Toshaliev Qahramon Boboyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘rta Osiyo dahmalari (Shimoliy Baqtriya misolida)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi, 07.00.06 – Arxeologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tar434.
Ilmiy rahbar: Shaydullaev Shapulat Bazarovich, tarix fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02.
Rasmiy opponentlar: Is’hoqov Mirsodiq Mirsultonovich, tarix fanlari doktori, professor; Sulaymonov Rustam Hamidovich, tarix fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘rta Osiyo xususan Shimoliy Baqtriyaning arxeologik yodgorliklari sirasiga kiruvchi dahmalar va ularning tasnifini, moddiy topilmalari tipologiyasini fanga kiritish, moddiy manbalar asosida Sopolli madaniyatida mayitlarni boy ashyolar bilan qabrlarga qo‘yish anʼanasini yo‘q bo‘lib ketishi va Qadimgi Baqtriyada ilk zardushtiylikning vujudga kelishi bilan bog‘liq masalalarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston tarixida ilk temir davridan boshlab Baqtriya va unga tutash hududlarda Zardushtiylik dini hukmron dinga aylanganligi, mayitlarni moddiy ashyolar bilan ko‘mish odatiga barham berilishi yozma (Avesto, Rigveda, pahlaviy, arab va fors tili) manbalar va arxeologik (kata, dahma va naus) yodgorliklar asosida dalillangan;
Shimoliy Baqtriyaning Ko‘hitang tog‘ oldi hududi (Zarabog‘, Qorabog‘, Kayrit, Kampirtepa, G‘urjak, Laylagan) da olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida aniqlangan dahmalarning tuzilishi va qurilish uslublarini o‘rganish natijasida ularning ilk zardushtiylikka oidligi aniqlangan;
Ko‘hitangtog‘ tog‘ oldi hududidagi dahmalarda olib borilgan arxeologik qazishmalar orqali ularning toshdan terilganligi, turli (doira, oval, kapgir) shakllarda ega ekanligi, tosh qatlam ostida qabrlarning uchramasligini aniqlash natijasida zardushtiylikda dahma – er ustida ishlangan va mayitlar etidan toza bo‘ladigan joy ekanligi isbotlangan;
Ko‘hitangtog‘ tog‘ oldi hududi Kayrit qishlog‘ida aniqlangan 3-raqamli dahma inshootida olib borilgan qazishmalar natijasida qo‘lga kiritilgan ko‘k rangli ma’danlar zardushtiylik va etnografik manbalardagi ma’lumotlar asosida ularning ushbu davr dafn marosimlarida keng qo‘llanilganligi, shuningdek, keyingi ko‘k rang motam timsoli ildizi ilk zardushtiylikka borib taqalishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘rta Osiyo dahmalari (Shimoliy Baqtriya misolida) mavzusi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
Shimoliy Baqtriyaning Ko‘hitangtog‘ tog‘ oldi hududi (Zarabog‘, Qorabog‘, Kayrit, Kampirtepa, G‘urjak, Laylagan) da olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida aniqlangan dahmalarning tuzilishi va qurilish uslublarini o‘rganish orqali ularning ilk zardushtiylikka oidligi aniqlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar “O‘zbekiston tarixi” telekanali “Ibtido” ko‘rsatuvining “Zardushtiylik dini tarixidan” mavzusidagi ko‘rsatuvni tayyorlashda foydalanildi. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” DUK ning 2021-yil 22-fevraldagi 01-32-415-son ma’lumotnomasi). Natijada tomoshabinlarda zardushtiylik dini dafn marosimlari haqida ilmiy bilim hosil qilingan;
Ko‘hitangtog‘ tog‘ oldi hududi Kayrit qishlog‘ida aniqlangan 3-raqamli dahma inshootida olib borilgan qazishmalar natijasida qo‘lga kiritilgan ko‘k rangli ma’danlar zardushtiylik va etnografik manbalardagi ma’lumotlar asosida ularning ushbu davr dafn marosimlarida keng qo‘llanilganligi, shuningdek, keyingi ko‘k rang motam timsoli ildizi ilk zardushtiylikka borib taqalishi haqidagi ma’lumotlar “O‘zbekiston tarixi” telekanali “Ibtido” ko‘rsatuvi “Marosimlarning shakllanish tarixidan” mavzusi ssenariysini tayyorlanishda foydalanildi (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” DUK ning 2022-yil 23-dekabrdagi 01-32-2130-son ma’lumotnomasi). Natijada zardushtiylik dini dafn marosimlari evolyusiyasi, shuningdek, uning moddiy madaniyatda aks etish bo‘yicha ilmiy-ommabop ko‘rsatuv tayyorlangan;
Ko‘hitangtog‘ tog‘ oldi hududidagi dahmalarda olib borilgan arxeologik qazishmalar orqali ularning toshdan terilganligi, turli (doira, oval, kapgir) shakllarda ega ekanligi, tosh qatlam ostida qabrlarning uchramasligini aniqlash natijasida zardushtiylikda dahma – er ustida ishlangan va mayitlar etidan toza bo‘ladigan joy ekanligi isbotlanganligi haqidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi Surxondaryo viloyati Madaniy meros boshqarmasi tomonidan yangi madaniy meroslarni xatlovdan o‘tkazish, ularni pasportlashtirish va hujjatlashtirishda foydalanilgan (Madaniy meros agentligining 2022-yil 7-dekabrdagi 01-12/4188-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu yodgorliklar turizm marshrutiga kiritish uchun xizmat qilgan.