Maxmudova Sabina Avazjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “J. Oldrij romanlarida “Britaniya Imperiyasi” freymi modelining voqelanishi”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil2115.
Ilmiy rahbar: Safarov Shaxriyor Safarovitch, filologiya fanlari doktori, professor.
        Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
        IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Petruxina Natalya Mixaylovna, filologiya fanlari doktori, professor; Arustamyan Yana Yurevna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi J. Oldrijning "sharq" romanlari misolida badiiy makonda freym modelini aks ettirish yo‘llarini ko‘rib chiqish orqali freym tuzilmasi va uning slotlari hamda "begona/o‘ziniki" doirasida qahramonlarning konseptual qarama-qarshiligi mavjudligi motivatsiyasini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
freymni kognitiv adabiyotshunoslik nuqtai nazaridan o‘rganish zaruratining asoslanishi orqali badiiy asarni kommunikativ tizim sifatida ko‘rsatish uchun yangi imkoniyatlarning taqdim etilishi isbotlangan;
“Imperiya/Britaniya” freym modelining barcha tarkibiy elementlarini mantiqiy asoslash usuli va ularning J. Oldrij romanlari misolidagi kommunikativ ahamiyati tafsiflash usuli asoslangan;
 “Imperiya/Britaniya freymi reprezentativ funksiyasining shartlari, uning slotlari (neft, siyosat), “ingliz” va “toj xizmatkorlari” personaj konseptlari “o‘ziniki/begona” ikkilik oppozisiyasidagi ifodasi, shuningdek, milliy “makon” va qahramon modalligiga  to‘g‘ridan-to‘g‘ri mutanosib ravishda “o‘ziniki/begona” konseptual qarama-qarshiligiga mustaqil va segment sifatida kiradigan “Englishman” badiiy konseptining ko‘p qirraliligi va ko‘p funksiyaliligi isbotlangan;
“Imperiya/Britaniya” freymining tuzilishi va uning slotlari asarlarda muhim individual-muallif kotseptlari sifatidagi jihatlari hamda “Imperiya/Britaniya” freymi emergent (paydo bo‘lish) qonuniga ko‘ra tashkiliy tamoyil sifatida ifodalanganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Badiiy makonni modellashtirish jarayonida freym tahlilining ishlab chiqilgan tamoyillari va uni talqin qilish usullari hamda freym modeli elementlarini tahlil qilish va ularning badiiy matn makonida verballashish usullarini tasvirlash natijasida:
freymni kognitiv adabiyotshunoslik nuqtai nazaridan o‘rganish zaruratining asoslanishi orqali badiiy asarni kommunikativ tizim sifatida ko‘rsatish uchun yangi imkoniyatlarning taqdim etilishiga oid xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilgan Tempus Project 544161- TEMPUS-1-2013-1-UK-TEMPUS-JPCR Aston University DeTEL “Developing the Teaching of European LanguaGES: Modernizing Language Teaching through the development of blended Masters Programmes” innovatsion tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023 yil 24 yanvardagi 125/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, badiiy freymni anglashda yangi kognitiv yondashuv tilshunoslik, tarjimashunoslik va adabiyotshunoslik fanlari bo‘yicha ham talabalar, ham o‘qituvchilarning bilim va malakalarini oshirishga hissa qo‘shgan;
“Imperiya/Britaniya” freym modelining barcha tarkibiy elementlarini mantiqiy asoslash usuli va ularning J. Oldrij romanlari misolidagi kommunikativ ahamiyati tafsiflash usuliga oid xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilgan  I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” innovatsion loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023 yil 24 yanvardagi 123/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘qituvchilarning lingvistik va kommunikativ kompetensiyalari oshishiga yordam bergan;
“Imperiya/Britaniya freymi reprezentativ funksiyasining shartlari, uning slotlari (neft, siyosat), “ingliz” va “toj xizmatkorlari” personaj konseptlari “o‘ziniki/begona” ikkilik oppozisiyasidagi ifodasi, shuningdek, milliy “makon” va qahramon modalligiga  to‘g‘ridan-to‘g‘ri mutanosib ravishda “o‘ziniki/begona” konseptual qarama-qarshiligiga mustaqil va segment sifatida kiradigan “Englishman” badiiy konseptining ko‘p qirraliligi va ko‘p funksiyaliligiga oid xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilgan Erasmus + 561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” grant loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023 yil 24 yanvardagi 124/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, badiiy matnni (konseptlar, subfreymlar va slotlar) tuzishda freym tahlil qilish jarayonini chuqurlashtirishga imkon bergan, bu badiiy matnni o‘rganish uchun freym tahlilidan foydalanish mexanizmlarini rivojlantirishga hissa qo‘shgan;
“Imperiya/Britaniya” freymining tuzilishi va uning slotlari asarlarda muhim individual-muallif kotseptlari sifatidagi jihatlari hamda “Imperiya/Britaniya” freymi emergent (paydo bo‘lish) qonuniga ko‘ra tashkiliy tamoyil sifatida ifodalanganligiga oid xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilgan OT-Atech-2018-519 “Kompyuter imitatsiya modellari asosida virtual resurslarning veb-ilovalari uchun dasturiy ta’minot yaratish” loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023 yil 25-yanvardagi 146/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu badiiy matn sohasida kompyuter modellashtirish texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etishning asosiy tamoyillari va qoidalarini aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish