Fayzullaeva Muxayyoxon Raxmatillo qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida eʼlon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Inglizzabon badiiy matnlarda diniy markerlangan allyuziyalarning konseptual ahamiyati”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fil3104.
Ilmiy rahbar: Galieva Margarita Rafaelovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Kiselyov Dmitriy Anatolevich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Sa’dullaeva Nilufar Azimovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi badiiy matnda diniy olam manzarasini ifodalovchi konseptual tuzilmaga ega diniy markerlangan allyuziyalarning kognitiv mexanizmlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
diniy markerlangan allyuziyalarning semantik (antroponim, toponim, simvol, sitata), kompozision (sarlavha, epigraf), strukturaviy (so‘z, yasama so‘zlar, so‘z birikmalari, frazeologik birlik, gap va matn) mezonlari bo‘yicha tipologiyasi dalillangan;
allyuziyalarning funksional xususiyatlari, jumladan, diniy markerlangan allyuziyalarning badiiy matndagi kognitiv, stilistik, pragmatik va madaniy vazifalari aniqlangan hamda ularning tavsifi asoslangan;
badiiy matnda diniy markerlangan allyuziyalar badiiy konseptlarni voqe’lantiruvchi hamda turli bilim tuzilmalarini faollashtiruvchi til birligi ekanligi isbotlangan;
badiiy matndagi diniy markerlangan allyuziyalarni talqin qilish jarayonida freyming, rifreyming va konseptual integratsiya kognitiv mexanizmlarining xususiyatlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Inglizzabon badiiy matnlarda diniy markerlangan allyuziyalarning konseptual ahamiyati tadqiqi jarayonida erishilgan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
diniy markerlangan allyuziyalarning semantik (antroponim, toponim, simvol, sitata), kompozision (sarlavha, epigraf), strukturaviy (so‘z, yasama so‘zlar, so‘z birikmalari, frazeologik birlik, gap va matn) mezonlari bo‘yicha tipologiyasiga oid xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida 2016-2018-yillarda amalga oshirilgan Evropa Ittifoqining “ERASMUS + dasturi 561624-EPP-1- 2015-UK EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: O‘zbekistonda oliy ta’limni modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” xalqaro loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023 yil 10 apreldagi 939.30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy xulosalarni qo‘llash loyiha ishtirokchilariga diniy til va uning voqe’lanishi bo‘yicha muhim ma’lumotlarni taqdim etgan;
allyuziyalarning funksional xususiyatlari, jumladan, diniy markerlangan allyuziyalarning badiiy matndagi kognitiv, stilistik, pragmatik va madaniy vazifalari hamda ularning tavsifiga oid xulosalardan Samarqand davlat chet tillari institutining I-204-4-5 sonli “Ingliz tili mutaxassisligi fanlaridan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va oʻquv jarayonini joriy etish” ilmiy-amaliy loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023 yil 10 apreldagi 940.30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, badiiy matndagi diniy markerlangan allyuziyalarning koʻp funksionalliligi hamda ularning badiiy matndagi vazifalari xususidagi nazariy va amaliy materiallar magistratura talabalari uchun tashkil etilgan darslarda foydalanish imkonini bergan;
badiiy matnda diniy markerlangan allyuziyalar badiiy konseptlarni voqe’lantiruvchi hamda turli bilim tuzilmalarini faollashtiruvchi til birligi ekanligi hamda badiiy matndagi diniy markerlangan allyuziyalarni talqin qilish jarayonida freyming, rifreyming va konseptual integratsiya kognitiv mexanizmlarining xususiyatlariga oid xulosalardan Xalqaro Erasmus+ loyihasi tomonidan qoʻllab- quvvatlangan “ICM, KA-107 – Evropa Ittifoqi va Oʻzbekiston oliy ta’lim muassasalari oʻrtasida xalqaro kredit mobilligi, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti va Aston universiteti (Buyuk Britaniya) o‘rtasidagi 2020-1-UK01- KA107-047473 sonli xodimlar va talabalar almashinuvi loyihalari” doirasida foydalanilgan (Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti 2023 yil 11 sentyabrdagi IRD/23.209 son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot natijalarini qo‘llash loyiha dasturini diniy markerlangan allyuziyalarni tahlil qilishda kognitiv usullardan foydalanish samaradorligi kabi muhim ma’lumotlar bilan boyitgan.