Muxammadova Maxbuba Mo‘minovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumot
    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Hasanxoja Nisoriy tazkirasida ikki sulolaga mansub ijodkorlar talqini”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3346.
Ilmiy rahbar: Hayitov Shavkat Ahmadovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.09.
Rasmiy opponentlar: Sulaymonov Isroiljon Isomiddinovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Jabborov Nurboy Abdulhakimovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Hasanxoja Nisoriy tazkirasida keng tasvir etilgan shayboniy hamda boburiy ijodkorlar she’riyati va shaxsiyatini sulolaviy tarzda ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Hasanxoja Nisoriy tazkirasidan keng o‘rin berilgan boburiy va shayboniy ijodkorlar qalamiga mansub nazm namunalari yaxlit tarzda g‘oyaviy-badiiy jihatdan ochib berilib, boburiy hamda shayboniylar sulolasiga mansub shoirlarning voqelikka o‘z tafakkuri, o‘z nuqtayi nazari bilan qarashga qodir ijodkor ekanliklari isbotlangan;
boburiy hamda shayboniy ijodkorlarning poetik tajribalari buyuk mutafakkir Alisher Navoiy va Sharq adabiyotining boshqa iste’dodli vakillari asarlariga uyg‘un tarzda ochib berilib, ularning mavzu, g‘oya, mazmun, badiiy obraz poetikasi nuqtayi nazaridan o‘ziga xosliklari aniqlangan;
 “Muzakkiri ahbob” muallifi hamda shayboniy va boburiylar bilan naqshbandiya tariqati arboblari o‘rtasida kechgan insoniy, ijodiy munosabatlar tazkira ma’lumotlari asosida dalillangan;
 “Mahbubul-qulub”da “Shayx Shoh Ziyoratgohiy” nomi bilan tanilgan, ammo shaxsi to‘la oydinlashmagan shayxning “Muzakkiri ahbob” dagi “Mavlono Kalon Ziyoratgohiy” nomlari bilan zikr qilinganligi, uning XIV asrning oxirgi choragi va XV asrning birinchi yarmida Xuroson poytaxti Hirotda yashaganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boburiy va shayboniy ijodkorlar she’riyati hamda shaxsiyatiga xos xususiyatlar, ularning poetik mahorati qirralari bo‘yicha erishilgan ilmiy natijalardan:
Hasanxoja Nisoriy tazkirasidan keng o‘rin berilgan boburiy va shayboniy ijodkorlar qalamiga mansub nazm namunalari yaxlit tarzda g‘oyaviy-badiiy tahlil qilinib, boburiy hamda shayboniylar sulolasiga mansub shoirlarning voqelikka o‘z tafakkuri, o‘z nuqtayi nazari bilan qarashga qodir ijodkor tahlillaridan OT-F 1– 030 raqamli “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyani (7jild) chop etish” (2017-2020 yy.) mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 13-apreldagi 01/10-735-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha mumtoz adabiy an’analar tadriji tamoyillariga doir yangi ilmiy- nazariy ma’lumotlar bilan boyitilgan;
    boburiy hamda shayboniy ijodkorlarning poetik tajribalari buyuk mutafakkir Alisher Navoiy va Sharq adabiyotining boshqa iste’dodli vakillari asarlariga uyg‘un tatbiq etilib, ularning mavzu, g‘oya, mazmun, badiiy obraz poetikasi nuqtayi nazaridan o‘ziga xosliklariga doir ilmiy xulosalardan “PZ-20170926459 raqamli “Navoiyshunoslik tarixi” (XX – XXI asrlar)” (2018-2020 yy.) mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 13-apreldagi 01/10-735-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning tazkira janridagi ma’lumotlarni muhim ilmiy-nazariy xulosalarga kelish imkoniyati kengaygan;
 “Muzakkiri ahbob” muallifi hamda shayboniy va boburiylar bilan naqshbandiya tariqati arboblari o‘rtasida kechgan insoniy, ijodiy munosabatlar tazkira ma’lumotlari asosida ilmiy-nazariy xulosalardan Buxoro viloyat teleradio kompaniyasining “Assalom, Buxoro”,“Asrlarning asraganlari”, “Najot bilimda” teleko‘rsatuv va radioeshittirishlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 11-apreldagi 3-26-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlarning kitobxonlikka qiziqishini oshirishga, ularning o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi, xususan, Buxoro adabiy muhiti bilan mukammal tanishishiga erishilgan;
Mahbubul-qulub”da “Shayx Shoh Ziyoratgohiy” nomi bilan tanilgan, ammo shaxsi to‘la oydinlashmagan shayxning “Muzakkiri ahbob” dagi “Mavlono Kalon Ziyoratgohiy” nomlari bilan zikr qilinganligi, uning XIV asrning oxirgi choragi va XV asrning birinchi yarmida Xuroson poytaxti Hirotda yashaganligi, u haqidagi fikr-mulohazalar qiyosiy-tipologik tahlil haqidagi xulosalardan O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyati bo‘limi huzuridagi  “Nilufar” adabiy to‘garagi, shuningdek, viloyat, shahar va tumanlarda faoliyat ko‘rsatayotgan  to‘garak mashg‘ulotlarida, mumtoz adabiyot tarixini o‘rganish va targ‘ib etishga bag‘ishlangan tadbirlarda foydalanilgan (O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyat bo‘limining 2023-yil 11-apreldagi 19-son ma’lumotnomasi). Natijada adabiyotimiz tarixiga oid adabiy manbalar yangicha ilmiy talqinlarda  to‘garak a’zolariga taqdim etilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish