Nizamxodjaev Shamsiddin Zayniddinovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bosh va bo‘yinning kuyish oqibatlarini ko‘chirilgan lahtaklar va erkin teri plastikasi bilan rekonstruksiya qilishning yangi usullaridan foydalanishni klinik va eksperimental asoslash», 14.00.27 – «Xirurgiya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Tib875.
Ilmiy rahbar: Madazimov Madamin Mo‘minovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.95.01.
Rasmiy opponentlar: Kurbanova Zarema Vaxaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Dog‘iston Respublikasi); Teshaboev Muxammadyaxyo Gulomkodirovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Orazaliev Gafur Bazarbaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ko‘chirilgan lahtaklar va erkin teri plastikasini qo‘llash asosida rekonstruktiv operatsiyalarni takomillashtirish orqali yuz va bo‘yinning kuyishdan keyingi chandiqli deformatsiyalari bo‘lgan bemorlarni xirurgik reabilitatsiyasi natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
iyag-bo‘yin egriligini shakllantirishni muqobillashtirishga, implantatsiyalanuvchi to‘qimalarning tortishishini kamaytirishga, bitish jarayonlarini yaxshilash va tezlashtirishga qaratilgan ko‘chirilgan bo‘yin laxtagi bilan yuzning pastki sohasidagi kuyishdan keyingi chandiqli deformatsiyani xirurgik davolash usuli ishlab chiqilgan;
chandiqli deformatsiya olib tashlangandan so‘ng, «Hemoben» kukunsimon vositasi yara yuzasiga qo‘llanilganida germetik plyonka shakllangan holda polimerizatsiya sababli, limforeyani oldini olishi, gemostazni ta’minlashi va mahalliy yallig‘lanish jarayonini rivojlanishini oldini olishi isbotlangan;
teri lahtaklari bilan plastikasida gemostatik vositanining qo‘llanilishini ijobiy xususiyatlari ortiqcha to‘qima suyuqligini so‘rilishi va yot jism implantatsiyasiga reaksiyani rivojlantirmasdan, transplantatni resipient o‘rindig‘ining yara yuzasiga yaxshi adgeziyasida namoyon bo‘lishi aniqlangan;
bosh va bo‘yinning kuyishdan keyingi chandiqli deformatsiyasida vaskulyarizatsiyani rag‘batlantirilishi va transplantantni bitish jarayonlarini yaxshilanishi bilan tavsiflanuvchi, erkin to‘liq qavatli teri laxtagi bilan xirurgik davolash usuli takomillashtirilgan;
erkin teri laxtagini olishda donor sohasida o‘tkir dermatenziya va infraqizil spektrdagi mahalliy lazer nurlanishini o‘tkazish, transplantant retraksiya darajasini pasayishini ta’minlashi, «Hemoben» vositasini qo‘llash va resipient sohasini operatsiyadan keyingi nurlantirish esa mikrotsirkulyasiyaning yaxshilanishiga ko‘maklashishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Andijon davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 12 dekabrdagi 06/33-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Andijon davlat tibbiyot institutining 2023 yil 20 oktyabrdagi 06/3285-son xati yuborilgan):
iyag-bo‘yin egriligini shakllantirishni muqobillashtirishga, implantatsiyalanuvchi to‘qimalarning tortishishini kamaytirishga, bitish jarayonlarini yaxshilash va tezlashtirishga qaratilgan ko‘chirilgan bo‘yin laxtagi bilan yuzning pastki sohasidagi kuyishdan keyingi chandiqli deformatsiyani jarrohlik davolash usuli ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 22.11.2023 y. 382U-sonli buyrug‘i, Farg‘ona viloyati “Endomed+” ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 24.10.2023 y. 17-V-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kuyishdan keyingi chandiqli deformatsiyalarni yuz sohasida ko‘chirilgan bo‘yin laxtagi va bo‘yin sohasida rotatsion lahtak bilan jarrohlik davolashning ishlab chiqilgan usuli operatsiyani bajarish soddaligi bilan tavsiflanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ko‘chirilgan bo‘yin lahtaki bilan yuzning pastki sohasidagi kuyishdan keyingi chandiqlarni jarrohlik davolash usulini joriy qilinishi 1 nafar bemor uchun byudjet mablag‘larini 365 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 1 080 000 so‘mga va operatsiyadan keyingi erta asoratlarning chastotasini 21,3% dan 5,0%gacha bevosita kamaytirish imkonini berdi. Xulosa: ko‘chirilgan bo‘yin lahtaki bilan yuzning pastki sohasidagi kuyishdan keyingi chandiqlarni jarrohlik davolash usulini joriy qilinishi bir nafar bemor hisobiga umumiy mablag‘larni 1 445 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
chandiqli deformatsiya olib tashlangandan so‘ng, «Hemoben» kukunsimon vositasi yara yuzasiga qo‘llanilganida germetik plyonka shakllangan holda polimerizatsiya sababli, limforeyani oldini olishi, gemostazni ta’minlashi va mahalliy yallig‘lanish jarayonini rivojlanishini oldini olishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 22.11.2023 y. 382U-sonli buyrug‘i, Farg‘ona viloyati “Endomed+” ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 24.10.2023 y. 17-V-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: gemo- va limfostazni ta’minlaydi, yallig‘lanish reaksiyasi rivojlanish xavfini kamaytiradi va lahtakni qon bilan ta’minlanishi uchun qon tomirlarni o‘sib kirishiga to‘sqinlik qilmaydi shuningdek, uning dag‘al gipertrofik transformatsiyasiga yo‘l qo‘ymasdan sifatliroq bitishiga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: chandiqli deformatsiyani olib tashlangandan so‘ng, «Hemoben» kukunsimon vositasi yara yuzasiga qo‘llanilishini joriy qilinishi hisobiga 1 nafar bemorning shifoxonadagi davri uchun iqtisodiy kursatkich shifoxonada qolish muddatini 9,5±2,0 kunga (7,5 kunlik mablag‘lar iqtisod qilinadi) qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 1 125 000 so‘mga kamaytirdi (preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 150.000 so‘mni tashkil qiladi), shifoxonada bo‘lish davrining 7,5 kunga qisqartirilishi hisobiga 935 000 so‘mlik dori-darmon kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 125 000 so‘m dori vositalari sarflanadi), shifoxonada bo‘lish davrining 7,5 kunga qisqartirilishi hisobiga 225 ming so‘mlik bog‘lanmalar kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 30 000 so‘m bog‘lanmalar sarflanadi). Xulosa: chandiqli deformatsiyani olib tashlangandan so‘ng, «Hemoben» kukunsimon vositasi yara yuzasiga qo‘llanilishini joriy qilinishi bir nafar bemor hisobiga byudjetdan tashqari mablag‘larni 2 285 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
teri lahtaklari bilan plastikasida gemostatik vositanining qo‘llanilishini ijobiy xususiyatlari ortiqcha to‘qima suyuqligini so‘rilishi va yot jism implantatsiyasiga reaksiyani rivojlantirmasdan, transplantatni retsipient to‘shagining yara yuzasiga yaxshi adgeziyasida namoyon bo‘lishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 22.11.2023 y. 382U-sonli buyrug‘i, Farg‘ona viloyati “Endomed+” ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 24.10.2023 y. 17-V-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Kuyishdan keyingi chandiqli deformatsiyalarda yuzni ko‘chirilgan bo‘yin lahtaki va bo‘yin soxasini rotatsion lahtak bilan plastikasining takomillashtirilgan usulini umumiy estetik va funksional samaradorligi operatsiyaning a’lo natijalarini 54,7% dan 82,5% gacha ko‘payishi va qoniqarsiz natijalarning rivojlanish xavfini pasayishi bilan tavsiflanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: teri lahtaklari bilan plastikasida gemostatik vositanining qo‘llanilishi hisobiga 1 nafar bemorning estetik 86,1%, funksional 97,3% xolatini yaxshilashga imkon beradi va shu bilan birga bir nafar bemorda 1 kuniga 305 000 so‘m kam sarflanadi. Xulosa: quyidagilardan iborat: teri lahtaklari bilan plastikasida gemostatik vositanining qo‘llanilishi hisobiga bir nafar bemor hisobiga byudjetdan tashqari mablag‘larni bir kuniga 305 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi
bosh va bo‘yinning kuyishdan keyingi chandiqli deformatsiyasida vaskulyarizatsiyani rag‘batlantirilishi va transplantantni bitish jarayonlarini yaxshilanishi bilan tavsiflanuvchi, erkin to‘liq qavatli teri laxtagi bilan jarrohlik davolash usuli takomillashtirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 22.11.2023 y. 382U-sonli buyrug‘i, Farg‘ona viloyati “Endomed+” ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 24.10.2023 y. 17-V-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Taklif etilgan usulni qo‘llanilishi lahtaklarni bitish sifatini yaxshilanishiga ta’sir qiladi va kechiktirilgan muddatdagi asoratlarni rivojlanish chastotasini 42,6% dan 17,5% gacha kamayishini ta’minladi, ularni bartaraf etish uchun apparatli kosmetologiya taqqoslash guruhidagi 23,4% va asosiy guruhdagi 12,5% bemorlarda muvaffaqiyatli kechadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bosh va bo‘yinning kuyishdan keyingi chandiqli deformatsiyasini erkin teri lahtaki bilan plastikaning takomillashtirilgan usulini joriy qilinishi hisobiga 1 nafar bemorda byudjet tomondan 415 000 so‘m va byudjetdan tashqari 275 000 so‘mni tejalishiga imkon beradi. Xulosa: bosh va bo‘yinning kuyishdan keyingi chandiqli deformatsiyasini erkin teri lahtaki bilan plastikaning takomillashtirilgan usul orqali davolanayotgan bemorlarning byudjet va byudjetdan tashqari xarajatlarni bir nafar bemor uchun 690 000 so‘mni iqtisod qilish imkonini berdi.
erkin teri laxtagini olishda donor sohasida o‘tkir infraqizil spektrdagi o‘tkir dermatenziya va mahalliy lazer nurlanishini o‘tkazish, transplantant retraksiya darajasini pasayishini ta’minlashi, «Hemoben» vositasini qo‘llash va resipient sohasini operatsiyadan keyingi nurlash esa mikrotsirkulyasiya yaxshilanishina ko‘maklashishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 22.11.2023 y. 382U-sonli buyrug‘i, Farg‘ona viloyati “Endomed+” ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 24.10.2023 y. 17-V-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Teri lahtakini ekspanderli kengaytirishda IQ-nurlanishini qo‘llashning afzalliklari – to‘qimalar tuzilishini saqlab qolish, mushaklar spazmi yoki qisqarishini kamaytirish hisobiga yirtilishlar va gematomalarni shakllantirmasdan transplantat elastikligini oshirish imkoniyatlarini morfologik namoyon bo‘lishidir, o‘z navbatida Xemoben kukunining qo‘llanilishi bilan birgalikda resipient sohasining nurlantirilishi yallig‘lanishning barcha bosqichlariga har tomonlama ta’sir ko‘rsatadi, lahtak adgeziyasini kuchaytiradi va uni infisirlanish, shuningdek qisman yoki to‘liq nekrozlanish xavfini qisqartiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: optimallashtirilgan kompleks davolashni joriy qilinishi hisobiga xar bir nafar bemordan 1 kunlik shifoxonada yotish, dori-darmon va bog‘lov materialar qisqarish hisobiga byudjet tomondan 305 000 so‘m va byudjetdan tashqari 765 000 so‘mni tejalishiga imkon berdi. Xulosa: optimallashtirilgan kompleks davolashni joriy qilinsh hisobiga xar 1 nafar bemordan byudjet va byudjetdan tashqari xarajatlarni 1 080 000 so‘mni iqtisod qilish imkonini berdi.