To‘ychiev Olimjon Alijonovich
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Engil avtomobil yuritmasini tyuningli gibridlashtirish metodologiyasi”, 05.08.06 – “G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/T687
Ilmiy maslahatchi: Muhitdinov Akmal Anvarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.03 raqamli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Qodirov Sarvar Muqaddirovich, texnika fanlari doktori, professor; Salomov O‘ktam Rahimovich, texnika fanlari doktori, professor; Gianfranco Rizzo, DSc, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ikkilamchi bozor avtomobilining yonilg‘i samaradorligi va ekologik xavfsizligini oshirish uchun gibridizatsiya parametrlari va boshqaruv rejimlarini tanlashning ilmiy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
avtomobilning tortish-tezlik va energo-ekologik ko‘rsatkichlari tyuning gibrid yuritmasidan foydalanish orqali takomillashtirilgan;
mavjud avtomobil yuritmasini tyuning gibrid yuritmasi bilan o‘zaro muvofiqlashtiruvchi boshqaruv qonuniyatlarini tanlash uslubi ishlab chiqilgan;
yuqori yonilg‘i samaradorlikka erishish uchun avtomobil gibrid yuritmasi komponentlari quvvat ko‘rsatkichlarini tanlash orqali yuritma parametrlarini tanlash uslubi ishlab chiqilgan;
avtomobil tyuning P5 kofiguratsiyali gibrid yuritmasi parametrlari va boshqaruv qonuniyatlari yuritma energiya samaradorligini baholash hisob dasturi yordamida takomillashtirilgan;
tyuning gibrid yuritmali avtomobil hisob dasturi ishonchliligi, uni avtomobil va yuritma qismlarining dinamometrik stend natijalari bilan qiyoslash orqali asoslangan;
mavjud avtomobil yuritmasini P5 gibrid yuritmasiga aylantirishning texnik-iqtisodiy samaradorligini yuritma parametrlarini tanlash orqali oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. ikkilamchi bozor avtomobilining yonilg‘i samaradorligi va ekologik xavfsizligini oshirish uchun gibridizatsiya parametrlari va boshqaruv rejimlarini tanlashning ilmiy asoslarini ishlab chiqishda olingan natijalarga asosida:
«O‘zavtosanoat» AJ tizimida mavjud avtomobil yuritmasini tyuning gibrid yuritmasi bilan o‘zaro muvofiqlashtiruvchi boshqaruv qonuniyatlarini tanlash uslubi, yuqori yonilg‘i samaradorlikka erishish uchun avtomobil gibrid yuritmasi komponentlari quvvat ko‘rsatkichlarini tanlash orqali yuritma parametrlarini tanlash uslubi, avtomobil tyuning P5 kofiguratsiyali gibrid yuritmasi parametrlari va boshqaruv qonuniyatlari yuritma energiya samaradorligini baholash hisob dasturi («O‘zavtosanoat» AJ 18-oktyabr 2023 yildagi №19/04-25-1586 ma’lumotnomasi) joriy etildi. Natijada, yangi foydalanishdagi avtomobillar modellarini loyihalash yoki tanlashda ularning konstruktiv parametrlari va boshqaruv rejimlarini tanlash, bu avtomobil energiya samaradorligini baholash va muayyan harakat sharoitlarida yonilg‘i sarfini aniqlash imkonini bergan.