Abduvalieva O‘g‘iljon Shuxrat qizining
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Pashtu tilida kopulyativ qo‘shma so‘zlarning struktur-semantik tasnifi”, 10.00.05 – Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Fil1776.
Ilmiy rahbar: Mannonov Abdurahim Mutalovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Tar.21.01.
Rasmiy opponentlar: Nosirova Saodat Abdullaevna, filologiya fanlari doktori, proffessor; Siddiqova Iroda Abduzuhurovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Alisher navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pashtu tilidagi kopulyativ qo‘shma so‘zlarni struktur-semantik jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kopulyativ qo‘shma so‘zlarning kopulyativ birliklardan farqli 4 ta fonetik, 5 ta morfologik va 3 ta semantik belgilari aniqlanib, bular orasida morfologik belgining ustunligi asoslangan;
kopulyativ qo‘shma so‘zlarning 1 ta interfiksli (sifat+و u+sifat=ravish) va 1 ta interfikssiz (ravish+ravish=sifat) modellari hamda د dә va ما mā interfikslari orqali ot+interfiks+ot=ot modeli asosida kopulyativ qo‘shma so‘zlar yasalishi aniqlanib, و u, ا ā, په pә, پر pәr, نا nā, تر tǝr, د dә, را rā, ما mā interfikslarining 4 ta sinonimik va 1 ta antonimik qatori isbotlangan;
kopulyativ qo‘shma so‘zlar tarkibiy qismlarining joylashuvida 3 ta holat, ya’ni kam bo‘g‘inli tarkibning avval kelishi, bo‘g‘in soni bir xil bo‘lsa, unli tovush bilan boshlanadigan tarkibning avval kelishi va har ikki komponent ham undosh tovush bilan boshlangan bo‘lsa, jarangli portlovchi tovush bilan boshlanadigan qismi avval kelishi aniqlanib, so‘nggi holatning mahsuldorligi dalillangan;
aksariyat kopulyativ qo‘shma so‘zlarning og‘zaki nutq uchun xosligi ularning nominativ, ekspressiv, til/nutq vositalarini tejash kabi vazifalari orqali asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pashtu tilidagi kopulyativ qo‘shma so‘zlarning struktur-semantik tasnifini oʻrganish yuzasidan olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
kopulyativ qo‘shma so‘zlarning kopulyativ birliklardan farqli 4 ta fonetik, 5 ta morfologik va 3 ta semantik belgilari aniqlanib, bular orasida morfologik belgining ustunligi asoslanganligi hamda kopulyativ qo‘shma so‘zlarning 1 ta interfiksli (sifat+و u+sifat=ravish) va 1 ta interfikssiz (ravish+ravish=sifat) modellari hamda د dә va ما mā interfikslari orqali ot+interfiks+ot=ot modeli asosida kopulyativ qo‘shma so‘zlar yasalishi aniqlanib, و u, ا ā, په pә, پر pәr, نا nā, تر tǝr, د dә, را rā, ما mā interfikslarining 4 ta sinonimik va 1 ta antonimik qatori isbotlangan natijalar O‘zbekiston Respublikasining Afg‘onistondagi elchixonasi xodimlari va tarjimonlariga, Afg‘onistonda xizmat safarida yurgan xodimlar amaliyotida hamda turli xil ilmiy-amaliy tadbirlar doirasida qo‘llanilgan (Oʻzbekiston Respublikasining Afg‘onistondagi elchixonasining 2023-yil 15-iyuldagi 003/605-son maʼlumotnomasi). Tahlil natijalari pashtu tilida kopulyativ qo‘shma so‘zlarni belgilash mezonlarini yaratishga asos bo‘lgan;
pashtu tilidagi kopulyativ qo‘shma so‘zlar tadqiqida tilshunos olimlar tomonidan bu sohaning o‘rganilishi, kopulyativ qo‘shma so‘zlarning pashtu tili shakllanishidagi o‘rni, ularning kopulyativ frazeologik birliklar hamda erkin kopulyativ so‘z birikmalaridan farqli va o‘xshash jihatlari va bularning sabablari haqidagi tahliliy fikrlari va nazariy xulosalaridan Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasida 2023-yil 27-iyul “Xalqlar do‘stligi” kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Do‘stlik” festivaliga bag‘ishlangan tadbirni tayyorlashda, shuningdek, qo‘mitaning shu kabi boshqa madaniy-maʼrifiy sohalardagi tadbirlarini tashkil etishda foydalanilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2023-yil 22-avgustdagi 14-07-1072-son maʼlumotnomasi). Dissertatsiyada keltirilgan kopulyativ qo‘shma so‘zlarning tadqiqi ularning pashtu tili leksik qatlami rivojlanishidagi o‘rni va vazifalarini belgilash imkonini bergan;
pashtu tilidagi interfiksli va interfikssiz kopulyativ qo‘shma so‘zlar, kopulyativ frazeologik birliklar, erkin kopulyativ so‘z birikmalari, juft hamda takror so‘zlarning semantikasi, ularning xususiyatlari, qo‘llanilishi, shuningdek, ularni tarjima qilish jarayonida duch kelinadigan xato va kamchiliklarga bag‘ishlangan tahliliy fikr va nazariy xulosalardan “Oʻzbekiston” teleradiokanali DM “Madaniy-maʼrifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon” eshittirishlari senariylarini tayyorlashda manba sifatida foydalanilgan (Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Oʻzbekiston” teleradiokanali DMning 2023-yil 6-martdagi 04-36-356-son maʼlumotnomasi). Olingan natijalar tatbiqi koʻrsatuv va eshittirishning ilmiy dalillarga boy va ommabop bo‘lishini ta’minlab, eshittirishlar uchun tayyorlangan materiallar mazmuni yanada mukammallashgan.