Toshkentboeva Feruza Ibragimovnaning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kuzgi bug‘doyning hosildorligi, don va urug‘lik sifatlariga o‘simliklarni ildizidan tashqari oziqlantirishning ta’siri”, 06.01.08 – O‘simlikshunoslik, 06.01.05-Seleksiya va urug‘chilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Qx1215
Ilmiy rahbar: Xalilov Nasriddin, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/04.03.2022. Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Namazov Shodmon Ergashovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Xudaykulov Jonibek Bazarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Samarqand viloyatining sug‘oriladigan tuproqlari sharoitida ma’danli o‘g‘itlarga qo‘shimcha ravishda ildizidan tashqari karbamid va mikroo‘g‘itlar bilan oziqlantirishning kuzgi yumshoq bug‘doy navlarining o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligi, don va urug‘lik sifatlariga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Samarqand viloyatining sug‘oriladigan tuproqlari sharoitida kuzgi bug‘doyning Jasmina, Farboma va Yaksart navlarini ildizidan tashqari qo‘shimcha ravishda karbamid va mikroo‘g‘itlar suspenziyasi bilan oziqlantirish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
kuzgi bug‘doy navlarining urug‘lik sifatlariga o‘simliklarni ildizidan tashqari karbamid va mikroo‘g‘itlar suspenziyasi bilan qo‘shimcha oziqlantirishning ta’siri aniqlangan;
kuzgi bug‘doyning yangi navlari uchun yuqori va sifatli don hosili olishni ta’minlovchi o‘simliklarni ildizidan tashqari qo‘shimcha oziqlantirish uchun karbamidning 15 kg eritmasi optimal me’yor ekanligi ilmiy asoslangan;
o‘simliklarni ildizidan tashqari karbamid suspenziyasi bilan oziqlantirish kuzgi bug‘doyni gektaridan navlar bo‘yicha 66,1-78,1 s. yoki nazorat variantiga nisbatan 2,1-4,7 s. qo‘shimcha hosil olish mumkinligi isbotlangan;
navlarning biologik xususiyatlari asosida kuzgi bug‘doydan qo‘shimcha 5,9-7,3 s/ga hosil olish va yuqori sifatli don hosilini ta’minlovchi ildizidan tashqari karbamid hamda SEAWEED Ca+Mg mikroo‘g‘iti bilan qo‘shimcha oziqlantirishning samaradorligi ilmiy asoslangan;
o‘suv davri davomida ildizidan tashqari qo‘shimcha ravishda karbamid va mikroo‘g‘itlar suspenziyasi bilan oziqlantirish kuzgi bug‘doy navlari elita urug‘lari sifatlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi natijasida I-reproduksiya dalalaridan gektaridan qo‘shimcha 3,7 s.gacha yuqori hosil olish mumkinligi isbotlangan;
karbamid va mikroo‘g‘itlar aralashmasi bilan ildizidan tashqari qo‘shimcha oziqlantirish hisobiga yuqori hosildorlik, don sifati, konditsion urug‘lar chiqimi va urug‘lik sifatlarini oshirish orqali elita maydonlari va I-reproduksiyada 162,2-170,9 % rentabellik darajasini ta’minlovchi iqtisodiy samaradorlikka erishish mumkinligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Samarqand viloyatining sug‘oriladigan tuproqlari sharoitida ma’danli o‘g‘itlarga qo‘shimcha ravishda ildizidan tashqari karbamid va mikroo‘g‘itlar bilan oziqlantirishning kuzgi yumshoq bug‘doy navlari o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligi, don va urug‘lik sifatlariga ta’sirini aniqlash borasida olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida;
kuzgi bug‘doy navlari etishtiruvchi fermer xo‘jaliklari uchun “Kuzgi bug‘doyni ildizidan tashqari oziqlantirish bo‘yicha tavsiyalar” nomli tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi № 05/21-05/3507-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu tavsiyanoma bugungi kunda Samarqand viloyatining boshoqli don ekinlarini etishtirishga ixtisoslashgan klasterlar va fermer xo‘jaliklari uchun qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
kuzgi bug‘doy navlarining biologik xususiyatlariga bog‘liq ravishda ma’danli o‘g‘itlarga qo‘shimcha ravishda ildizidan tashqari karbamid va mikroo‘g‘itlar bilan oziqlantirish texnologiyasi Samarqand viloyatining Toyloq, Pastdarg‘om, Payariq, Oqdaryo va Jomboy tumanlaridagi bug‘doy etishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida jami 257 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi № 05/21-05/3507-son ma’lumotnomasi).  Natijada, kuzgi bug‘doyning Jasmina, Farboma va Yaksart navlaridan gektariga o‘rtacha 68,2-72,1 sentner don hosili olinib, yuqori rentabellik darajasiga erishilgan.
Samarqand viloyati sug‘oriladigan tuproqlari sharoitida kuzgi yumshoq bug‘doyning Farboma, Jasmina va Yaksart navlarining biologik xususiyatlaridan kelib chiqib, umumqabul qilingan o‘g‘it me’yorlariga ildizidan tashqari o‘simliklarning boshoqlash fazasining boshlanishida gektariga 15 kg karbamid va 300 ml SEAWEED Ca+Mg mikroo‘g‘iti bilan qo‘shimcha oziqlantirish texnologiyasi 257 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil  17-iyuldagi № 05/21-05/3507-son ma’lumotnomasi). Natijada, navlar bo‘yicha qo‘shimcha 4,2-7 s hosil olishni ta’minlab yuqori rentabellik darajasiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish