Hojieva Nigina Hayot qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumot
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan  o‘zbek tarmog‘i): “O‘zbek tilida mevachilik leksikasi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil12418.
Ilmiy rahbar: Yuldasheva Dilorom Nigmatovna, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raeva Bibish Muxsinovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Jabborov Xo‘jamurod, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.09.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
  II. Tadqiqotning maqsadi meva nomlarini ifodalovchi atov birliklarining o‘zbek tili lisoniy tizimidagi o‘rni va sistemaviy xususiyatlari ochib berishdan iborat.
  III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
til leksik sistemasida meva nomlarini ifodalovchi atov birliklarining madaniyatlararo universaliyalarni namoyon qilishi, ushbu birliklarda milliy-madaniy belgining nominativligi hamda kognitiv-semantik xususiyatlarga ega falsafiy, lingvistik birliklar sifatida semantik // struktural guruhlarining farqlari aniqlangan;
meva nomlarini ifodalovchi atov birliklarining tarixiy-etimologik, o‘z va o‘zlashma qatlamga oid mikrosistemalar//makrosistemalar aniqlanib, natija, vaqt-predikativ bog‘langan terminlar tipi hamda shakliy strukturalari, ularning sodda, murakkab tiplari, bir komponentli, ikki komponentli va ko‘p komponentli turlari mavjudligi asoslangan;
o‘zbek xalq og‘zaki ijodi namunalarida, paremiologik birliklar: maqol // matal // hikmatli so‘z // frazeologik birliklarda hamda badiiy matnlarda meva nomlarini  ifodalovchi atov birliklarining ma’no ko‘lami, milliy-madaniy // diniy-axloqiy // falsafiy // tibbiy dunyoqarashning muhim qirralari verballashuvi isbotlangan;
meva nomlarini ifodalovchi atov birliklarining mavjud lug‘atlardagi leksikografik talqinlari ochib berilib, leksik-semantik // nominatsion-motivatsion belgilari // meva nomlarining o‘rni // leksik tizimi va tarkibi // xalqning yashash hududi // milliy-madaniy hayoti // turmush tarzi bilan bog‘liq qirralari dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilida mevachilik leksikasini o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
til leksik sistemasida meva nomlarini  ifodalovchi  atov birliklarining o‘rni, madaniyatlararo universaliyalarni namoyon qilishi, ushbu birliklarda milliy-madaniy belgining nominativligi hamda kognitiv-semantik xususiyatlarga ega falsafiy, lingvistik birliklar sifatida semantik // struktural guruhlarining farqlari va tasniflariga oid xulosalardan  A-OT-2021-2-raqamli, “Tibbiyotga oid atamalar elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda (2020-2021-yy) foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2023-yil 11-iyuldagi 04/1842-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tilida meva nomlarini  ifodalovchi  atov birliklar manba va ma’lumotlar bilan boyigan;
meva nomlarini ifodalovchi atov birliklarining tarixiy-etimologik, o‘z va o‘zlashma qatlamga oid mikrosistemalar//makrosistemalarini aniqlash, natija, vaqt-predikativ bog‘langan terminlar tipi hamda shakliy strukturalari, ularning sodda, murakkab tiplari, bir komponentli, ikki komponentli va ko‘p komponentli turlariga asoslangan nazariy ma’lumotlardan FZ-2019081663 raqamli “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb-sayt va multimedia mahsulotlari (elektron lug‘atlar) to‘plamini yaratish” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda, xususan, “O‘zbek folklor san’ati terminlarining qisqacha o‘zbekcha-ruscha-inglizcha-fransuzcha izohli lug‘ati”ni yaratishda (2020-2021-yy.) foydalanilgan (O‘zbekiston davlat Xoreografiya Akademiyasining 2023-yil 15-iyundagi 1/04-67-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida ikki tilli lug‘atlarni yaratishda til, madaniyat va ma’naviyat mushtarakligini ta’minlash tamoyillarining ishlab chiqilishiga erishilgan;
o‘zbek xalq og‘zaki ijodi namunalarida, paremiologik birliklar: maqol // matal // hikmatli so‘z // frazeologik birliklarda hamda badiiy matnlarda meva nomlarini  ifodalovchi atov birliklarining ma’no ko‘lami milliy-madaniy // diniy-axloqiy // falsafiy // tibbiy dunyoqarashning muhim qirralari verballashuviga oid xulosalar asosida Buxoro viloyat televideniesining “Assalom, Buxoro”, “So‘z va adabiyot”, ”Xalq qadrlagan durdonalar’’, “Til - millat ko‘zgusi”, ko‘rsatuvlari va Buxoro radiosining  “Xalqning ma’naviy boyliklari” radioeshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yi 14-iyuldagi 02.09-179-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv va eshittirishlarning ilmiyligi va ommabopligi shakllanib, aholining bilim darajasi oshishiga yordam bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish