Uralov Sarbon Sardorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Jinoyat-protsessual qonunchiligida preyudisiya instituti», «12.00.09–Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi» (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Yu439.
Ilmiy rahbar: Suyunova Dilbar Joldasbaevna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03.
Rasmiy opponentlar: Raxmonova Surayyo Maxmudovna, yuridik fanlar doktori, professor; Astanov Istam Rustamovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi jinoyat-protsessual qonunchiligida sud hujjatlarining preyudisial ahamiyatini isbotlash tizimi sifatida qayta ko‘rib chiqish asosida takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari bilan aniqlangan holatlar dalil sifatida e’tirof etilishi, shuningdek yuqori sud instansiyalari tomonidan ushbu dalillarga preyudisiallik jihatidan tan olish majburiyatidan ozod qilinganligi asoslangan;
sud tomonidan baho berilgan dalillardan keyinchalik ularni qayta isbot qilish majburiyatidan ozod etgan holda, jinoyat ishi yurituvida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olish hamda sudga qadar bo‘lgan bosqichda va sudda ushbu dalillardan foydalanish zarurati asoslangan;
isbot qilishda qonun bilan taqiqlanishi lozim bo‘lgan protsessual harakatlar shakllantirilgan hamda amalga oshirilishi mumkin bo‘lmagan harakatlardan foydalanilganligi uchun ular orqali to‘plangan dalillar nomaqbul dalil sifatida e’tirof etilishi asoslangan;
ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo‘yish (deponirovanie) preyudisiyaning bir elementi sifatida surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sud tomonidan hech qanday qayta tekshiruvlarsiz majburiy tan olish lozimligi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jinoyat-protsessual qonunchiligida preyudisiya instituti mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
qonuniy kuchga kirgan sud qarorlarida aniqlangan hamda o‘z isbotini topgan holatlarni surishtiruv, dastlabki tergov va sudda dalil sifatida qabul qilish hamda yagona sud amaliyotini joriy etish maqsadida ishlab chiqilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi 28.07.2021 yildagi O‘RQ–703-sonli Qonunining 62-moddasi (Sud`yaning majburiyatlari) 12-xatboshisi, 66-moddasi (Sud`yalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmasligi) 3-4-xatboshilarida aks ettirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2023 yil 2 fevraldagi 08/69-23-son dalolatnomasi). Ushbu takliflar isbotlashga oid yagona sud amaliyotini joriy etishga, sudga qadar bo‘lgan bosqichda va sudda dalillar maqbulligiga oid jinoyat-protsessual qonuni normalarini bir xil qo‘llanilishiga xizmat qilgan;
yagona sud amaliyoti shakllantirilib, sud qarorlarining barqarorligiga erishish, sud tomonidan isbotlangan holatlardan, baho berilgan dalillardan keyinchalik ularni qayta isbot qilish majburiyatidan ozod qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 15 maydagi PQ–3723-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish konsepsiyasi asosida ishlab chiqilayotgan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksining yangi loyihasining 261-modda (Dalillarni baholashga oid), 81-modda (Dalillar va ularning turlari), 86-modda (Isbot qilish ishtirokchilari), 94-modda (Dalillarni tekshirish), 941-modda (Preyudisiya), 942-modda (Jinoyat sud ish yurituvida preyudisiyani qo‘llash chegaralari), 943-moddalarini (Xorijiy davlat sudi hujjatlarining preyudisiyasi) shakllantirishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2022 yil 13 iyundagi 27/2-126-22-son dalolatnomasi). Ushbu takliflar dalillarni baholashda xalqaro huquqning umume’tirof etilgan jinoyat-protsessual qonunchiligi bilan unifikatsiyalashtirishga hamda sudga qadar bo‘lgan bosqichda va sudda soddalashtirilgan tartibda ish yuritishni ta’minlashga xizmat qilgan;
isbot qilishda qonun bilan taqiqlanishi lozim bo‘lgan hamda amalga oshirilishi mumkin bo‘lmagan harakatlar uchun javobgarlikni belgilash maqsadida “O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 18 fevraldagi Jinoyat hamda Jinoyat-protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ–675-sonli Qonuni bilan Jinoyat-protsessual kodeksi 88-moddasining (Isbot qilish jarayonida fuqarolar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquq va qonuniy manfaatlarini qo‘riqlash) ikkinchi qismi 8-bandi “mazmunan ko‘rib chiqish uchun sudga yuborilgan jinoyat ishi doirasida protsess ishtirokchilarini surishtiruv va dastlabki tergov organlari xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga chaqirish va (yoki) so‘roq qilish, bundan ular bilan bog‘liq bo‘lgan alohida ish yurituvga ajratilgan jinoyat ishi yoki sudning yozma topshirig‘i mavjud bo‘lgan hollar mustasno” deb to‘ldirilishi foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2023 yil 19 yanvardagi 06-13/4-son dalolatnomasi). Ushbu takliflar jinoyat-protsessual qonunchilikda isbot qilishda ruxsat etilmagan hamda taqiqlangan usullardan foydalanmaslik to‘g‘risidagi normalarni takomillashtirishga, shuningdek dalillarning nomaqbul deb topilishi bilan ularga baho berilmasligiga oid normalarni kengaytirishga xizmat qilgan;
sud tomonidan baho berilgan holatlarni surishtiruv, dastlabki tergov organlari tomonidan majburiy tan olinishining bir elementi sifatida ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo‘yish institutini takomillashtirishga oid Jinoyat-protsessual kodeksining 1214-moddasining (Ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo‘yish) 10-xatboshisi “Sud majlisining bayonnomasi, audio va videoyozuvlar, bayonnoma yuzasidan berilgan mulohazalar va ularni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha qabul qilingan qaror jinoyat ishi materiallariga qo‘shish uchun prokurorga yuborilishi” to‘g‘risidagi normani shakllantirishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2023 yil 19 yanvardagi 06-13/4-son dalolatnomasi). Ushbu takliflar ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo‘yish preyudisiya sifatida tan olinishi hamda jinoyat ish yurituvida qayta tekshiruvlarsiz baholanishiga xizmat qilgan.