Abdulxamidova Xikmatoy Axrorjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Isajon Sulton romanlarida xronotop, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2426.    
Ilmiy rahbar: Muhammadjonova Go‘zalxon, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Tojiboeva Muqaddas Abdurahimovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Sattorova Gulnoza Yunusovna, filologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Isajon Sultonning zamonaviy romanlarida zamon va makon talqinini tasnifiy-tavsifiy ochib berish, uning g‘oyaviy-falsafiy, badiiy-estetik funksiyasini oydinlashtirish va muallifning bu boradagi badiiy mahoratini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Isajon Sulton romanlari vaqt va makon badiiy shartlilik asosida nisbiylik kasb etganligi, yozuvchining kichik vaqt birligini keng ko‘lamli badiiy davrga aylantira olganligi, milliy makonga xos mazmuniy mundarija global badiiy makonga xos mazmun ifoda etganligi “Boqiy darbadar” romani misolida asoslangan;
badiiy asar arxitektonikasida har bir kompozision unsur yaxlit sistemaning bir qismi sifatida muhim badiiy-estetik vazifa bajarishi badiiy zamon va uning shakllari nuqtayi nazaridan aniqlanish orqali yozuvchi romanlariga xos bo‘lgan namoz vaqtlari orqali kun qismlarini ifodalash, tong, shom, tun, taqvimiy xronotoplariga yuklangan badiiy-estetik funksiyalar ochib berilgan;
ijodkor romanlarida yo‘l, so‘qmoq toposlari badiiy shartlilik asosida zamon va makon tasvirini o‘zgartirish, voqeliklarni bir-biriga bog‘lash, turli davrlar va makonlarni muallif g‘oyaviy-badiiy niyatiga ko‘ra talqin etishda, voqeliklar rivojini falsafiy-majoziy tasvirlashda, ko‘zlangan poetik maqsadga erishishda muhim komponent sifatida xizmat qilganligi dalillangan;
g‘oyaviy-falsafiy mushohadalar tasvirida adabiy qahramon va muallif –  inson xronotop funksiyasini bajarganligi, botiniy xronotop yaratishning hududiy-geografik, taqvimiy xronotop kabi umumlashma shakllari, minbar, yo‘l, dengiz, qishloq, shahar, tog‘, g‘or xronotop yaratish usullarini yuzaga kelishiga omil bo‘lganligi  isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Isajon Sulton romanlarida xronotop” mavzusi tadqiq etilishi va ilmiy nazariy natijalardan:
Isajon Sulton romanlari kompozisiyasida vaqt va makon badiiy shartlilik asosida nisbiylik kasb etganligi, yozuvchining kichik vaqt birligini keng ko‘lamli badiiy davrga aylantira olganligi, milliy makonga xos mazmuniy mundarija global badiiy makonga xos mazmun ifoda etganligi haqidagi xulosalardan FA-F1-005 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi  Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti 2023-yil 26-dekabrdagi 503/3-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida amalga oshirilgan o‘quv seminarlar materiallari nazariy-badiiy jihatdan boyigan;
xronotopning badiiy asarlar tahlilidagi o‘rni, ijodkor “men”ining qahramon “men”ida aks etishi, ijodkor zamoniga xos bo‘lgan muammo, fan va texnologiyalar yutuqlarining badiiy asarda ifodalanishi bilan belgilandi. Mustaqillik davri o‘zbek nasrida “o‘zligini izlagan qahramonlar”ning qismatga munosabatidagi individuallik estetik ideal sifatida tasvirlangan Ozod obrazini yaratishda uslubiy reminissensiya xoslanishlari mavjud. Ozod obrazi talqinida ilgari surilgan g‘oyalarning jadidlar ilgari surgan g‘oyalarga muvofiq ekanligiga doir nazariy xulosalardan FA-F1-005 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi  Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti 2023-yil 26-dekabrdagi 503/3-son ma’lumotnomasi).Natijada xronotop, romanchilik, hozirgi adabiy jarayonda mavzu va g‘oya tahliliga doir fikr-mulohazalar darslik materiallarini ilmiy jihatdan boyishiga xizmat qilgan;
badiiy asar arxitektonikasida har bir kompozision unsur yaxlit sistemaning bir qismi sifatida muhim badiiy-estetik vazifa bajarishi badiiy zamon va uning shakllari nuqtayi nazaridan aniqlanish orqali yozuvchi romanlariga xos bo‘lgan namoz vaqtlari orqali kun qismlarini ifodalash, tong, shom, tun, taqvimiy xronotoplariga yuklangan badiiy-estetik funksiyalar bo‘yicha xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar agentligining Farg‘ona viloyati boshqarmasining ma’lumotnomasi orqali yosh avlodni tarbiyalash, yoshlarda mutolaa madaniyatini, ijodkorlik qobiliyatini o‘stirish, ijodkorlikni qo‘llab quvvatlash, rag‘batlantirish, adabiy-estetik tafakkurini takomillashtirish chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari uchun ma’ruzalar tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar agentligining 2023-yil 15-apreldagi 02.22//218-son ma’lumotnomasi). Natijada chora-tadbirlar rejasi va targ‘iboti ma’ruzalari ilmiy asoslar, yoshlar ruhiyatiga xos estetik ta’sirli va samarador tahliliy materiallar bilan boyitilgan;
ijodkor romanlarida yo‘l, so‘qmoq toposlari  badiiy shartlilik asosida zamon va makon tasvirini o‘zgartirish, voqeliklarni bir-biriga bog‘lash, turli davrlar va makonlarni muallif g‘oyaviy-badiiy niyatiga ko‘ra talqin etishda, voqeliklar rivojini falsafiy-majoziy tasvirlashda, ko‘zlangan poetik maqsadga erishishda muhim komponent sifatida xizmat qilganligi xususidagi fikrlardan 2018-2023–yillarda Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining “Ochiq muloqot”, “Adabiy muhit”, “Ma’naviyat – qalb ko‘zgusi” ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 14-avgustdagi 02-12/163-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ko‘rsatuv va eshittirishlar ma’naviy-ma’rifiy hamda badiiy jihatdan boyigan, xalqchilligi ortgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish