Bozorova Irina Jumanazarovnaning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Covershenstvovanie sistemi uchyota tovarno-material`nix sennostey v usloviyax sifrovoy transformatsii», 08.00.08 - «Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit» va 08.00.14- «Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Ilmiy rahbar: texnika fanlari nomzodi, dotsent Tsyrelchuk Igor Nikolaevich.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01. Rasmiy opponentlar: Xamdamov Utkir Raxmatullaevich,  texnika fanlari doktori, professor; Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga moslik.
II. Tadqiqotning maqsadi: raqamli transformasiya sharoitida tovar-moddiy qiymatliklarni hisobini takomillashtirish bo‘yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
asosiy vositalar (qurilmalar, kompyuter jixozlari va boshqalar)ni tugatilishi munosabati bilan hisobdan chiqarilishi natijasida qabul qilinadigan qimmatbaxo metallar bo‘laklari va chiqindilari hisobini yuritish uchun 1000– “Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar” sintetik schyoti tarkibida alohida 1091– “Qimmatbaxo metallar bo‘lgan parchalar va chiqindilar” ishchi schyotini kiritish taklif etilgan;
tovar-moddiy boyliklar qiymatining qadrsizlanishini hisobga olish uchun alohida 1910– “Moddiy boyliklarning qadrsizlanishi bo‘yicha rezerv” ishchi schetini kiritish asosida hisob siyosati takomillashtirilgan;
tovar-moddiy qiymatliklar turiga ko‘ra, agar realizasiya qilishning sof qiymati ularning tannarxidan past bo‘lsa, hisobda realizasiya qilishning sof qiymati bo‘yicha aks ettirish taklif etilgan holda ombor hisobini yuritish (WMS) platformasida ular uchun alohida dastur ilovasi ishlab chiqilgan;
foydalanishga topshirilayotgan inventar va maishiy texnika qiymati bir birlikning (komplekt) qiymati xarid qilish paytida bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan ortiq hollarda uzoq muddatga kechiktirilgan xarajatlar tarkibida aks ettirish taklif etilgan holda ular uchun (1S:Korxona) platformasida alohida dastur ilovasi ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamli transformasiya sharoitida tovar-moddiy boyliklarni hisobga olish tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
asosiy vositalar (qurilmalar, kompyuter jixozlari va boshqalar)ni tugatilishi munosabati bilan hisobdan chiqarilishi natijasida qabul qilinadigan qimmatbaxo metallar bo‘laklari va chiqindilari hisobini yuritish uchun 1000 – “Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar” sintetik schyoti tarkibida alohida 1091– “Qimmatbaxo metallar bo‘lgan parchalar va chiqindilar” ishchi schyotini kiritish taklif “O‘zbektelekom” AK ning 2022 yil 27 dekabrdagi 465-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Hisob siyosati” ga kiritilgan (“O‘zbektelekom” AKning 2023 yil 4 avgustdagi 27-03-18/2557-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy qilish natijasida telefon, telekommunikasiya qurilmalari, kompyuter jixozlarini tugatilishi munosabati bilan hisobdan chiqarilishi natijasida qabul qilinadigan qimmatbaxo metal bo‘lgan parchalar va chiqindilar hisobini alohida yuritish orqali moliyaviy hisobotda tovar-moddiy zaxiralarga tegishli axborotlarni ishonchliligi va shaffofligi ta’minlash imkoniyati yaratilgan;
tovar-moddiy boyliklar qiymatining qadrsizlanishini hisobga olish uchun alohida ishchi schet 1910- “Moddiy boyliklarning qadrsizlanishi bo‘yicha rezerv” kiritish taklifi “O‘zbektelekom” AK ning 2022 yil 27 dekabrdagi 465-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Hisob siyosati” ga kiritilgan (“O‘zbektelekom” AKning 2023 yil 4 avgustdagi 27-03-18/2557-son ma’lumotnomasi). Natijada tovar-moddiy qiymatliklar hisobini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari talablariga muvofiqlashtirish va axborotlarni aniqliligi va shaffofligini ta’minlash imkonini bergan.
tovar-moddiy qiymatliklar turiga ko‘ra, agar realizasiya qilishning sof qiymati ularning tannarxidan past bo‘lsa, hisobda realizasiya qilishning sof qiymati bo‘yicha aks ettirish taklif etilgan holda ombor hisobini yuritish (WMS) platformasida ular uchun alohida dastur ilovasi bo‘yicha taklifi “O‘zbektelekom” AK tarkibidagi filliallar va korxonalarda qo‘llanilayotgan buxgalteriya hisobining axborot tizimi (1C:Korxona)ga, shuningdek “O‘zbektelekom” AK ning 2022 yil 27 dekabrdagi 465-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Hisob siyosati” ga kiritilgan (“O‘zbektelekom” AKning 2023 yil 4 avgustdagi 27-03-18/2557-son ma’lumotnomasi). Natijada tovar-moddiy qiymatliklar bahosini avtomatlashtirilgan nazorat qiluvchi tizim yaratilishi hisobiga ularning taxliliy hisobi takomillashtirilgan;
foydalanishga topshirilayotgan inventar va maishiy texnika qiymati bir birlikning (komplekt) qiymati xarid qilish paytida bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan ortiq hollarda uzoq muddatga kechiktirilgan xarajatlar tarkibida aks ettirish taklif etilgan holda ular uchun (1S:Korxona) platformasida alohida dastur ilovasi bo‘yicha taklifi “O‘zbektelekom” AK tarkibidagi filliallar va korxonalarda qo‘llanilayotgan buxgalteriya hisobining axborot tizimi (1C:Korxona)ga, shuningdek “O‘zbektelekom” AK ning 2022 yil 27 dekabrdagi 465-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Hisob siyosati” ga kiritilgan (“O‘zbektelekom” AKning 2023 yil 4 avgustdagi 27-03-18/2557-son ma’lumotnomasi). Natijada foydalanishga berilgan inventar va xo‘jalik jihozlarining qiymatini ishlab chiqarish xarajatlariga o‘tkazishni optimallashtirish hisobiga ish va xizmatlar tannarxini keskin oshib ketishini oldini olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish