Shoev Izzatullo Xusenovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkiston general-gubernatorligida huquqiy tizim tarixi”, 07.00.01.- O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tar439.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.Tar.72.07.
Ilmiy rahbar: Maxmudova Nigora Barotovna, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Rasmiy opponentlar: Urakov Dilshod Jamoliddinovich, tarix fanlari doktori (DSc), dotsent; Shukrullaev Yunus Asrorovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkiston general-gubernatorligidagi huquqiy tizimini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkiston general-gubernatorligi huquqiy tizimning shakllanishi va rivojlanish jarayonlari, uning harbiy usullaridan imperiyaning milliy chekkalarini boshqarishning fuqarolik usullariga o‘tganligi, Turkistondagi huquqiy tizimning mohiyati tarixiy jihatdan ochib berilgan;
Turkiston o‘lkasini qo‘shib olinishi bosqichlari ochib berilib, asosiy e’tibor huquqiy tizim shakllanishiga qaratilganligi, harbiy va keyinchalik fuqarolik-ma’muriy huquqiy tizimning rivojlanish tarixi Markaziy Osiyodagi geosiyosiy vaziyat, imperiyaning ijtimoiy-siyosiy rivojlanishi, boshqaruv tafakkurining rivojlanishi va o‘lkalarni boshqarishga yondashuvlarning mazmun-mohiyati aniqlangan;
Rossiya ma’muriyati boshqaruv faoliyatining natijalari MDHning Osiyo qismidagi munosabatlarning tarixiy asoslari va Turkistonni Rossiya tomonidan qo‘shib olinishi haqidagi zamonaviy tushunchalar tarixiy jihatdan aniqlashtirilgan;
Turkiston o‘lkasi huquqiy tizim rivojlanishining tarixiy ildizlari ochib berilib, harbiy-ma’muriy boshqaruvning fuqarolik-ma’muriy boshqaruvga aylanganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkiston general-gubernatorligida huquqiy tizimning shakllanishi va rivojlanishi mavzusi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijasida ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkiston general-gubernatorligi huquqiy tizimning shakllanishi va rivojlanish jarayonlari, uning harbiy usullaridan imperiyaning milliy chekkalarini boshqarishning fuqarolik usullariga o‘tganligi, Turkistondagi huquqiy tizimning mohiyati tarixiy jihatdan ochib berilganligi hamda Turkiston o‘lkasini qo‘shib olinishi bosqichlari ochib berilib, asosiy e’tibor huquqiy tizim shakllanishiga qaratilganligi, harbiy va keyinchalik fuqarolik-ma’muriy huquqiy tizimning rivojlanish tarixi Markaziy Osiyodagi geosiyosiy vaziyat, imperiyaning ijtimoiy-siyosiy rivojlanishi, boshqaruv tafakkurining rivojlanishi va o‘lkalarni boshqarishga yondashuvlarning mazmun-mohiyati aniqlanganligi yuzasidan ma’lumotlar “Hujjatlar” fondini to‘ldirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2023 yil 14 martdagi 02-10/706-son ma’lumotnomasi). Ilmiy izlanish natijalarining qo‘llanilishi nafaqat muzey xodimlari, keng jamoatchilikning hamda tashrif buyuruvchi sayyohlarning o‘lkamiz tarixiga bo‘lgan e’tiborini yanada ortishiga xizmat qilgan;
Rossiya ma’muriyati boshqaruv faoliyatining natijalari MDHning Osiyo qismidagi munosabatlarning tarixiy asoslari va Turkistonni Rossiya tomonidan qo‘shib olinishi haqidagi zamonaviy tushunchalar tarixiy jihatdan aniqlashtirilganligi hamda Turkiston o‘lkasi huquqiy tizim rivojlanishining tarixiy ildizlari ochib berilib, harbiy-ma’muriy boshqaruvning fuqarolik-ma’muriy boshqaruvga aylanganligi isbotlanganligi yuzasidan takliflar O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi tadbirlarini tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashining 2023 yil 11 yanvardagi 04-13/20 – son ma’lumotnomasi). Bu natijalar yoshlarda milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirishga va ularni bu boradagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish