Axmedjanov Sardorbek Anvarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xalqaro valyuta bozoridagi almashuv kursi dinamikasining milliy iqtisodiyotga ta’siri”, 08.00.07– Moliya, pul muomalasi va kredit, 08.00.01– Iqtisodiyot nazariyasi (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3294
Ilmiy rahbar: Gafurov Ubaydullo Vaxabovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01
Rasmiy opponentlar: Tursunov Bobir Ortiqmirzaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Artikov Nodirjon Yakubdjanovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: xalqaro valyuta bozoridagi almashuv kursi dinamikasini iqtisodiyotga ta’sirining nazariy asoslari va amaliy jihatlarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimlar va davlat kafilligidagi investisiya shartnomalari doirasida jalb etiladigan chet el investisiyalari ishtirokida amalga oshiriladigan loyihalar asosida O‘zbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlarining chet el valyutalariga va shartli birliklarga bog‘lanish taklifi ishlab chiqilgan;
mamlakat byudjeti moliyaviy oqimlarning dastlabki tuzilmasini belgilovchi mexanizm sifatida pul massasini shakllantirishdagi ichki talabni hisobga olish sharti ilmiy asoslangan;
tijorat banklari bozor va likvidlilik tavakkalchiligini baholash va nazorat qilishda ochiq valyuta pozisiyasidagi xorijiy valyutalar kurslarining o‘zgarishi hamda bir valyutadagi likvidlilikni boshqa valyutaga qayta taqsimlash imkoniyatining sezilarli darajada pasayishi ta’sirini aniqlash taklifi asoslangan;
O‘zbekistonda milliy valyuta so‘mning AQSh dollariga almashinuv kursi dinamikasining mamlakat iqtisodiyotiga ta’sirining 2027-yilga qadar prognozi taklif qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xalqaro valyuta bozoridagi almashuv kursi dinamikasini iqtisodiyotga ta’siri bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va tavsiyalar asosida:
davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimlar va davlat kafilligidagi investisiya shartnomalari doirasida jalb etiladigan chet el investisiyalari ishtirokida amalga oshiriladigan loyihalar asosida O‘zbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlarining chet el valyutalariga va shartli birliklarga bog‘lanish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 22-yanvardagi O‘RQ-669-son “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida” Qonunida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2023- yil 24-oktyabrdagi 30-09/1039-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida 2022-yilda davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimlar va davlat kafilligidagi investisiya shartnomalari doirasida jalb etiladigan chet el investisiyalari hajmini oshirish imkoni yaratilgan;
mamlakat byudjeti moliyaviy oqimlarning dastlabki tuzilmasini belgilovchi mexanizm sifatida pul massasini shakllantirishdagi ichki talabni hisobga olish shartidan foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2023-yil 24-oktyabrdagi 30-09/1039-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida bank tomonidan almashuv kursining iqtisodiy o‘sishga ta’sirini modelli tahlili orqali almashuv kursi dinamikasining milliy iqtisodiyotga ta’sirini aniqlash imkoni yaratilgan;
tijorat banklari bozor va likvidlilik tavakkalchiligini baholash va nazorat qilishda ochiq valyuta pozisiyasidagi xorijiy valyutalar kurslarining o‘zgarishi hamda bir valyutadagi likvidlilikni boshqa valyutaga qayta taqsimlash imkoniyatining sezilarli darajada pasayishi ta’sirini aniqlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/11-son “Banklar va banklar guruhlarining tavakkalchiliklarni boshqarish tizimiga doir talablar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida Qarori”da inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2023-yil 24-oktyabrdagi 30-09/1039-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida tijorat banki tomonidan milliy valyuta kursining o‘zgarishi pul massasi, savdo balansi hamda to‘lov balansi ko‘rsatkichlariga ahamiyatli ta’sirini ta’minlash orqali almashinuv kursining iste’mol narxlari indeksiga ta’sirini pasaytirish imkoni yaratilgan;
O‘zbekistonda milliy valyuta so‘mning AQSh dollariga almashinuv kursi dinamikasining mamlakat iqtisodiyotiga ta’sirining 2027-yilga qadar prognozidan foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2023-yil 24-oktyabrdagi 30-09/1039-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida bank tomonidan nominal ayirboshlash kursining o‘zgarish sur’ati bilan yalpi ichki mahsulot, sanoat ishlab chiqarishi, mehnat unumdorligi, asosiy fondlarga investisiyalar hajmining o‘zgarish sur’atlari o‘rtasida ijobiy bog‘liqlik mavjudligini ta’minlash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish