Ishniyazov Baxrom Normamatovichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ini moliyalashtirishning innovatsion usullarini takomillashtirish”, 08.00.07 - “Moliya, pul muomalasi va kredit” va 08.00.04 – “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Iqt1900.
Ilmiy rahbar: Ergashev Erkin Iroqovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01. Rasmiy opponentlar: Ataniyazov Jasurbek Xamidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Egamberdiev Farmonqul Tursunqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qishloq xo‘jaligi tarmog‘ini moliyalashtirishning innovatsion usullarini takomillashtirish borasida ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish tadqiqotning asosiy maqsadi hisoblanadi.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini tizimli rivojlanishida tarmoq xo‘jaliklari uchun sertifikatlangan ekin urug‘lari va ko‘chatlarini xarid qilishni moliyalashtirishda kafillik amaliyotini joriy etish asoslangan;
aholi tomorqalaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida suv ta’minoti og‘ir xududlardagi aholi tomorqalari va qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan er maydonlarini sug‘orish uchun vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ulashda subsidiyalash amaliyotini joriy etish muhimligi asoslangan;
ESG (ekologik, ijtimoiy, boshqaruv) transformasiyasi sharoitida qishloq xo‘jaligini innovatsion rivojlanishida intensiv bog‘lar tashkil etish loyihalarini kreditlashga asosiy qarz mablag‘lariga nisbatan imtiyozli davr belgilash asosida moliyalashtirish taklif etilgan;
tarmoq xo‘jaliklarini moliyalashtirish va ishlab chiqarilgan innovatsion mahsulotlar hajmining bog‘liqligi asosida qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishning istiqboldagi 2030 yilgacha strategik prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Respublikamiz qishloq xo‘jaligi tarmoqlarining innovatsion moliyalashtirish usullaridan samarali foydalanish asosida, jumladan, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy-amaliy natijalar asosida:
qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini tizimli rivojlanishida tarmoq xo‘jaliklari uchun sertifikatlangan ekin urug‘lari va ko‘chatlarini xarid qilishni moliyalashtirishda kafillik amaliyotini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2021 yilda amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5009-sonli qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining 16 mart 2023 yildagi 01/03-0549-son ma’lumotnomasi va ATB “Agrobank”ning 15 mart 2023 yildagi №20-2-09/283-son ma’lumotnomasi). Unga muvofiq, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga sertifikatlangan qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari va ko‘chatlarini xarid qilish uchun kafillik amaliyotini joriy etish orqali moliyaviy qo‘llab-quvvatlash amalga oshiriladi. Bunda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga sertifikatlangan qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari va ko‘chatlarini xarid qilish uchun kredit summasining 50 foizigacha miqdorida kafillik taqdim etildi;
aholi tomorqalaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida suv ta’minoti og‘ir xududlardagi aholi tomorqalari va qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan er maydonlarini sug‘orish uchun vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ulashda subsidiyalash amaliyotini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 10 iyundagi “Uzumchilik, bog‘dorchilik, issiqxona xo‘jaliklarini yurituvchi va vinochilik mahsulotlarini ishlab chifaruvchi sub’ektlarni davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-327-sonli qarorida o‘z aksini topgan bulib unda uzum (mayiz) quritish va qadoqlash liniyalari hamda vinochilik asbob-uskunalarini xarid qilish xarajatlarining 20 foizi, biroq 300 mln.so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorida subsidiya taqdim etish mexanizmi joriy qilingan (O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining 16 mart 2023 yildagi 01/03-0549-son ma’lumotnomasi va ATB “Agrobank”ning 15 mart 2023 yildagi №20-2-09/283-son ma’lumotnomasi);
ESG (ekologik, ijtimoiy, boshqaruv) transformasiyasi sharoitida qishloq xo‘jaligini innovatsion rivojlanishida intensiv bog‘lar tashkil etish loyihalarini kreditlashga asosiy qarz mablag‘lariga nisbatan imtiyozli davr belgilash asosida moliyalashtirish bo‘yicha berilgan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 dekabrdagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish, sohada qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4549-sonli qarorida o‘z aksini topdi. Unga ko‘ra, intensiv bog‘ va tokzorlar tashkil etish loyihalarini moliyalashtirishda ishtirok etadigan tijorat banklariga ushbu loyihalar uchun kreditlar ajratishda bog‘ va tokzorlar hosilga kirgunga qadar (turiga ko‘ra) asosiy qarz bo‘yicha imtiyozli davr belgilash tartibi joriy etilgan (O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining 16 mart 2023 yildagi 01/03-0549-son ma’lumotnomasi va ATB “Agrobank”ning 15 mart 2023 yildagi №20-2-09/283-son ma’lumotnomasi);
tarmoq xo‘jaliklarini moliyalashtirish va ishlab chiqarilgan innovatsion mahsulotlar hajmini nisbiy bog‘liqligi asosida qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishning istiqboldagi 2030 yilgacha strategik prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilganligi bo‘yicha berilgan taklif (O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining 16 mart 2023 yildagi 01/03-0549-son ma’lumotnomasi va ATB “Agrobank”ning 15 mart 2023 yildagi №20-2-09/283-son ma’lumotnomasid) o‘z aksini topgan holda amaliyotga mamlakatimiz bog‘dorchilik va uzumchilik tarmoqlarini innovatsion agroklaster asosida rivojlantirishda foydalanilgan.