Nurmamatova Qurbonoy Chorievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda tarqalgan allergik kasalliklar, xavf omillari va ularning oldini olish yo‘llarini takomillashtirish (Toshkent shahri misolida)», 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tib1300.
Ilmiy rahbar: Ziyadullaev Shuxrat Xudoyberdievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:  Immunologiya va inson genomikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.Tib.50.01.
Rasmiy opponentlar: Nabieva Umida Pulatdjanovna, tibbiyot fanlari doktori; Irsalieva Fatima Xusnutdinovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Toshkent shahri misolida bolalarda tarqalgan allergik kasalliklar, xavf omillari va ularning oldini olish yo‘llarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor immun tanqislik xavf omillari darajasiga bog‘liq bo‘lgan allergik komponentini shakllanishi va immun tizimining har xil hujayraviy (CD8+, CD16+, CD20+) va gumoral (IgA,M,G) bo‘g‘inlarning disregulyasiyasi asoslangan;
shaharning ekologik jihatdan noqulay hududda (Chilonzor) yashovchi allergik dermatit, allergik rinit, bronxial astma bilan xastalangan bolalar  qoni tarkibidagi leykotsitar hujayralar, allergik jarayonning nazoratini ta’minlovchi immunoglobulinlar (IgG va IgA) miqdorining yuqoriligi kasallikning xavf omili ekanligi  isbotlangan;
havo tarkibidagi  avtotransportdan ajraladigan azot oksidi va 3,4  benzoperin miqdorining keskin ortishi natijasida tabiiy killer, sitotoksik hujayralari hamda immunregulyator indeksining miqdori kamayishining uzoq muddat saqlanib qolishi oqibatida bolalarda kasallik kechishining surunkali shakliga aylanishi va nogironlikka o‘tish xavfi isbotlangan;
 bolalarda allergik kasalliklar rivojlanishida havo tarkibining o‘zgarishi,  turli xil konservantlar, ovqat qo‘shimchalarining birgalikdagi ta’siri natijasida hujayraviy va gumoral immun bo‘g‘inlarida yuzaga kelgan o‘zgarishlar orasida bog‘liqlik  isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Toshkent shahri misolida bolalarda tarqalgan allergik kasalliklar, xavf omillari va ularning oldini olish yo‘llarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilmiy yangilikning mohiyati: ilk bor immun tanqislik xavf omillari darajasiga bog‘liq bo‘lgan allergik komponentning shakllanishi va immun tizimining turli hujayraviy (CD8+, CD16+, CD20+) va gumoral (IgA,M,G) bo‘g‘inlarning disregulyasiyasi asoslangan; ilmiy yangilikning ahamiyati: immunologik tekshiruv o‘tkazilganda immun tizimning hujayraviy  va gumoral immunologik ko‘rsatkichlarning disregulyasiyasi bor bolalarda immun tanqislik va allergik komponenti shakllanishi muhim rol` o‘ynaydi; ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ilmiy tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent shahar Shayxontoxur tumani va Sergeli tumanlari tibbiyot birlashmasi oilaviy poliklinikalari amaliy faoliyatlariga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 30 iyundagi 8n-z/216-son ma’lumotnomasi); ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: shikoyati bor bolalarda o‘z vaqtida immunologik tekshiruv o‘tkazilib va ularda immun tizimning hujayraviy va gumoral immunologik ko‘rsatkichlarning disregulyasiyasi aniqlanishi, ushbu kontingent orasida immun tanqislik va allergik komponenti shakllanishi allergik kasalliklarni barvaqt aniqlanishiga, shu bilan erta tashhis qo‘yilishiga va  samarali davolashga, asoratlarini oldini olishga hamda bemorning hayot sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi; ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:   erta tashxis qo‘yilishi, o‘z vaqtida samarali davolanishi asoratlarni oldini olishga va shifoxonada yotish davrini kamayishi imkonini beradi va shu hisobiga har bir qisqartirilgan kuniga davlat tomonidan 248 ming so‘m mablag‘ni tejab qolish imkoni bo‘ladi (preyskurantiga ko‘ra 1 kunga 225 000 so‘m o‘rin kuni va 23 000 so‘m ovqatlanish); hulosa: o‘z vaqtida immunologik tekshiruv o‘tkazilishi immun tizimning hujayraviy  va gumoral immunologik ko‘rsatkichlarning disregulyasiyasi aniqlanishiga va erta tashxis qo‘yishiga,  samarali davolashga, asoratlarini oldini olishga hamda bemorlarning hayot sifati deyarli yaxshilashga imkon beradi. 
ikkinchi ilmiy yangilik: ilmiy yangilikning mohiyati:  shaharning ekologik jihatdan noqulay hududida (Chilonzor) yashovchi allergik dermatit, allergik rinit, bronxial astma bilan xastalangan bolalar  qoni tarkibidagi leykotsitar hujayralar, allergik jarayonning nazoratini ta’minlovchi immunoglobulinlar (IgG va IgA) miqdorining yuqoriligi kasallikning xavf omili ekanligi  isbotlangan; ilmiy yangilikning ahamiyati: bolalar  qoni tarkibida leykotsitar hujayralar, allergik jarayonning nazoratini ta’minlovchi immunoglobulinlar (IgG va IgA) miqdorining yuqoriligi allergik dermatit, allergik rinit, bronxial astma kasalliklari rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi; ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ilmiy tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent shahar Shayxontoxur tumani va Sergeli tumanlari tibbiyot birlashmasi oilaviy poliklinikalari amaliy faoliyatlariga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 30 iyundagi 8n-z/216-son ma’lumotnomasi); ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: allergik kasalliklarga moyilligi bor bolalar orasida qon tarkibida leykotsitar hujayralar, immunoglobulinlar (IgG va IgA) miqdorini aniqlanishi allergik kasalliklarni barvaqt aniqlash imkonini beradi va samarali profilaktik ishlarni olib borish ishlarini yaxshilaydi; ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: bolalar orasida allergik kasalliklarga olib keluvchi xavf omillarni barvaqt aniqlanishi va uni oldini olishi allergik kasalliklarni tashhislashda immunologik tekshiruvlarni qo‘llash va qo‘shimcha tekshiruv usullarini kamaytirish hisobidan, umumiy sarf xarajatni (bitta bemorga 350 000 – 400 000 mingga) kamaytirish imkoni bo‘ladi; hulosa: taklif qilinayotgan qon tahlili sog‘liqni saqlashning birlamchi pog‘onasi amaliyotiga  joriy qilinishi davlat tomonidan tashhislashga ajratiladigan mablag‘larini tejab qolish  imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilmiy yangilikning mohiyati: havo tarkibidagi  avtotransportdan ajraladigan azot oksidi va 3,4  benzoperin miqdorining keskin ortishi natijasida tabiiy killer, sitotoksik hujayralar hamda immunregulyator indeksi miqdori kamayishining uzoq muddat saqlanib qolishi oqibatida bolalarda kasallik kechishining surunkali shaklga va nogironlikka o‘tish xavfi isbotlangan; ilmiy yangilikning ahamiyati: havo tarkibidagi  avtotransportdan ajraladigan azot oksidi va 3,4  benzoperin miqdorining keskin ortishi natijasida tabiiy killer, sitotoksik hujayralar hamda immunregulyator indeksi miqdori kamayishini oldini olish bolalarda allergik kasallik kechishining surunkali shaklga va nogironlikka o‘tish xavfini kamaytirishi aniqlandi;  ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ilmiy tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent shahar Shayxontoxur tumani va Sergeli tumanlari tibbiyot birlashmasi oilaviy poliklinikalari amaliy faoliyatlariga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 30 iyundagi 8n-z/216-son ma’lumotnomasi); ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bolalar allergologlari va yuqori texnologik yordam ko‘rsatadigan mutaxassislar bolalar orasida allergik kasalliklarni xavf omilarini hisobga olgan holda ta’minlanishi bemorlarni barvaqt aniqlanishi va ularga o‘z vaqtida yuqori texnologik ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktik yordamni ko‘rsatilishiga, asoratlar, nogironlik sonini kamaytirishiga, allergik kasalliklar bilan xastalangan bolalar doimiy nazoratda bo‘lishiga va ota-onalarning tibbiy yordam sifatidan mamnun bo‘lishiga olib keladi; ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: allergik kasallikka chalingan bolalarga immunregulyator indeksi miqdorini xisobga olgan xolda barvaqt ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni ko‘rsatish dastlabki va kechki asoratlarni oldini olish, statsionarda davolanish kunlarni kamaytirish va umumiy sarf xarajatni (o‘rtacha 1 kunga o‘rin kuni qisqartirilishi har bitta bemorga 248 ming so‘mga) kamaytirish imkonini beradi; hulosa: bolalar orasida allergik kasalliklarni tarqalish ko‘rsatkichlarini havo tarkibidagi  avtotransportdan ajraladigan azot oksidi va 3,4  benzoperin miqdorining keskin ortishi natijasida tabiiy killer, sitotoksik hujayralar hamda immunregulyator indeksi miqdorini hisobga olgan holda yuqori texnologik ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktik yordam bilan ta’minlanishi bemorlarni barvaqt aniqlanishi, ularga o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatilishi, dastlabki va kechki asoratlarni oldini olish tibbiy, ijtimoiy va iqtisodiy samaradorlikka olib keladi.
turtinchi ilmiy yangilik: ilmiy yangilikning mohiyati: bolalarda allergik kasalliklar rivojlanishida havo tarkibining o‘zgarishi,  turli konservantlar, ovqat qo‘shimchalarining birgalikdagi ta’siri natijasida hujayraviy va gumoral immun bo‘g‘inlarida yuzaga kelgan o‘zgarishlar orasida bog‘liqlik  isbotlangan; ilmiy yangilikning ahamiyati: bolalarda allergik kasalliklar rivojlanishida havo tarkibining o‘zgarishi,  turli konservantlar, ovqat qo‘shimchalari birgalikda hujayraviy va gumoral immun bo‘g‘inlarida o‘zgarishlar yuzaga kelishi bilan izohlanadi; ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ilmiy tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent shahar Shayxontoxur tumani va Sergeli tumanlari tibbiyot birlashmasi oilaviy poliklinikalari amaliy faoliyatlariga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 30 iyundagi 8n-z/216-son ma’lumotnomasi); ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: allergik kasaliklarga olib keluvchi xavf omillari kasallikning asosiy alomatlari bo‘yicha ota-onalarning tibbiy savodxonlik darajasini oshirishi, shuningdek, oilaviy shifokorlar tomonidan kasalliklarni dastlabki bosqichda aniqlanishi allergologik kasalliklarining asoratlarini kamaytirish imkonini beradi; ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: allergik kasallik barvaqt aniqlanganda 1ta bemorning shifoxonada bo‘lish davrining 2,4 kunga qisqartirilishi hisobiga 595,2 ming so‘m kam mablag‘ talab etiladi (preyskurantiga ko‘ra 1 kunga 225 000 so‘m o‘rin kuni va 23 000 so‘m ovqatlanish); hulosa: ota-onalarning tibbiy savodxonlik darajasini va ularning farzandlarining salomatligiga nisbatan e’tiborini, shuningdek, birlamchi tibbiy yordam shifokorlari tomonidan kasalliklarni dastlabki bosqichda aniqlash darajasini oshirish allergik kasalliklarning kech asoratlangan  hodisalar sonini kamaytirish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish