Zokirov Bexzodjon Ilxomjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“XIX asr rus va xorij sayyohlarining “Safarnoma” turkumidagi asarlarida O‘rta Osiyoga oid etnotoponimlar”, 07.00.08 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari” (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tar939.
Ilmiy rahbar: Doniyorov Alisher Xudayberdievich, tarix fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Tar.21.01.
Rasmiy opponentlar: Bo‘riev Omonullo, tarix fanlari doktori, yetakchi ilmiy xodim; Xudoyberganov Ravshan Turobovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XIX asrda O‘rta Osiyoga kelgan rus va xorij sayyohlarining asarlariga murojaat etish orqali o‘zbek xonliklari etnotoponimlarining tarixiy manba sifatidagi mohiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XIX asr rus va xorij sayyohlarining “Safarnomalari”, mahalliy manbalar hamda xaritalari asosida hududning etnik tarkibi, geografiyasi, shahar va qishloqlari, ularning iqtisodiy-ijtimoiy va harbiy holatiga doir maʼlumotlar, avvaliga umumiy maʼlumotlarni to‘plash va xaritalashtirish, so‘ngra harbiy harakatlar va keyinchalik xom ashyo bazasiga aylantirish uchun mosligi, XIX asr oxirida esa mintaqa boshqaruvini to‘liq qo‘lga olish maqsadida amalga oshirilgani dalillangan;
O‘rta Osiyo toponimikasi va etnotoponimikasiga oid tadqiqotlar XX asrning ikkinchi yarmidan jadallashganligi, XX asrlarning 60-yillari geografiya va toponimika fan sohalarining asoslari, nazariyasi va metodologiyasining shakllanish davri bo‘lganligi, mahalliy tadqiqotchilar – T.Nafasov, Z.Do‘simov, Sh.Qodirova, J.Latipov hamda N.Oxunovlar joy nomlarini tasniflashning mintaqaga xos xususiyatlarini ochib berishi natijasida o‘zbek xalqining shakllanishida muhim rol o‘ynaganligi ochib berilgan;
“Safarnomalar”da keltirilgan O‘rta Osiyo, xususan, O‘zbekiston hududiga oid etnotoponimlarning aksariyati ijtimoiy majburiyat, geografik nomlarning pozitivlik, geografik nomlarning nisbiy negativlik, semantik muvofiqlik, toponimik vorislik, parallellik va qatorlar tamoyillari asosida shakllanganligi asoslangan;
aniqlangan etnotoponimlar etnogidronim (Mingariq), etnooronim (Quramatog‘), etnooykonim (Qo‘ng‘irot); shuningdek, totemistik (Bahrin), tamg‘a va maxsus belgilar (Qonjig‘ali), son hamda miqdor (Qirq), rang-tus (Oq mang‘it), ijtimoiy holat hamda mavqei (Bevatan), mashg‘ulot va kasb-kor (Pichoqchi), geografik joylashuv (Ko‘lobi), kishi ismlari (Alieli) kabi turli ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy taʼsir natijasida shakllanganligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XIX asrda O‘rta Osiyoga kelgan rus va xorij sayyohlarining asarlaridagi etnotoponimlarni o‘rganish natijasida olingan ilmiy tahlillar va nazariy xulosalar asosida:
XIX asr rus va xorij sayyohlarining “Safarnomalari”, mahalliy manbalar hamda xaritalarni o‘rganilishi natijasida hududning etnik tarkibi, geografiyasi, shahar va qishloqlari, ularning iqtisodiy-ijtimoiy va harbiy holatiga doir maʼlumotlar, avvaliga umumiy maʼlumotlarni to‘plash va xaritalashtirish, so‘ngra harbiy harakatlar va keyinchalik xom ashyo bazasiga aylantirish uchun mosligi, XIX asr oxirida esa mintaqa boshqaruvini to‘liq qo‘lga olish maqsadida amalga oshirilganini dalillashga doir tavsiyalar “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Etno” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston teleradiokanali davlat muassasasining 2023-yilning 27-iyunidagi 02-30-1022-son maʼlumotnomasi). Tadqiqot natijalarining joriy etilishi teletomoshabinlarda XIX asr rus va xorij sayyohlari “Safarnoma”larining manbashunoslik ahamiyatiga doir tasavvurlarini kengaytirishga xizmat qilgan;
ko‘rsatilgan davr va manbalardagi O‘rta Osiyo, xususan, O‘zbekiston hududida aniqlangan etnotoponimlarning aksariyati ijtimoiy majburiyat, geografik nomlarning pozitivlik, geografik nomlarning nisbiy negativlik, semantik muvofiqlik, toponimik vorisiylik, parallellik va qatorlar tamoyillari asosida shakllanganini asoslashga doir tavsiyalar Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondi tomonidan targ‘ibot materiallari tayyorlashda, ziyoratgoh va qadamjolar, milliy va nomoddiy merosimiz tarixini targ‘ib etishda foydalanilgan (Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining 2023-yilning 27-iyunidagi 01-37-27/06-23-son maʼlumotnomasi). Natijada o‘zbek xalqining milliy qadriyatlari va nomoddiy merosining bir qismi hisoblanadigan joy nomlarini etnografik, manbashunoslik, tarixiy adabiyotlar orqali chuqur o‘rganish hamda ularni asrab avaylashga zamin hozirlagan;  
XIX asr rus va xorij sayyohlarining “Safarnoma” turkumidagi asarlarida uchraydigan O‘rta Osiyoga oid etnotoponimlarning tahlili shuni ko‘rsatdiki, O‘rta Osiyo toponimikasi va etnotoponimikasiga oid tadqiqotlar XX asrning ikkinchi yarmidan jadallashgani, XX asrlarning 60-yillari geografiya va toponimika fan sohalarining asoslari, nazariyasi va metodologiyasining shakllanishi davri bo‘lgani, mahalliy tadqiqotchilar: T.Nafasov, Z.Do‘simov, Sh.Qodirova, J.Latipov, N.Oxunovlar joy nomlarini tasniflashning mintaqaga xos xususiyatlarini ochib berishi natijasida o‘zbek xalqining shakllanishida muhim rol o‘ynagan komponentlarni ilmiy o‘rganish yanada chuqurlashganini aniqlashga oid tavsiyalar Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining 2023-yil uchun targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi huzuridagi ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar institutining 2023-yilning 19-iyunidagi 19-06/231-son dalolatnomasi). Natijalarining joriy etilishi joy nomlariga doir bilimlarni yanada rivojlantirishda, egallangan bilimlarni yosh avlodga vorisiylik asosida o‘rgatilishiga xizmat qilgan;
rus va xorij sayyohlarining asarlaridagi O‘rta Osiyo, xususan, O‘zbekiston hududiga oid etnotoponimlar etnogidronim (Mingariq), etnooronim (Quramatog‘), etnooykonim (Qo‘ng‘irot); shuningdek, totemizm (Bahrin), tamg‘a va maxsus belgilar (Qonjig‘ali), son va miqdor (Qirq), rang-tus (Oq mang‘it), ijtimoiy holat va mavqe (Bevatan), mashg‘ulot va kasb-kor (Pichoqchi), geografik joylashuv (Ko‘lobi), kishi ismlari (Alieli) kabi turli ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taʼsir natijasida shakllanganligiga oid tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining konferensiya, seminar, davra suhbatlari, shuningdek, madaniy-maʼrifiy sohalardagi tadbirlarini tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2023-yilning 4-iyulidagi 14-07-785-son maʼlumotnomasi). Tadqiqot natijalarining joriy etilishi umuminsoniy nomoddiy merosning ajralmas qismi hisoblangan toponimlardan yosh avlodni qadriyatlarga sodiqlik, millat va elatlar o‘rtasida o‘zaro hurmat, do‘stlik, tolerantlik ruhida tarbiyalashda  muhim ahamiyat kasb etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish