Muxamedova Malika Murtazoevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gemodinamicheskie i immunologicheskie prediktori isxoda  ostrogo koronarnogo sindroma posle COVID-19», 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya; 14.00.06 – Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2581.
Ilmiy rahbar: Ganieva Shaxzoda Shavkat qizi, tibbiyot fanlari doktori (DSc), Kenjaev Majid Latipovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmanov Mamur Mustafoevich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Djabbarov Ozimbay Otaxanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Rossiya Fanlar Akademiyasi Ural bo‘limi Immunologiya va fiziologiya instituti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: koronavirus infeksiyasidan keyin miokard shikastlanishining immunologik va kardiospesifik markerlarini o‘rganish va o‘tkir koronar sindromning prediktorlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
koronavirus infeksiyasining yurak-qon tomir asoratlari va postkovid sindromi bo‘lgan bemorlarda o‘tkir koronar sindrom rivojlanishining xavf omillari aniqlangan;
postkovid sindromi bilan kechadigan o‘tkir koronar sindromda IL-6, VEGF-A ning 2 marotaba yuqori konsentratsiyada aniqlanishi ishemik neoangiogenez va koronar tomirlar endoteliyining yallig‘lanish infil`tratsiyasini aks ettiruvchi prediktorlar sifatida, IL-1 va TNFα ning oshishi O‘KSda miokardning ishemik shikastlanish prediktorlari aniqlangan;
postkovid sindromi bo‘lgan bemorlarda koronar tromboz va endotelial disfunksiya prediktorlari sifatida CD40L, VEGF-A va IL-6 aniqlangan. Neoangiogenez jarayonlarini aks ettiruvchi sitokin VEGF-A bemorlarning yoshi va koronavirus infeksiyasining og‘irlik darajasini aks ettirishi aniqlangan;
o‘tkir koronar sindrom bilan og‘rigan barcha bemorlarda D-dimer, fibrinogen va CD40L ning trombotik asoratlar rivojdanishida prognostik qiymati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 16 oktyabr` №23-Z/065 son xulosasiga ko‘ra:
Ilmiy yangilikning ahamiyati: Koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarda postkovid sindromini tashxislash uchun COVID-19 IgG antitelolarini o‘rganish bilan sitokin holatini kuzatib borish, O‘KSning oldini olish va yurak-qon tomir kasalliklarini davolash rejasini tuzish tavsiya etilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi (11.05.2022 y.; №28), hamda Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi (6.05.2022 y.: №18) buyruq bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Postkovid sindromni va immun yallig‘lanish markyorlarini inobatga olgan holda yurak qon-tomir kasalliklari uchun xavf omillarini baholash dasturi taklif etilgan. Bu umumiy amaliyot shifokorlari, kardiologlar va terapevtlarga olib borish taktikasini tanlash, davolashning maqbul usulini tanlashga imkon beradi, profilaktika choralari sifatini oshirishga, shuningdek, yurak ishemik kasalligi bilan kasallangan bemorlarni boshqarishning uzluksizligi tamoyilini saqlashga ko‘maklashadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkir koronar sindrom rivojlanishida xavf omillarning o‘zaro bog‘liqligini aniqlash orqali faqatgina shunga mos tekshiruv usullarini amalga oshirish natijasida 1 nafar bemor uchun sarflanadigan xarajatlardan 1 400 000 so‘mga iqtisodiy samaradorlikka erishildi. Xulosa: Postkovid sindrom fonida kechadigan o‘tkir koronar sindrom bilan og‘rigan bemorlarda xavf omillarining ahamiyatini o‘rganish natijasida har 1 nafar bemor uchun byudjet mablag‘larini 1 400 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “COVID-19 dan keyingi o‘tkir koronar sindrom yakuni istiqbolining gemodinamik va immunologik prediktorlari” mavzusidagi dissertatsiya ishi natijalari asosida tayyorlangan “Sitokinovaya diagnostika ostrogo koronarnogo sindroma u bol`nix, perenesshix koronavirusnuyu infeksiyu” uslubiy tavsiyanomasi va ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori tomonidan 2022 yil 10 noyabrdagi 1822-son xat yuborilgan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: Birlamchi sog‘liqni saqlash tizimida yurak ishemik kasalligi bo‘lgan bemorlarda exokardiografiya va dupleks angioskanerlash yordamida yurak va qon tomirlarini restrukturizatsiyasini aniqlash va O‘KSda bemorlarni kasalxonaga yotqizishning birinchi kunida endotelial shikastlanish prediktorlari VEGF-A, IL -1 va IL -6 ni aniqlash tavsiya etilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi (11.05.2022 y.; №28), hamda Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi (6.05.2022 y.: №18) buyruq bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Tadqiqot asosida postkovid holatdagi bemorlarda o‘tkir koronar sindromning klinik xususiyatlari va sitokin statusi o‘rganilgan, postkovid sindromining mavjudligiga ko‘ra qonning funksional va biokimyoviy ko‘rsatkichlari baholangan, immunologik ko‘rsatkichlarning O‘KS ning rivojlanish xavfi bilan bog‘liqligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: qonda koronar qon tomirlar okklyuziyasi prediktorlarini aniqlash natijasida invaziv muolajalar sonini kamaytirish va kasallikning miokard infarktiga transformatsiyasini bashoratlash imkonini berdi va har 1 nafar bemor uchun 1 370 000 so‘m iqtisod qilindi. Xulosa: O‘tkir koronar sindrom bo‘lgan bemorlarda koronar trombozning immunologik prediktorlarni aniqlash hisobidan har 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1 370 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “COVID-19 dan keyingi o‘tkir koronar sindrom yakuni istiqbolining gemodinamik va immunologik prediktorlari” mavzusidagi dissertatsiya ishi natijalari asosida tayyorlangan “Sitokinovaya diagnostika ostrogo koronarnogo sindroma u bol`nix, perenesshix koronavirusnuyu infeksiyu” uslubiy tavsiyanomasi va ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori tomonidan 2022 yil 10 noyabrdagi 1822-son xat yuborilgan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: Yurak ishemik kasalligi bo‘lgan bemorlarda O‘KS rivojlanishining erta oldini olish va postkovid sindromi bilan O‘KSning differensial diagnostikasi uchun zardobdagi aterotromboz omillari D-dimer va fibrinogenni, lipid spektri, IL-6, CD40L va VEGF-A sitokinlarini tahlil qilish tadbiq etilgan. O‘KS rivojlanishini erta bashorat qilish uchun qonda fibrinogen, IL-6 va CD40L ni birinchi yilda har chorakda dinamikada, keyingi 2 yil ichida esa har oyda aniqlash tavsiya etilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi (11.05.2022 y.; №28), hamda Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi (6.05.2022 y.: №18) buyruq bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kasallikning miokard infarktiga o‘tishini oldini olish choralarini belgilaydi, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarni bartaraf etish usullarini optimallashtiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemor uchun miokard infarktini oldini olish natijasida shoshilinch kardiologiya va reanimatsiya bo‘limlarida statsionar davolash xarajatlarini qisqartirish orqali 950 000 so‘m tejaldi. Xulosa: O‘tkir koronar sindrom prognostik mezonlarni baholash orqali miokard infarktini oldini olish 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 950 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “COVID-19 dan keyingi o‘tkir koronar sindrom yakuni istiqbolining gemodinamik va immunologik prediktorlari” mavzusidagi dissertatsiya ishi natijalari asosida tayyorlangan “Sitokinovaya diagnostika ostrogo koronarnogo sindroma u bol`nix, perenesshix koronavirusnuyu infeksiyu” uslubiy tavsiyanomasi va ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori tomonidan 2022 yil 10 noyabrdagi 1822-son xat yuborilgan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: Oilaviy poliklinikalar, ko‘p tarmoqli va ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari kardiologlarining amaliy faoliyatiga O‘KS xavf omillari va prognostik mezonlarini kiritish tavsiya etildi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi (11.05.2022 y.; №28), hamda Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi (6.05.2022 y.: №18) buyruq bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarda postkovid sindromini tashxislash uchun COVID-19 IgG antitelolarini o‘rganish bilan sitokin holatini kuzatib borish, O‘KSning oldini olish va yurak-qon tomir kasalliklarini davolash rejasini tuzish tavsiya etilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarda postkovid sindrom kardiovaskulyar asoratlarini oldini olish natijasida har 1 nafar bemor uchun 760 000 so‘mga iqtisodiy samaradorlikka erishildi. Xulosa: Postkovid sindrom oqibatida kechadigan o‘tkir koronar sindromning immunologik va gemodinamik prediktorlarini amaliyotga joriy qilinishi 1 nafar bemor uchun byudjet mablag‘larini 2 600 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 1 880 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “COVID-19 dan keyingi o‘tkir koronar sindrom yakuni istiqbolining gemodinamik va immunologik prediktorlari” mavzusidagi dissertatsiya ishi natijalari asosida tayyorlangan “Sitokinovaya diagnostika ostrogo koronarnogo sindroma u bol`nix, perenesshix koronavirusnuyu infeksiyu” uslubiy tavsiyanomasi va ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori tomonidan 2022 yil 10 noyabrdagi 1822-son xat yuborilgan. Malika Murtazoevna Muxamedovaning «Gemodinamicheskie i immunologicheskie prediktori isxoda  ostrogo koronarnogo sindroma posle COVID-19» mavzusida dissertatsion tadqiqotda olingan yuqoridagi 4 ta ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot institutuning 2022 yil 10 noyabrdagi 1822-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqadim etilgan. Ilmiy yangiliklarning amaliyotga joriy qilinishi natijasida 126 nafar bemor hisobiga davlat byudjetidan 327 mln. 600 ming so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan 110 mln. 880 ming so‘m iqtisod qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish