Rotanov Aleksey Nikolaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zamonaviy rus adabiyotida grafik roman talqini”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil1770.
Ilmiy rahbar: Kamilova Saodat Ergashevna filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Pardaeva Zulfiya Djuraevna, filologiya fanlari doktori, professor; Kuchumova Mariya Olegovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.  
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari  universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy rus nasridagi grafik romanning shakliy-mazmuniy asosini madaniy-estetik fenomen sifatida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
so‘z orqali ifodalash va vizual ijod kesishmasidagi maxsus janr sifatida shakllangan grafik romanning unda so‘z orqali ifodalash komponentining tasvir ustidan dominantligi hamda muallif konsepsiyasidan kelib chiqqan holda boshqa hikoyaviy-publisistik janrlar elementlarini organik ravishda birlashtirish qobiliyati mavjudligi kabi o‘ziga xos xususiyatlari asoslangan;
zamonaviy rus nasridagi grafik romanlarning moslashtirilgan romanlar, bog‘langan romanlar, shaxsiyat haqidagi romanlar va sarguzashtli romanlar kabi turlarini o‘z ichiga olgan tasnifi dalillangan;
moslashtirilgan romanlarda asl matnni grafik asarga xos tizimga o‘tkazishning reduksiya, kompressiya, ekssessiya, adisiya kabi maxsus usullarining qo‘llanilishi, bog‘langan romanlarda yuqori darajadagi muallifning transmedial fikrlash turi yordamida asl asarga qarama-qarshi bo‘lgan germenevtik asarning vujudga kelishi, shaxsiyat haqidagi va sarguzashtli grafik romanlarning o‘ziga xos shakliy-mazmuniy tuzilishga egaligi asoslangan;
kengaytirilgan uch panelli hikoya zichligi hamda kattalashtirish, umumiy reja, detallashtirish kabi turli xil rejalar sinteziga ega individual mualliflik grafik romanlarining zamonaviy rus “midl” (o‘rta)  adabiyotiga tegishli ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy rus adabiyotida grafik romanni tahlil qilish jarayonida olingan tadqiqot natijalari asosida:
so‘z orqali ifodalash va vizual ijod kesishmasidagi maxsus janr sifatida shakllangan grafik romanning unda so‘z orqali ifodalash komponentining tasvir ustidan dominantligi hamda muallif konsepsiyasidan kelib chiqqan holda boshqa hikoyaviy-publisistik janrlar elementlarini organik ravishda birlashtirish qobiliyati mavjudligi kabi o‘ziga xos xususiyatlari hamda zamonaviy rus nasridagi grafik romanlarning moslashtirilgan romanlar, bog‘langan romanlar, shaxsiyat haqidagi romanlar va sarguzashtli romanlar kabi turlarini o‘z ichiga olgan tasnifiga oid xulosalardan O‘zbekiston rus madaniyati markazining “Rus tili va adabiyotini o‘qitishning yangi texnologiyalari” nomli seminarni tashkillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Rus madaniyati markazining 2022 yil 3 noyabrdagi 02-96-son guvohnomasi). Natijada “grafik roman”, “moslashtirilgan grafik roman”, “assotsiativ grafik roman”, reduksiya, kompressiya, ekssessiya va adisiya usullari kabi tushunchalar ilmiy foydalanishga kiritilgan;
kengaytirilgan uch panelli hikoya zichligi hamda kattalashtirish, umumiy reja, detallashtirish kabi turli xil rejalar sinteziga ega individual mualliflik grafik romanlarining zamonaviy rus “midl” (o‘rta)  adabiyotiga tegishli ekanligiga oid xulosalardan 2021-2023 yillarda bajarilgan “MyDars” nomli fundamental IT-loyihani amalga oshirish jarayonida foydalanilgan (MyDars MChJning 2023 yil 10 maydagi 7-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy natijalarning qo‘llanishi XXI asr zamonoviy adabiyot jarayonini  o‘rganishda, xususan, badiiy tahlil, tarixiy-qiyosiy usuldan foydalanish kabi zamonaviy adabiyotshunoslikning muhimm muammolarini yoritishda ularni aniq baholash imkonini bergan;
moslashtirilgan romanlarda asl matnni grafik asarga xos tizimga o‘tkazishning reduksiya, kompressiya, ekssessiya, adisiya kabi maxsus usullarining qo‘llanilishi, bog‘langan romanlarda yuqori darajadagi muallifning transmedial fikrlash turi yordamida asl asarga qarama-qarshi bo‘lgan germenevtik asarning vujudga kelishi, shaxsiyat haqidagi va sarguzashtli grafik romanlarning o‘ziga xos shakliy-mazmuniy tuzilishga egaligiga oid xulosalardan III Xalqaro rus tili o‘qituvchilarining ilmiy-amaliy forumini o‘tkazishda foydalanilgan (Rossiya Federatsiyasi «Igrayuchi» o‘quv markazining 2023 yil 19 maydagi 1/02-son ma’lumotnomasi). Natijada umumiy o‘rta ta’lim va oliy ta’lim o‘qituvchilarining xalqaro hamjamiyatiga adabiyot va til chorrahasida kompetensiya va soft skills yangiliklarini hisobga olgan holda til o‘qitishning yangi uslubi taklif etilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish