Murodova Dilrabo Shomurodovnaning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Buxoro viloyati davlat arxivi tarixi va uning ta’lim muassasalari faoliyatiga oid fondlari”, 07.00.01- O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Tar625.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.Tar.72.07.
Ilmiy rahbar: Isakova Muhayyo Srajidinovna, tarix fanlari doktori, dotsent.
Rasmiy opponentlar: Xaitov Shodmon Ahmadovich, tarix fanlari doktori, professor; Nazarov Azizbek Yokubjonovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Buxoro viloyati davlat arxivi tarixi va undagi ta’lim muassasalari faoliyatiga oid fondlarning ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Buxoro viloyatida zamonaviy arxiv amaliyoti XX asr boshlaridan to‘la-to‘kis shakllanganligi, uning ilk tarixiy ildizlari Somoniylar davri devonlar faoliyati tizimidan boshlanib, Buxoro amirlari qo‘shbegisi hujjatlari jamlanmasi ko‘rinishiga qadar taraqqiyot yo‘lidan o‘tganligi isbotlangan;
Buxoroda uzoq asrlar davomida mavjud bo‘lgan an’anaviy ta’lim tizimi o‘rniga 1920-1924-yillarda BXSR hukumati davrida sovet andozasida ta’lim muassasalarini tashkil etish, keyinchalik O‘zbekiston SSRda ta’limning maktabgacha ta’lim, maktab, kasb-hunar bilim yurtlari shaklida tashkil qilinganligi, milliy-an’anaviy maktablar tugatilib, madrasa ta’limining nufuzi pasayib ketganligi aniqlangan;
1941-1945-yillarda ta’lim muassasalarining soni ko‘chirib keltirilgan etim bolalar va aholi hisobiga oshib borgani, maktab binolaridan harbiy maqsadlarda foydalanganligi tufayli o‘quv xonalar etishmasligi, zaruriy darslik va o‘quv qurollariga bo‘lgan ehtiyoj oshib borgani hamda Buxoroga ko‘chirilgan polyaklar uchun maxsus maktablar tashkil etilgani dalillangan;
Buxoro viloyat davlat arxivi hujjatlaridan tadqiqotlarda foydalanish dinamikasi, arxivlarda aholiga xizmat ko‘rsatish madaniyati, so‘rovlarni bajarishni o‘z vaqtida sifatli tashkil etish bilan bog‘liq elektron katalog va hujjatlar omborini yaratish ishlarini takomillashtirish, xususan, Buxoro shahar arxivini tashkil etish zarurati asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Buxoro viloyat davlat arxivi tarixi va uning ta’lim muassasalari faoliyatiga oid fondlari doirasidagi ilmiy izlanishlar davomida olingan ilmiy xulosa va natijalar hamda takliflardan:
Buxoro viloyatida arxiv ishini tashkil topishi, viloyat davlat arxivi tarixi va uning ta’lim muassasalari faoliyatiga oid qariyb bir asrlik tarixini yorituvchi fondlari Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasi eksponatlarini yanada boyitishga xizmat qildi. Shuningdek, 2021-yilda nashr etilgan “Ikkinchi jahon urushi yillarida Buxoro viloyatida ta’lim tizimi” ilmiy risolasidagi ma’lumotlardan Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasi ilmiy xodimlarining ekskursiya jarayonida foydalanish uchun joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi madaniy meros agentligi 2022-yil 22-avgustdagi 02-01/2691-son ma’lumotnomasi). Mazkur hujjatlar Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasi ilmiy xodimlari va tashrifchilar uchun arxivda saqlanayotgan noyob hujjatlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatini yaratgan;
Buxoro ta’lim muassasalari arxiv fondlariga hamda Buxoro viloyat davlat arxivi va uning ta’lim muassasalari faoliyatitga oid fondlarining O‘zbekiston tarixini o‘rganishdagi ahamiyatiga doir nazariy xulosalardan “Buxoro” viloyat teleradiokompaniyasining “Diyor yangiliklari”, “Kun mavzusi”, “Asrlarning asraganlari” ko‘rsatuvlari va “Moziy bisotidan” radioeshittirishi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022-yil 5-iyuldagi №1/165-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu ko‘rsatuvlar orqali tomoshabinlar XX asrda Buxoro ta’lim tarixiga oid arxiv hujjatlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘lgan;
1941-1945-yillarda ta’lim muassasalarining soni ko‘chirib keltirilgan etim bolalar va aholi hisobiga oshib borgani, biroq, maktab binolaridan harbiy maqsadlarda foydalanganligi tufayli o‘quv xonalar etishmasligi, zaruriy darslik va o‘quv qurollariga bo‘lgan ehtiyoj oshib borgani hamda Buxoroga ko‘chirilgan polyaklar uchun maxsus maktablar tashkil etilgani ga oid ma’lumotlar O‘zbekiston Republikasi Fanlar Akademiyasi Tarix institutida bajarilgan AL-442105852 “Arxiv hujjatlari tahlili asosida “O‘zbek xalqining ikkinchi jahon urushi yillarida g‘alabaga qo‘shgan hissasi” nomli ilmiy-izohli hujjatlar to‘plami tayyorlash” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2023-yil 8-sentyabrdagi 3/1255-1884-son ma’lumotnomasi). Mazkur hujjatlardan loyiha doirasida chop etilgan kitobning “Urush yillarida ta’lim tizimi. Maktabgacha, maktab va o‘rta maxsus ta’lim” nomli 5.10 va 5.11-qismlarini tayyorlashda foydalanilgan.