Xalikulov Dilmuxammad Xolmo‘min o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sug‘oriladigan maydonlar uchun qattiq bug‘doyning don sifati yuqori bo‘lgan yangi navlarini yaratish”, 06.01.05 – Seleksiya va urug‘chilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Qx841.
Ilmiy rahbar: Siddiqov Risqul Ergashboevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSs.05/04.03.2022.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Namazov Shodmon Ergashovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Juraev Diyor Turdiqulovich, Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sug‘oriladigan maydonlarda ekish uchun qattiq bug‘doyning issiqlikka, zang kasalliklariga chidamli, hosildorligi va don sifat ko‘rsatkichlari yuqori  bo‘lgan boshlang‘ich manba va yangi navlarini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ICARDA xalqaro tashkilotidan keltirilgan 42-43 IDON ko‘chatzorlari qattiq bug‘doy nav va namunalarining qimmatli-xo‘jalik belgilari  sug‘oriladigan maydonlar sharoitida aniqlangan;
duragay avlodlarda o‘simlik bo‘yi, bosh boshoq uzunligi, boshoqchalar soni va don soni kabi qimmatli xo‘jalik belgilarning irsiylanish darajasi tahlil qilingan hamda yuqori ko‘rsatkichlarga ega tizmalar ajratib olingan;
nav namuna va tizmalarning mahsuldorlik belgilari baholangan hamda hosildor boshlang‘ich manbalar tanlab olingan;  
qattiq bug‘doyning oqsil koagulyasiyasi, morfologik belgilari bo‘yicha issiqlikka va dala sharoitida sariq, qo‘ng‘ir zang kasalliklariga chidamligini o‘rganish natijasida tashqi muhitning noqulay omillariga moslashgan tizmalari borligi aniqlangan;
nav va tizmalarining don sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash orqali don sifati yuqori bo‘lgan yangi seleksion manbalar yaratilgan;
jahon kolleksiyasi namunalari orasidan ajratib olingan Haurani*2/T.boeoticum500652/3/Adnan2/4/Adnan2 namunasidan yakka tanlash usulida don sifati yuqori bo‘lgan qattiq bug‘doyning yangi Melyanopus-29 navi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sug‘oriladigan maydonlarda ekish uchun qattiq bug‘doyning don sifati yuqori bo‘lgan navlarini yaratish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
kuzgi qattiq bug‘doyning don sifati yuqori bo‘lgan issiqlikka va kasalliklarga chidamli “Melyanopus-29” navi yaratilgan (Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazining 2023 yil 26 apreldagi T-6/02-09-239–son ma’lumotnomasi) hamda Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutining markaziy tajriba xo‘jaligi maydonida 7,0 gektarga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 5 oktabrdagi №07/23-04/7163-son ma’lumotnomasi). Natijada, qattiq bug‘doyning “Makuz-3” naviga nisbatan gektaridan 7,2 sentnergacha yuqori sifatli urug‘lik tayyorlash imkonini bergan;  
kuzgi qattiq bug‘doyning “Melyanopus-29” navi Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida 3,0 gektar, Paxtakor tumanida 5,5 gektar, Qashqadaryo viloyati Koson tumanida 4,0 gektar, Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida 5,0 gektar maydonlarda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 5 oktabrdagi №07/23-04/7163-son ma’lumotnomasi). Natijada, kuzgi qattiq bug‘doyning “Melyanopus-29” navidan 52,0-52,5 s/ga don hosili olinib, andoza “Makuz-3” va “Nasaf” navlariga nisbatan 5,6-8,1 s/ga yuqori bo‘lgan, rentabillik darajasi 26,8 foizni tashkil qilgan.
qattiq bug‘doyning “Melyanopus-29” navi O‘simliklar genetik rusurslari ilmiy-tadqiqot instituti kolleksiya genofondiga topshirilgan (O‘simliklar genetik rusurslari ilmiy-tadqiqot institutining 2023 yil 5 dekabrdagi № 06/01-04/97-son ma’lumotnomasi). Natijada bug‘doyning kolleksiya genofondi mahalliy tuproq-iqlim sharoitlariga mos, don sifati yuqori bo‘lgan qattiq bug‘doyning yangi navi bilan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish