Boltaeva Zinora Mirdjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Korxonalarda neyromarketing vositalaridan foydalanishni takomillashtirish (maishiy texnika mahsulotlari misolida) 08.00.11 - Marketing.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt171.
Ilmiy maslahatchi: Eshov Mansur Pulatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Hoshimov Akrom Abdievich iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Xolmamatov Diyor iqtisodiyot fanlari falsafa doktori, dotsent (PhD)
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.       
 II. Tadqiqotning maqsadi: maishiy texnika mahsulotlari bozorida neyromarketing vositalaridan foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
  maishiy texnika mahsulotlarini sotishda iste’molchilarning xatti-harakatlari (fikrlash, anglash, xotira, emotsional reaksiya)ni hamda vizualizatsiya usullarining samaradorligini psixografik tadqiq etish asosida baholash taklifi asoslangan;
maishiy texnika tovarlari brendi emotsional va ratsional omillarining vazn solishtirma salmoqlari darajasida mijozlarni brenddan qoniqish va ishonchini shakllantirish asosida sodiqlik darajasini oshirish taklifi asoslangan;
maishiy texnika sanoati korxonalarining marketing faoliyatiga sun’iy intellekt elementlarini tatbiq etish asosida brending siyosati samaradorligini oshirish asoslangan;
O‘zbekistonda neyromarketing vositalaridan foydalanish asosida maishiy texnika mahsulotlari ishlab chiqarishning 2027 yilgacha bo‘lgan davrdagi prognoz senariylari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maishiy texnika mahsulotlari bozorida neyromarketing vositalaridan foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
maishiy texnika mahsulotlari bozorida iste’molchilarning hatti-harakatlarini psixografik tadqiq etish usuli asosida o‘rganish bo‘yicha berilgan taklif «O‘zeltexsanoat» uyushmasi tarkibidagi korxonalar faoliyatiga joriy etilgan («O‘zeltexsanoat» uyushmasining 2023 yil 5 apreldagi 75/25-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida «O‘zeltexsanoat» uyushmasi tarkibidagi korxonalarning sotish hajmi 7,2 foizga oshirish imkoni yaratilgan;

maishiy texnika mahsulotlari bozorida maqsadli auditoriyani belgilab olishning VALS usulini psixografik segmentlash, mijozning sayohat xaritasi va mijoz profili kabi mezonlarni keng qo‘llash asosida takomillashtirish bo‘yicha berilgan taklif «O‘zeltexsanoat» uyushmasi tarkibidagi korxonalar faoliyatiga joriy etilgan («O‘zeltexsanoat» uyushmasining 2023 yil 5 apreldagi 75/25-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida maishiy texnika mahsulotlari bozorida maqsadli auditoriyani qamrab olish hajmi 15,7 foizga oshirish imkoni yaratilgan;
       maishiy texnika sanoati korxonalarining marketing faoliyatiga sun’iy intellekt elementlarini tatbiq etish asosida brending siyosati samaradorligini oshirish bo‘yicha berilgan taklif «O‘zeltexsanoat» uyushmasi tarkibidagi korxonalar faoliyatiga joriy etilgan («O‘zeltexsanoat» uyushmasining 2023 yil 5 apreldagi 75/25-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida «O‘zeltexsanoat» uyushmasi tarkibidagi korxonalarda ishlab chiqarilgan tovarlarning brend samaradorligini 9,3 foizga oshirish imkoni yaratilgan;
O‘zbekistonda neyromarketing vositalaridan foydalanish asosida maishiy texnika mahsulotlari ishlab chiqarishning 2027 yilgacha bo‘lgan davrdagi  prognoz senariylari «O‘zeltexsanoat» uyushmasi tarkibidagi korxonalar faoliyatini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan («O‘zeltexsanoat» uyushmasining 2023 yil 5 apreldagi 75/25-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida «O‘zeltexsanoat» uyushmasi tarkibidagi korxonalarning o‘rta muddatli istiqboldagi asosiy faoliyat ko‘rsatkichlarini o‘zaro muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish