Akbarov Farrux Saydalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gastroezofageal reflyuks kasalligida kompleks davolashni takomillashtirish», 14.00.27 – «Xirurgiya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: A2023.2.PhD/Tib3624.
Ilmiy rahbar: Nishanov Murodjon Foziljonovich, t.f.d dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.95.01.
Rasmiy opponentlar: Djumaniyazov Djavoxir Azatbaevich, tibbiyot fanlari doktori; Yakubov Farxod Radjabovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qizilo‘ngachning turli qismlariga teriaro lazer ta’siri uslubini takomillashtirish orqali reflyuks-ezofagitni davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
SIXAT-1 apparati platformasini egiluvchan sferik shaklgacha tekislanish imkoniyati lazer nurlanshini fokusirovkasini 7-8 sm chuqurlikka oshishini ta’minlashi va qizilo‘ngachning turli qismlariga teri orqali ta’siri uchun sharoit yaratishi isbotlangan;
tabiiy biologik to‘qimalarga o‘xshash spektral va boshqa optik xususiyatlarga ega bo‘lgan, fotobiologiya sohasidagi turli tadqiqotlarda ishlatish imkonini beruvchi infraqizil lazer nurlanishi uchun sinov-fantomi ishlab chiqilgan;
qizilo‘ngachning bo‘yin, ko‘krak va qorin sohalarini lazer nurlantirishni o‘tkazish va aniq belgilangan chuqurlikda maksimal ta’sir qilish kuchiga erishish orqali belgilangan masofada nurlanishning fokusini ta’minlovchi ezofagitlarni oldini olish va davolash usuli takomillashtirilgan;
gastroezofageal reflyuks kasalligida mahalliy yallig‘lanish jarayonini kamaytirish, reparativ samaradorlik va mikrotsirkulyasiyani kuchaytirishdan iborat bo‘lgan, qizilo‘ngachning turli qismlariga infraqizil lazer ta’sirining patogenetik jihatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Andijon davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 12 dekabrdagi 06/34-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Andijon davlat tibbiyot institutining 2023 yil 20 oktyabrdagi 06/3285-son xati yuborilgan):
SIXAT-1 apparati platformasini egiluvchan sferik shaklgacha tekislanish imkoniyati lazer nurlanshini fokusirovkasini 7-8 sm chuqurlikka oshishini ta’minlashi va qizilo‘ngachning turli qismlariga teri orqali ta’siri uchun sharoit yaratishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Gastroezofageal reflyuks kasalligini kompleks davolash usulini Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Farg‘ona filiali bo‘yicha buyruq (05.10.2023 y.; №138) va Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Namangan filiali bo‘yicha buyruq (04.10.2023 y.; №220/1) bilan klinik bo‘limlar amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi ezofagitlarni davolashni taklif etilgan usuli qizilo‘ngach spazmini to‘xtatish, shilliq qavatdagi yallig‘lanish jarayonlarini kamaytirish va mikrotsirkulyasiyaning mahalliy yaxshilanishi hisobiga regeneratsiyani tezlashtirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kompleks davolashni amaliyotga joriy qilinishi hisobiga 1 nafar bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 21,0±7,2 kundan 14,3±4,2 kungacha qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 1 mln. 650 ming so‘mga kamaytirgan; shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan. Xulosa: kompleks davolash usuli yotoq-o‘rin aylanmasining hisobiga harajat kamayishidan bir nafar bemordan 1 mln. 650 ming so‘mni, tadbiq ko‘lami uchun o‘rtacha (92 bemor) 151 mln. 800 ming so‘mni iqtisod qilish imkonini beradi.
tabiiy biologik to‘qimalarga o‘xshash spektral va boshqa optik xususiyatlarga ega bo‘lgan, fotobiologiya sohasidagi turli tadqiqotlarda ishlatish imkonini beruvchi infraqizil lazer nurlanishi uchun sinov-fantomi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Gastroezofageal reflyuks kasalligini kompleks davolash usulini Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Farg‘ona filiali bo‘yicha buyruq (05.10.2023 y.; №138) va Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Namangan filiali bo‘yicha buyruq (04.10.2023 y.; №220/1) bilan klinik bo‘limlar amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, CIHAT-1 apparati 70 mm gacha chuqurlikda samarali terapevtik ta’sir uchun etarli energiya konsentratsiyasini yaratishga imkon beradi va chuqurlikda joylashgan organlar va to‘qimalarga ta’sir qilish uchun tavsiya etilishi mumkin. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: gastroezofageal reflyuks kasalligini kompleks davolash usulini usulning samaradorligini asoslashga va davolashga sarflangan harajatlarning pasayishi hisobiga 1 nafar bemor uchun (preyskurant bo‘yicha 1 kunlik yotoq o‘rin 100 ming so‘m) 1 mln. 400 ming so‘m pul tejalishiga imkon bergan. Xulosa: ishlab chiqilgan usul samaradorligini asoslashda sarflangan materiallar va dori vositalarini qisqartirish hisobiga bir nafar bemor uchun 1 oyda 6 mln. 200 ming so‘mni, tadbiq ko‘lami uchun o‘rtacha (92 bemor) 150 mln. 300 ming so‘mni iqtisod qilish imkonini beradi.
qizilo‘ngachning bo‘yin, ko‘krak va qorin sohalarini lazer nurlantirishni o‘tkazish va aniq belgilangan chuqurlikda maksimal ta’sir qilish kuchiga erishish orqali belgilangan masofada nurlanishning fokusirovkasini ta’minlovchi ezofagitlarni oldini olish va davolash usuli takomillashtirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Gastroezofageal reflyuks kasalligini kompleks davolash usulini Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Farg‘ona filiali bo‘yicha buyruq (05.10.2023 y.; №138) va Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Namangan filiali bo‘yicha buyruq (04.10.2023 y.; №220/1) bilan klinik bo‘limlar amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi taklif etilgan gastroezofageal reflyuks kasalligini kompleks konservativ davolash ezofagit belgilarining regressiya vaqtini tezlashtirishi, davolash davri va qoniqarsiz natijalar chastotasini, shuningdek kasallikning erta davrda qaytalanish xavfini qisqarishini ta’minlashga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi asosiy terapiya kursini o‘tkazish muddatini kamaytirib, reabilitatsion davolanishga o‘tishini 1 nafar bemor uchun 4,2±1,3 xaftadan 3,4±0,5 haftagacha qisqartirgan shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 20,8 kundan 10,4 kungacha qisqartirishi xisobiga, dori-darmon kam talab etilgan. Xulosa: takomillashtirilgan davolash usuli yotoq-o‘rin aylanmasining oshishi hisobiga harajat kamayishidan 1 mln. 650 ming so‘mni, tadbiq ko‘lami uchun o‘rtacha (92 bemor) 151 mln. 800 ming so‘mni iqtisod qilish imkonini beradi.
gastroezofageal reflyuks kasalligida mahalliy yallig‘lanish jarayonini kamaytirish, reparativ samaradorlik va mikrotsirkulyasiyani kuchaytirishdan iborat bo‘lgan, qizilo‘ngachning turli qismlariga infraqizil lazer ta’sirining patogenetik jihatlari ochib berilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Gastroezofageal reflyuks kasalligini kompleks davolash usulini Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Farg‘ona filiali bo‘yicha buyruq (05.10.2023 y.; №138) va Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Namangan filiali bo‘yicha buyruq (04.10.2023 y.; №220/1) bilan klinik bo‘limlar amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi SIXAT-1 qurilmasi yordamida yarimo‘tkazgichli impulsli lazerning infraqizil nurlanishi orqali kerakli terapevtik doza va puls chastotasiga erishilgan nurlanishning yuqori terapevtik ta’sirini isbotlash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ishlab chiqilgan usulni tadbiq etish bemorlarning mehnat qobiliyatini tezroq tiklanishi hisobiga harajatlarni kamaytirishga imkon berdi 1 nafar bemor uchun mehnat qobiliyatini yo‘qotgan bemorlar sonining 22,4% dan 8% ga qisqarishiga. Xulosa: bir nafar bemorni nogironlikning bir yillik pensiyasini hisoblash asosida nogironlikni kamaytirish bo‘yicha kutilayotgan bir yillik iqtisodiy samara 8 mln. 376 ming so‘mni tashkil qiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish