Boltaev Bobir Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mustaqillik yillarida Buxoro viloyatidagi muassasa, korxona muzeylarining tashkil topish va rivojlanish tendensiyasi”, 07.00.01- O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Tar572.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.Tar.72.07.
Ilmiy rahbar: To‘raev Halim Hojievich, tarix fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Sirojov Ochil, tarix fanlari nomzodi, dotsent; Hasanov Akram Mo‘minovich, tarix fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Mustaqillik yillarida Buxoro viloyatidagi muassasa, korxona muzeylarning tashkil topish va rivojlanish jarayonlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Buxoro viloyatida faoliyat yuritayotgan huquq tartibot organlari va aholi muhofazasi (O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi Buxoro viloyati boshqarmasi muzeyi, O‘zbekiston Respublikasi Buxoro viloyati Milliy Gvardiya Qo‘riqlash Boshqarmasi muzeyi, Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi Yong‘in xavfsizligi Boshqarmasi ) muzeylarining kasbiy professional eksponatlar bilan jihozlanganligi, eksponatlarning fondlashtirilishi, ularning soni yoshlarni vatanparvarlik va kasbga yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etganligi dalillangan;
Buxoro viloyatida mavjud ta’lim muassasalaridagi tashkil etilgan va amalda faoliyat yuritayotgan muzeylar soni, hududiy joylashuvi, ularning sifat darajasi aniqlashtirilgan;
Buxoro viloyatidagi Qatag‘on qurbonlari muzeyining shakllanish bosqichlari, joylashtirilgan eksponat va fotolavhalarning muhim qirralari, muzeyning kengayish jarayoni, istiqboldagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tizimidagi muhim o‘rni tarixiy jihatdan isbotlangan;
Buxoro viloyatida mustaqillik yillarida mavjud bo‘lgan (faoliyat yurita boshlagan) o‘nlab tashkilot va muassasalardagi muzeylarning shakllanish yo‘nalishlari, bo‘limlari va ularda saqlanayotgan eksponatlarning turlari hamda ularning soni ilk bor asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriylanishi. Mustaqillik yillarida Buxoro viloyatidagi muassasa, korxona muzeylarining tashkil topishi va rivojlanish tendensiyasini tadqiq etish bo‘yicha qo‘lga kiritilgan natijalar, ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Buxoro viloyatida zamonaviy muzeylarni shakllanish tarixi, dastlabki mahalliy muzey xodimlari, muzeylarning mustaqillik yillariga qadar rivojlanish tendensiyasi, Buxoro inqilobidan jahon urushigacha va undan keyingi davrlarda muzey faoliyati kabi yangiliklardan Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasi dasturlarini bajarishda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligi huzuridagi madaniy meros agentligining 2021 yil 17 dekabrda berilgan 14-12/481-son ma’lumotnomasi). Ushbu natijalar muzey eksponatlarini davriy jihatdan kengaytirish va boyitishga xizmat qilishi barobarida, Buxoro muzeyi gidlarining muzey tarixiga oid bilimlarini chuqurlashtirga yordam bergan;
mustaqillik yillarida muassasa va korxona muzeylarining ijtimoiy munosabatlardagi roli, yosh avlodning tarixiy-madaniy jarayonlardagi o‘rni, ushbu muzeylarning paydo bo‘lish tarixi, shakllanish evolyusiyasi, o‘ziga xos xususiyatlarini qiyosiy kategoriyalar kontekstida ochib berish to‘g‘risidagi ma’lumotlardan Yoshlar ittifoqi Buxoro viloyat Kengashining loyiha va tadbirlarida samarali foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2023 yil 28 fevralda berilgan, 04-13/170-son dalolatnomasi). Bu mustaqillik davrida Buxoro viloyatidagi muassasa va korxona muzeylarining paydo bo‘lish tarixi, shakllanishi va rivojlanishi, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini qiyosiy kategoriyalar kontekstida tahlil qilish imkonini bergan;
mustaqillik yillarida Buxoro viloyati misolida maktablarda shakllangan o‘lkashunoslik muzeylarida o‘tmishni aks ettiradigan ekspozisiyalarning mavjudligi, o‘quv jarayoni, ekskursiyalar davomida yangi eksponatlarning to‘planishi, zamonaviy maktab muzeyining shakllanib borishi kabi yangi qarashlardan “Ijtimoiy sherikchilik doirasida Hazrati Imom qabristoni, Abu Hafs Kabir muqaddas qadamjosini obodonlashtirish, ma’naviy-ma’rifiy va targ‘ibot-tashviqot choralarini amalga oshirish” nomli amaliy ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan ( “Buxoro merosi” ilmiy-tadqiqot markazining 2021 yil 24 dekabrdagi 13-son ma’lumotnomasi). Ma’lumotlardan Buxoroda muzeyshunoslik sohasini rivojlantirish, mavjud muzeylarni saqlash ishlarini rejalashtirishda foydalanilgan;
Buxoro viloyati aholi xavfsizligi va qonun ustuvorligini ta’minlash tizimidagi muzeylarning yosh avlodni ma’nan barkamol, vatanga muhabbat, burchga sadoqat ruhida tarbiyalashdagi o‘rni va roli, ushbu soha vakillarining mashaqqatli mehnati, ammo sharafli hayot yo‘lini ko‘rsatish orqali milliy g‘urur, iftixor tuyg‘ularini shakllantirishi kabi masalalaridan “Buxoro” telekanalining “Buxoro – sharq gavhari”, “Moziy bisotidan”, “Asarlarning asraganlari”, “Assalom, Buxoro” ko‘rsatuvlarida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Buxoro viloyat teleradiokompaniyasi”ning 2023 yil 27 martdagi 02-09-73-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi teletomoshabinlarning Buxoro muzeylari bo‘yicha tasavvurlarini boyitishga xizmat qilgan.