Jumaeva Dilafruz Xamroevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Mehnat bozori ehtiyoji asosida kadrlar tayyorlash tarkibini takomillashtirish», 08.00.10 – Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Iqt1725.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy daraja va unvoni: Xayitov Abdumannon Buxarovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: G.V.Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.I.100.01
Rasmiy opponentlar: Mamadalieva Xafizaxon Xoldarovna, iqtisodiyot fanlari doktori; Axmedova Muxabbat Abdulxashimovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston iqtisodiyotini raqamli transformatsiyalash jarayonida mehnat bozori ehtiyoji asosida kadrlar tayyorlash tarkibini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hududlar mehnat bozori kon’yunkturasida taklifning talabga nisbatan kamayishini bitiruvchilarning kafolatli va barqaror ish bilan ta’minlanganlik ko‘rsatkichlari asosida monitoring qilishga ko‘ra hududlar mehnat bozori ehtiyoji asosida kadrlar tayyorlash tarkibini takomillashtirishning to‘rt bosqichli modeli taklif qilingan;
mehnat bozori samarali rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi ijtimoiy-iqtisodiy omillarning mehnat bozori ehtiyoji asosida kadrlar tayyorlash holatiga ta’sirini baholash yondashuvi mazkur jarayonni “toifalangan hududlar” kesimida amalga oshirishga ko‘ra takomillashtirilgan;
Buxoro viloyati hududlarida aholi bandligi darajasini “hudud-tarmoq-oila” kesmimda munosib yangi ish o‘rinlarini yaratish, ta’lim muassasalari malakali bitiruvchilariga ish beruvchilar tomonidan barqaror ehtiyojni shakllantirishga ko‘ra ustuvorligi negizida oshirish asoslangan;
Buxoro viloyati faol tarkibiy islohotlarni, iqtisodiyotni innovatsion rivojlanishini hisobga olgan holda bitiruvchilar iqtisodiy faolligini istiqbollashtirishning 2023-2025 yillar uchun bo‘sh ish o‘rinlari soni prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mehnat bozori ehtiyoji asosida kadrlar tayyorlash tarkibini takomillashtirish yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
mehnat bozori kon’yukturasida taklifning talabga nisbatan kamayishini bitiruvchilarning kafolatli va barqaror ish bilan ta’minlanganlik ko‘rsatkichlari asosida monitoring qilish imkoniyatini beruvchi kadrlar tayyorlash tarkibini takomillashtirish bo‘yicha takliflar Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 27 apreldagi 215-son “2022-2026 yillarda Buxoro viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiilangan 2-ilovasi “Hududlarda aholi bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida bildirilgan takliflar va aholini uzoq yillardan buyon qiynab kelayotgan mavjud muammolarni tezkor bartaraf etishga qaratilgan amaliy tadbirlarni o‘z ichiga olgan “yo‘l xaritasi”dagi “Makroiqtisodiy o‘sishni ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish, shu orqali kambag‘allik va ishsizlikni qisqarti-rish” 1-bo‘lim 9-bandida ko‘zda tutilgan (Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023 yil 8 maydagi 01/00-00/26-111-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Buxoro viloyatida fuqarolar uchun davlat hisobidan aniq kasb-hunarga o‘qish imkoniyatini yaratish hamda ishsiz fuqaroni kasb-hunarga o‘qitish va bu jarayonda nodavlat ta’lim muassasalari ishtirokini 30%ga etkazish imkoniyati mavjudligi aniqlanib, jami 4700 nafar ishsiz fuqaroni 2022 yildan boshlab kasb-hunarga o‘qitish ishlarini yo‘lga qo‘yish va ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqishga muayyan darajada xizmat
mehnat bozori samarali rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi ijtimoiy-iqtisodiy omillarning mehnat bozori ehtiyoji asosida kadrlar tayyorlash holatiga ta’sirini baholash yondashuvi mazkur jarayonni “toifalangan hududlar” kesimida amalga oshirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 avgustdagi PQ-366-son “Norasmiy bandlik ulushini qisqartirish hamda mehnat resurslari balansini zamonaviy yondashuvlar asosida shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 3-ilovasi bilan tasdiqlangan “2022-2024 yillarda norasmiy bandlik ulushini qisqartirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 2-bo‘lim (“Norasmiy bandlikni qisqartirishni rag‘batlantirish”) 7-bandi “mavsumiy ishlarda band bo‘lgan shaxslar uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish”, 12-bandi “olis hududlardagi mahallalarda kunlik mehnat markazlarini tashkil etish” tadbirlari va ularni amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqishda hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan hududiy bandlik dasturlarini ishlab chiqishda (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023 yil 8 maydagi 01/00-00/26-111-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif natijasida Buxoro viloyati hududlarini 56-70 ball “qoniqarli”, 71- 85 ball “yaxshi”, 86-100 ball “yuqori” bo‘yicha toifalarga ajratgan holda hududlarda mavsumiy ishlarda band bo‘lganlar uchun shart-sharoitlarni yaratish va mahallalarda kunlik mehnat markazlarini tashkil etish bo‘yicha vaqt sarfini 2 (ikki) barobarga qisqartirilishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
Buxoro viloyati hududlarida aholi bandligi darajasini “hudud-tarmoq-oila” kesmimda munosib yangi ish o‘rinlarini yaratish, ta’lim muassasalari malakali bitiruvchilariga ish beruvchilar tomonidan barqaror ehtiyojni shakllantirishga ko‘ra ustuvorligi negizida oshirish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan Buxoro viloyatida bandlik darajasini oshirish bo‘yicha hududiy dasturlarini ishlab chiqshda foydalanilgan (Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023 yil 8 maydagi 01/00-00/26-111-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar viloyat bo‘yicha 2022-2026 yillarda jami 9290 nafar mehnat migrantlarini doimiy ishga joylashtirish va o‘z-o‘zini band qilishda amaliy yordam ko‘rsatish, 700 nafarini tadbirkorlikka jalb qilish va kredit ajratishda ko‘maklashish, 360 nafariga subsidiya ajratish orqali bandligini ta’minlash va 1950 nafarini kasb-hunarga o‘qitish, qayta tayyorlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqishda muayyan darajada uslubiy jihatdan xizmat qilgan;
Buxoro viloyati faol tarkibiy islohotlarni, iqtisodiyotni innovatsion rivojlanishini hisobga olgan holda bitiruvchilar iqtisodiy faolligini istiqbollashtirishning 2023-2025 yillar uchun bo‘sh ish o‘rinlari soni prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 6 iyuldagi PQ-307-son “Norasmiy bandlik ulushini qisqartirish hamda mehnat resurslari balansini zamonaviy yondashuvlar asosida shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “2022–2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini 2022-2023 yillarda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 4-bo‘lim 28-bandi “O‘quvchilar kasb tanlashlari uchun shart-sharoitlar yaratish hamda ularga ko‘maklashish” bo‘yicha chora-tadbirlar va ularni amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqishda keng foydalanilgan (Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023 yil 8 maydagi 01/00-00/26-111-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Buxoro viloyati mehnat bozori ehtiyojlari uchun kelgusida o‘quvchilar kasb tanlashlari uchun shart-sharoitlar yaratish hamda ularga ko‘maklashishda faqatgina tegishli hududiy jihatlarga tayangan prognoz ko‘rsatkichlaridan ham foydalanilishi, amalga oshirilishi rejalangan chora-tadbirlar natijadorligini yanada oshishiga xizmat qilgan.