Mamadoliev Ikromjon Ilxomidinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Navbahor bentonitidan olingan yuqori selektivli adsorbentlarning adsorbsion tadqiqi», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/K470.
Ilmiy rahbar: Fayzullaev Normurot Ibodullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019. K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Ismailov Rovshan Israilovich, texnika fanlari doktori, professor; Abdikamalova Aziza Baxtiyarovna, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yuqori selektiv adsorbentlarni yaratish uchun turli kationlarni o‘z ichiga olgan eritmalar yordamida bentonit gilini modifikatsiyalashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bentonit gillarini tozalash, bo‘ktirish, qum zarrachalarini montmorillonitdan ajratish va 10% H2SO4 eritmasi yordamida modifikatsiyalashni o‘z ichiga olgan suvni tejash imkonini beruvchi qayta ishlash usuli ishlab chiqilgan;
boyitish jarayonida mineralogik tarkibning o‘zgarishi namunalarning dispersligiga ta’sir qilishi va o‘lchamlari 1 mkm kam bo‘lgan fraksiyalarni B1 va B2 namunalari uchun mos ravishda 1,93 va 2,8 martaga oshirishi aniqlangan;
B1 va B2 bentonitlarini (Fe3+, Ca2+) tuzlar eritmalari bilan modifikatsiyalash natijasida ularni nisbiy yuzasini 56,3 va 42,7 dan 146,1 va 115,2 m2/g gacha oshirishi aniqlangan;
Ca2++Zn2++Mn2+ eritmalari bilan bentonitlarni modifikatsiyalash ularning suv bug‘i, Fe3++Mg2++Mn2+ ionlari bilan esa gidrofob benzol buyicha adsorbsion faolligini oshishi isbotlangan;
bentonitni Ca2+ tuzlari bilan modifikatsiyalash neft mahsulotlari va yog‘-moy moddalari bo‘yicha adsorbsion faolligini oshishiga, Fe3+ ionalarini kiritish esa oksidlovchilik xossalarini oshirishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Bentonitlar va (gidr)oksid zarrachalari asosida yuqori darajada g‘ovakli materiallar olish bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:
Sa2++Zn2++Mn2+ bilan modifikatsiya qilingan bentonit adsorbentlari yordamida gazlarni quritish usuli «Muborak gazni qayta ishlash zavodi» MChJda amaliyotga joriy etilgan («Muborak gazni qayta ishlash zavodi» MChJning 2021 yil 17 dekabrdagi 644/FK-08-2021-son ma’lumotnomasi). Natijada, tozalangan tabiiy gaz namlik darajasi kamligi va sanoat ishlab chiqarish talablariga javob berish imkonini bergan;
ichimlik va oqava suvlarni Cu2+ ionlaridan adsorbsion tozalash uchun modifikatsiyalangan bentonit asosidagi adsorbentlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarish vazirligining «2024-2025 yillarda amaliyotga joriy etiladigan istiqbolli ishlanmalar ro‘yxatiga» kiritilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarish vazirligining 2023 yil 10 noyabrdagi 01/18-8-1507-son ma’lumotnomasi). Natijada, oqava suvlarni modifikatsiyalangan bentonitlar yordamida tozalanganda Cu2+ ionlarining konsentratsiyasi 91-95% gacha pasaytirish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish