Yuldasheva Shoxidaxon Saitovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Stomatologiya amaliyotida qo‘llaniladigan suyuq ekstrakt va spreyni sifatini nazorat kilish va standartlash usullarini ishlab chiqish», 15.00.02 - Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Far84.
Ilmiy rahbar: Yunusxodjaeva Nodira Abdulxamitovna, farmatsevtika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.04/30.12.2019.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: Olimov Nemat Kayumovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Abdulladjanova Nodira Gulomjanovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi «Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi Markazi» davlat muassasasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: achchiq toron, ikki uyli gazanda, tirnoqgul, jag‘-jag‘ o‘simliklari asosida olingan suyuq ekstrakt va spreyni sifatini nazorat qilish va standartlash uchun ilmiy asoslangan zamonaviy tahlil uslublarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor ikki uyli gazanda barglari, tirnoqgul gullari, achchiq toron va jag‘-jag‘ er ustki qismi o‘simliklarining xomashyosidan olingan «Ekstradent» suyuq ekstraktining sifatini nazorat qilish usullari ishlab chiqilgan;
«Ekstradent» suyuq ekstraktining biofaol moddalaridan flavonoidlar, vitamin K1, aminokislotalar, makro- va mikroelementlar, oshlovchi moddalar, karotinoidlar miqdori o‘rganildi xamda tibbiyotga tadbiq etish maqsadida yalig‘lanishga qarshi va gemostatik faolligi aniqlangan;
ilk bor «Neo dental» spreyi tarkibidagi asosiy ta’sir etuvchi moddalarni identifikatsiya qilish uchun sifat va miqdoriy tahlil usullari ishlab chiqilgan;
suyuq ekstrakt va sprey tarkibidagi asosiy ta’sir etuvchi moddalarning miqdorini aniqlashning zamonaviy (flavonoidlar - mass-spektrometriya, karotinoidlar – spektrofotometriya, vitamin K1, oshlovchi moddalar, aminokislotalar – YuSSX) usullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Stomatologiya amaliyotida qo‘llaniladigan suyuq ekstrakt va spreyni sifatini nazorat kilish va standartlash usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Ekstradent» suyuq ekstrakti uchun korxona farmakopeya maqolasi O‘zR SSV «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUKga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan («Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUKning 2023 yil 6 apreldagi №29/01-488-son xati, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Ushbu korxona farmakopeya maqolalarining tasdiqlanishi paradontit kasalligida qo‘llaniladigan dori vositasini ishlab chiqarish imkonini beradi;
«Neo Dental» spreyi uchun Texnik shartlar (Ts 30073448–02:2021) hamda uni ishlab chiqarish bo‘yicha Texnologik yo‘riqnoma (TI 30073448–02:2021) O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan. Natijada, «NEW WORLD MEDICINE» XKda og‘iz bo‘shlig‘idagi yallig‘lanish kasalligini davolash va oldini olish uchun foydalaniladigan biologik faol qo‘shimchani ishlab chiqarish imkonini bergan.