Mansurov Maxmudjon Toxirjonovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Piyoz urug‘larini ekishda pushtaga trapesiyasimon shakl beradigan g‘altakmola konstruksiyasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash”, 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/T3502.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Turdaliev Voxidjon Maqsudovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-qurilish instituti, PhD.03/30.12.2019.T.90.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Imomqulov Qutbiddin Boqijonovich, texnika fanlari doktori, professor; Abdulxaev Xurshed G‘afurovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi pushtaga trapesiyasimon shakl beradigan va uning ustki qismiga piyoz urug‘larni qatorlab ekish uchun tor ariqchalar ochadigan g‘altakmola konstruksiyasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
piyoz urug‘larini qatorlab ekish maqsadida pushtaga trapesiyasimon shakl beradigan va uning ustki qismiga urug‘lar uchun agrotexnik talablar asosida ekish chuqurligiga teng tor ariqchalar ochadigan  g‘altakmolaning konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
trapesiyasimon pushtaning ustki qismiga piyoz urug‘larini ekish uchun tor ariqchalar ochadigan g‘altakmola pichoqlarining balandligi va asosining kengligini aniqlash imkonini beradigan analitik bog‘lanishlar piyoz urig‘ining geometrik o‘lchamlari (eni, uzunligi va qalinligi) hamda ekish chuqurligini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan;
 pushtaga trapesiyasimon shakl berish jarayonidagi tuproqning deformatsiyalanishi natijasida g‘altakmolaning vertikal yo‘nalishdagi  tebranishlarini ifoda etuvchi takomillashgan matematik bog‘lanish uning massasi va tuproqning ezilishga qarshlik kuchini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan;
g‘altakmolaga unga quyilgan agrotexnik talablarni sifatli bajarishini ta’minlaydigan tik bosim kuchi uning radius, massasi va mashinaning harakat tezligini inobatga olgan holda nazariy va tajribaviy usullarda aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Piyoz urug‘larini ekishda pushtaga trapesiyasimon shakl beradigan g‘altakmola konstruksiyasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
pushtaga trapesiyasimon shakl beradigan va uning ustki qismiga piyoz urug‘larni qatorlab ekish uchun tor ariqchalar ochadigan g‘altakmola konstruk-siyasining texnik echimiga O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligidan foydali model uchun patent olingan («Seyalkaning  g‘altak-molasi», № FAP 01945. 30.05.2022 y.). Natijada sabzavotchilik seyalkalarida qo‘llanila-digan urug‘larni ekish uchun pushta shakllantiradigan  g‘altakmola konsturksiyasini ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
ishlab chiqilgan g‘altakmolani ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun loyiha-konstruktorlik xujjatlari (dastlabki talablar, texnik topshiriq) «Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi konstruktorlik-texnologik markazi» MChJda loyihalash jarayoniga joriy etilgan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 05-apreldagi 05/05/1456–son ma’lumotnomasi). Natijada asoslangan parametrlarga ega g‘altakmola bilan jixozlangan piyoz ekish mashinasining sanoat nusxasini ishlab chiqarish imkoniyati yaratilgan;
ishlab chiqilgan g‘altakmola bilan jixozlangan piyoz ekish mashinasi Namangan viloyati Pop va Chust tumanlaridagi fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 05-apreldagi 05/05/1456–son ma’lumotnomasi). Natijada mehnat sarfi 1,8 marta va yonilg‘i sarfi 1,4 martaga kam bo‘lgan piyoz ekish mashinasini ishlab chiqarish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish