Radjabova Nodira Mehmonovnaning
  falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XIX asr oxiri -  XX asr birinchi choragida Buxoroda musiqa va qo‘shiqchilik san’ati tarixi”, 07.00.01- O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tar1039.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.Tar.72.07.
 Ilmiy rahbar:  Hayitov Shadmon Axmadovich, tarix fanlari doktori, professor.
 Rasmiy opponentlar: Mo‘minova Gavhar Esanovna, tarix fanlari doktori, professor; Murtazova Sahodat Bo‘rievna, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot:  Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya  yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga  molik.
II.Tadqiqotning maqsadi XIX asr oxiri-XX asr birinchi choragida Buxoroda musiqa va qo‘shiqchilik san’atining tarixiy bosqichlari, ildizlari, turkum va yo‘nalishlari holatini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
 “Buxorcha” turkumlar, saroy sozandalari dastasining shakllanishi, ushbu san’at turlarida mang‘it amirlari Amir Abdulahadxon va Said Olimxonlar homiylik qilganligi hamda bevosita ishtirok etganligi, amir saroyi ayollarining musiqa va qo‘shiqchilik san’ati ruvojidagi faol ishtiroki isbotlangan;
Buxoro Xalq Sovet Respublikasida musiqa ta’limiga alohida e’tibor qaratilgani, Abdurauf Fitrat uyida maxsus musiqa maktabi ochilgani, ushbu maktabdan mashhur sozanda va qo‘shiqchilar etishib chiqqanligi, shuningdek, maorif nozirligining musiqa bo‘limi faoliyati, musiqa va san’at maktablari, duxovoy orkestr maktabi faoliyat ko‘rsatganligi ochib berilgan;
Abdurauf Fitrat Buxoroda musiqa va qo‘shiqchilik san’ati sohasiga katta hissa qo‘shganligi, aynan uning tashabbusi bilan 1924-yilda “Shashmaqom” notalashtirilganligi isbotlangan;
Buxoro musiqa va qo‘shiqchilik san’atining o‘ziga xosligi, “Shashmaqom”, “Mavrigixonlik” kabilarning vujudga kelishidagi hamda shakllanishidagi tarixiy bosqichlar, takomili bilan bog‘liq jarayonlar asoslantirilgan.
 IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “XIX asr oxiri- XX asr birinchi choragida Buxoroda musiqa va qo‘shiqchilik san’ati tarixi” mavzusiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida: 
o‘zbek milliy qo‘shiqchilik va musiqa san’atida Buxoro musiqa va qo‘shiqchilik san’atining o‘ziga xosligi, uning turkumlari tarixiy taraqqiyoti davomidagi takomili va transformatsiyasi, Buxoro musiqa va qo‘shiqchilik san’atida Shashmaqom, mavrigixonlik kabi turkumlarning o‘ziga xos yo‘nalish sifatida vujudga kelishi, shakllanishi, tarixiy bosqichlari, Buxoro qo‘shiqchilik va musiqa san’atida “Buxorcha” turkumlarining asoslari va o‘ziga xos xususiyatlari, XIX asr oxiri- XX asr birinchi choragida Buxoro amirligi saroy sozandalarining qo‘shiqchilik va musiqa san’atidagi ishtirokiga oid ilmiy yangiliklardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining  2022-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining VII yo‘nalishida belgilangan “Madaniyat, adabiyot, kino, teatr, musiqa va san’atning barcha turlari, noshirlik-matbaa mahsulotlari, ommaviy axborot vositalarida ma’naviy-axloqiy mezonlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligiga erishish”, 35-bandi “Yoshlar tarbiyasi va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishda adabiyot, madaniyat, san’at namunalaridan keng foydalanishning artpedagogik asoslarini tadqiq qilish” mavzusidagi targ‘ibot ishlarini o‘tkazishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2022-yil 28-noyabrdagi 367-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiyalar va xulosalar mamlakatimizda yosh avlodda vatanparvarlik hamda milliy qadriyatlarga sodiqlik ruhini shakllantirishda, madaniyat va san’at durdonalari yordamida tarbiyalashda xizmat qilmoqda. 
“Buxoro Shashmaqomi”, “Mavrigixonlik”, “Buxorcha” va saroy sozandachiligi haqida ma’lumotlar, ushbu musiqa va qo‘shiq janrlarining shakllanish bosqichlari va kelajak avlodlarga ustoz-shogird an’anasi asosida etib kelishida o‘z hissasini qo‘shgan san’at arboblarining beqiyos xizmati haqidagi, XIX asr oxiri -XX asr birinchi choragida musiqaga ixtisoslashgan ta’lim muassasalarining faoliyatini joriy etish bilan bog‘liq qiziqarli dalillar, ushbu qo‘shiqchilik san’ati yo‘nalishlari bilan bog‘liq taqdim etilgan turli arxivlarda saqlangan manba va ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tasarrufidagi hududiy Madaniyat boshqarmalari tashkilotlarining nazariy, ilmiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishda, ularning musiqa tarixi bilan bog‘liq ma’lumotlar ba’zasini kengaytirish va takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2022-yil 4-noyabrdagi 02-12-08-4676-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining ma’naviy namunalarini boyitishda, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2022-yil 2- fevralda qabul qilingan “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-112 qarorining 6-bandi a va b qismi va 13-bandida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga mazkur qaror asosida o‘tkazilishi belgilangan festival va madaniy tadbirlarning mazmunini boyitishda xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish