Jumanov  O‘tkirjon To‘lqin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bug‘doy fiziologik-biokimyoviy ko‘rsatkichlarining tuproq-iqlim sharoitiga bog‘liqligi bo‘yicha raqamli ma’lumotlar bazasini yaratish», 03.00.07 – O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2002.3.PhD/B644.
Ilmiy rahbar: Qo‘shiev Habibjon Hojiboboevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.V.72.02.
Rasmiy opponentlar: Norboeva Umida Toshtemirovna, biologiya fanlari doktori, professor; Qodirova Dilbar Normo‘minovna, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Sirdaryo viloyati tuproq-iqlim sharoitida kuzgi bug‘doyning xo‘jalik, fiziologik–biokimyoviy ko‘rsatkichlari asosida raqamlashtirilgan ma’lumotlar bazasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Sirdaryo viloyatining tabiiy iqlim sharotida o‘rganilgan bug‘doy navlari va kolleksion namunalarning xo‘jalik, fiziologik va biokimyoviy ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi korrelyatsion bog‘lanishlari aniqlangan;
Sirdaryo viloyati tabiiy iqlim sharoitiga mos kuzgi bug‘doy genotiplarini fiziologik-biokimyoviy ko‘rsatkichlariga ko‘ra tanlashning ilmiy asoslangan raqamlashtirilgan ma’lumotlar bazasi yaratilgan;
PZR (polimeraza zanjir reaksiyasi) hamda gel-elektroforez usuli asosida bug‘doyning fiziologik-biokimyoviy ko‘rsatkichlarini ifodalovchi belgilarini genotiplash;
Tes-IT Barcode studio dasturi asosida tanlab olingan bug‘doy navlarining genetik polimorfizmi asosida raqamlashtirilgan genetik pasportini yaratish tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kuzgi bug‘doyning nav va kolleksion namunalarining xo‘jalik, fiziologik va biokimyoviy ko‘rsatkichlari asosida hamda belgilar kolleksiyasi va raqamli ma’lumotlar bazasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kuzgi yumshoq bug‘doy nav namunalarining shakllantirilgan raqamli ma’lumotlar bazasidagi fiziologik-biokimyoviy, molekulyar genetik ko‘rsatkichlari qayd qilingan 30 ta nav genotiplaridan Qashqadaryo viloyati Janubiy dehqonchilik ilmiy tadqiqot institutida sharoitga mos navlarni tanlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 30 avgustdagi 02/23-04/6118-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahsuldorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha tanlangan navlardan gektariga o‘rtacha 51,4 sentnergacha hosil olish imkonini bergan;
kuzgi yumshoq bug‘doyning tuproq-iqlim sharoitiga mos navlarni yaratish bo‘yicha nav namunalarining shakllantirilgan raqamli ma’lumotlar bazasidagi fiziologik-biokimyoviy, molekulyar genetik ko‘rsatkichlari qayd qilingan 8 ta nav genotiplaridan Jizzax viloyati lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida seleksiya uchun boshlang‘ich material sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining 2022 yil 21 sentyabrdagi 01/03-2515-son ma’lumotnomasi). Natijada, tuproq-iqlim sharoitga mos sermahsul navlarni tanlash va liniyalarini yaratish imkonini bergan;
kuzgi bug‘doyning nav namunalarini xo‘jalik, fiziologik va biokimyoviy ko‘rsatkichlari asosida belgilari hamda ularning yaratilgan raqamli ma’lumotlar bazasi ma’lumotlar bazasidan Sirdayo viloyati tuproq-iqlim sharoitda bug‘doy navlarini tanlash va etishtirish bosqichlarida foydalanilgan (O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining 2022 yil 21 sentyabrdagi 01/03-2515-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, Sirdaryo viloyati sharoitida gektariga o‘rtacha 45-50 sentr bug‘oy doni hosili olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish