Usmanov Valiaxmat Fayzillaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Temirbeton konstruksiyalari egiladigan sterjenli elementlarining mustahkamligi, yoriqbardoshligi va deformatsiyalanishi”
05.09.01-“Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/T647
Ilmiy maslahatchi: texnika fanlari doktori, professor Akramov Husnitdin Axrorovich
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti.
Toshkent arxitektura-qurilish instituti. DSc.26/30.12.2019.T.11.01.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Asqarov Baxtiyor, texnika fanlari doktori, professor Zulpuev Abdivap Momunovich, RTFA akademigi, texnika fanlari doktori, professor Xotamov Asadulla Toshtemirovich.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-qurilish instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yig‘ma temirbeton konstruksiyalarni mustahkamlik, yoriqbardoshlik va deformatsiyalanish bo‘yicha hisoblash uslublarini materiallarning noelastik deformatsiyalanishini hisobga olib takomillashtirish hamda yig‘ma-yaxlit konstruksiyalarni esa loyihalash bo‘yicha yangi me’yoriy hujjat uchun tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tashqi yuklar ta’siridan betonning siqilish holatidagi noelastik deformatsiyalanishini ifodalash uchun oldin keltirilgan diagrammalardan farqli, taklif etilgan uch chiziqli «b-b» diagramma ishlab chiqilgan;
beton holati uchun taklif etilgan uch chiziqli «b-b» va armatura holati uchun esa «s-s» diagrammalari hamda normal kesimlar farazidan foydalanib nochiziqli deformatsiyalanish modeli bo‘yicha temirbeton konstruksiyalari egiladigan sterjenli elementlarini mustahkamlik bo‘yicha hisoblashning, amaldagi me’yoriy uslubdan farqli, uslub ishlab chiqilgan;
egiladigan elementlar mustahkamligini qiya kesim bo‘yicha hisoblashda qiya yoriq yuqorisidagi siqilgan zona betoni qabul qiladigan kesuvchi kuch Qb ni aniqlash uchun, amaldagi me’yoriy hujjatda keltirilgan empirik formuladan farqli, eksperiment natijalar bilan mos tushgan, uslub ishlab chiqilgan;
yoriqlar orasidagi joylarda eksperimental tadqiqotlar asosida o‘rnatilgan armaturaning betonga bog‘lanish qonuni va bu qonun asosida yoriqlar ochilish kengligini hisoblash bo‘yicha ishlab chiqilgan va joriy me’yordagi empirik usuldan tubdan farq qiluvchi uslub ishlab chiqilgan;
- beton holati uchun ishlab chiqilgan uch chiziqli «b-b» va armatura holati uchun esa «s-s» diagrammalari hamda normal kesimlar farazidan foydalanib nochiziqli deformatsiyalanish modeli bo‘yicha yig‘ma-yaxlit temirbeton konstruksiyalari egiladigan sterjenli elementlarining ikki bosqichli ishlashini e’tiborga olgan holda mustahkamlik, yoriqbardoshlik (yoriqlarning ochilish kengligini) va deformatsiyasini hisoblash bo‘yicha uslub ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Temirbeton konstruksiyalari egiladigan sterjenli elementlarining mustahkamligini, yoriqbardoshligini va deformatsiyani nochiziqli deformatsiyalanish modeli bo‘yicha ishlab chiqilgan uslub quyidagi loyihalarda joriy qilingan:
“Me’morqurilishloyiha” MChJ tomonidan Samarqand shahrida barpo etiladigan 7 qavatli temirbeton sinchli turar-joy binosini loyihalashda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 08-06/6164- son 26 iyun 2023 yildagi ma’lumotnomasi). Natijada, sinch yuqori nuqtasining gorizontal ko‘chishi an’anaviy hisobga nisbatan 2,56 martagacha, rigellarda yoriqlarning ochilish kengligi 1,67 martagacha, rigellarning salqiligi esa 1,91 martagacha kamayishiga erishilgan.
“Samarqand qishloq qurilish loyihalash instituti” MChJ tomonidan Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahridagi yaxlit temirbeton texnologiyasi bo‘yicha barpo etiladigan 5 qavatli sinchli binosini loyihalashda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 08-06/6164- son 26 iyun 2023 yildagi ma’lumotnomasi). Natijada, binoda sinch yuqori nuqtasining gorizontal ko‘chishi, chiziqli hisobga nisbatan, 1,6 marta, rigellarda yoriqlarning ochilish kengligi, 1,2 marta, rigellarning salqiligi esa, 1,3 martagacha kamayishiga erishilgan.