilan boyitilgani ta’kidlangan. Natijada ushbu teleko‘rsatuv va eshittirishlar uchun tayyorlangan matnlarning ta’sirchanligi, rang-barangligi,  badiiy-ommabopligi, mazmunan mukammallashgan, shu bilan birga ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish