Tirkasheva Sarvinoz Isoq qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ayrim terminal atsetilen spirtlarining kimyoviy o‘zgarishlari va biologik xossalari», 02.00.03 – Organik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/K416.
Ilmiy rahbar: Ziyadullaev Odiljon Egamberdievich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.09.2020.K.82.02.
Rasmiy opponentlar: Turgunov Erxon Toshkent davlat pedagogika universiteti, kimyo fanlari doktori, dotsent; Bozorov Xurshed Abdullauevich, kimyo fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: molekulasida turli xil tabiatga ega bo‘lgan ketonlarni kalsiy karbid bilan ammoniy tuzlari yordamida katalitik etinillash reaksiyasi bo‘yicha terminal atsetilen spirtlarini sintez qilish, ularning kimyoviy o‘zgarishlari asosida diollar va diindiollar olish va qo‘llanish sohalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor molekulasida alifatik, aromatik va siklik o‘rinbosarlar saqlagan ketonlarni kalsiy karbid bilan nukleofil birikish reaksiyasi asosida bir qancha reaksion faol markazlarga ega bo‘lgan terminal atsetilen spirtlari sintez qilingan;
tabiati turli xil ketonlarni yangi kompleks katalitik sistemalar- TBAF·3H2O/DMSO/H2O va TBABr/KOH/ PhMe/H2O yordamida kalsiy karbid bilan reaksiyalari bo‘yicha terminal atsetilen spirtlarini sintez qilishning samarali usullari ishlab chiqilgan, qo‘shimcha reaksiyalarning borishi, katalizatorlar selektivligi aniqlangan, molekulasida asimmetrik uglerod atomi bo‘lgan izomerlar hosil bo‘lishi va ularni ajratish mexanizmi topilgan, tarkibi va tuzilishi isbotlangan.
terminal atsetilen spirtlarini sintez qilish reaksiya bosqichlari, ximizmi va mexanizmi taklif etilgan, jarayonlar eng muqobil sharoitlari topilgan, erituvchi, katalizator, ligand va oraliq birikmalarning reaksiya tezligi va faollanish energiyasiga ta’siri hisoblangan, ketonlar tabiati, ularning reaksion qobiliyati, jarayon borishi va mahsulot unumiga ta’sir qilish qonuniyatlari ishlab chiqilgan; katalizatorlarning stabilligi, faolligi va qaytar reaksiyalarga ta’siri aniqlangan;
terminal atsetilen spirtlarini sintez qilishga ketonlar tabiati va katalizatorlar faolligini nisbiy samaradorlik qatori ishlab chiqilgan, mahsulot unumini oshiruvchi fragment va kombinatsiyalar topilgan, ularni ta’sir qilish parametrlari isbotlangan;
ilk bor Bu4NOH/H2O/DMSO sistemada terminal atsetilen spirtlarini sp-s bog‘idagi harakatchan vodorodining ketonlar bilan nukleofil birikish reaksiyasi asosida atsetilen diollari sintez qilingan;
terminal atsetilen spirtlarining CuCl/TMEDA/CCl4/MeOH katalitik sistemada dimerizatsiya jarayoni birinchi marta amalga oshirilgan va yangi turdagi diindiollar sintez qilingan;
terminal atsetilen spirtlari va ular asosida olingan diol va diindiollarning xususiy kattaliklari aniqlangan, kvant-kimyoviy parametrlari hisoblangan, tozaligi xromatografik, tuzilishi spektroskopik, molekula va monokristallarning tuzilishi rentgen, Hirshfeld sirt tahlili va zichlik funksional nazariyasi, tarkibi element analiz, absolyut konfiguratsiyalari optik burilish dispersiya usullarida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Turli sinflarga mansub bo‘lgan ketonlar va kalsiy karbid asosida terminal atsetilen spirtlari sintezi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sintez qilingan terminal atsetilen spirtlari “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” MChJda tabiiy gaz tarkibidagi oltingugurt va oltingugurtli birikmalarni ajratib oluvchi ingibitorlar sifatida amaliyotga joriy etilgan (“Muborak gazni qayta ishlash zavodi” MChJning 2023 yil 19 iyuldagi №454/G‘K-07-son ma’lumotnomasi). Natijada, tabiiy gaz tarkibida oltingugurt va oltingugurtli birikmalar miqdorini kamaytirishga, maxsulot tan-narhini tushirishga, toza va sifatli tabiiy gaz mahsulotlarini ishlab chiqarishga xizmat qilgan;
sintez qilingan terminal atsetilen spirtlaridan fermer xo‘jaliklarida g‘o‘za o‘simligining bargini to‘kuvchi defoliantlar sifatida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 23 avgustdagi 07/34-05/4242-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Buxoro-10” va “S-8290” kabi mahalliy paxta navlari hosildorligini 5,7-9,5 s/ga oshirish imonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish