Abduraxmonov Xudoynazar Abdirayimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
“Ingliz va o‘zbek tillarida mavhum otlarning semantik xususiyatlari, o‘zaro tarjimasi va leksikografik talqini”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fil3120.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti.
Ilmiy rahbar: Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy kengash raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Fil.78.04.
Rasmiy opponentlar: Xudayqulov Abdulla Eshquvatovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD); Akbarova Zuhro Akmaljanovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi mavhum otlarning semantik xususiyatlari, leksikografik talqinini ochib berish, o‘zaro chog‘ishtirish orqali ularning umumiy hamda farqli jihatlarini aniqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mavhum otlarning ingliz tilidagi birdan ortiq mustaqil so‘zdan tuziladigan birikmalarda qo‘llanishidagi o‘ziga xosliklar erkin so‘z birikmalarida o‘z ma’nosida qo‘llanishi, kollokatsiyalarda tanlangan so‘zga moslashishi, iboralarda umumiy ko‘chma ma’noni hosil qiluvchi unsurlardan biri ekanligi orqali ochib berilgan;
mavhum otlarni tipologik o‘rganish zarurati ularning qiyoslanayotgan tillarda so‘zlashuvchi xalqlar orasidagi madaniy, ma’naviy, axloqiy, ijtimoiy, falsafiy aloqalarni rivojlantiruvchi, millatlar urf-odatlari, qadriyatlari, mentaliteti, e’tiqodini namoyon etuvchi omillardan biri ekanligi vositasida dalillangan;
ingliz va o‘zbek tilida mavhum otlarning o‘zaro tarjimasidagi kabi leksik-grammatik farqlar ingliz tilida otlarning, asosan kelishiklarsiz qo‘llanishi, artikllar bilan kela olishi, birlik va ko‘plikda qo‘llana olishi hamda boshqa turkumlar vazifasini bajara olishidan iborat ekanligi inglizcha matnlarning o‘zbekchaga va o‘zbekcha matnlarning inglizchaga tarjimalari orqali isbotlangan;
mavhum otlarning izohli lug‘atlarda lug‘at maqolasining turli o‘rinlarida: bosh so‘z, uning ma’nosini aniqlashtirish uchun beriladigan izoh matni, illyustrativ misollar tarkibida tanlangan so‘zni izohlash maqsadida, ikki tilli lug‘atlarda bir so‘z ma’nosini boshqa tilda ifodalash maqsadida qo‘llanishi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz hamda o‘zbek tillarida mavhum otlarning semantik xususiyatlari, o‘zaro tarjimasi va leksikografik talqinini tadqiq qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
mavhum otlarni tipologik o‘rganish zarurati ularning qiyoslanayotgan tillarda so‘zlashuvchi xalqlar orasidagi madaniy, ma’naviy, axloqiy, ijtimoiy, falsafiy aloqalarni rivojlantiruvchi, millatlar urf-odatlari, qadriyatlari, mentaliteti, e’tiqodini namoyon etuvchi omillardan biri ekanligiga oid ma’lumotlar kiritilishi masalasiga doir qarashlardan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2020-2023-yillarga mo‘ljallangan AM-FZ-201908172 raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 26-iyundagi 01/10-1281-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada loyiha materiallari mavhum otlarning o‘zaro tarjimasi, ularning lug‘atlarda berilishiga oid yangi ilmiy manba va ma’lumotlar bilan boyigan;
ingliz va o‘zbek tilida mavhum otlarning o‘zaro tarjimasidagi leksik-grammatik farqlar ingliz tilida otlarning, asosan kelishiklarsiz qo‘llanishi, artikllar bilan kela olishi, birlik va ko‘plikda qo‘llana olishi hamda boshqa turkumlar vazifasini bajara olishidan iborat ekanligi inglizcha matnlarning o‘zbekchaga va o‘zbekcha matnlarning inglizchaga tarjimalari orqali isbotlanishiga oid ma’lumotlardan, shuningdek, mavhum otlarning izohli lug‘atlarda lug‘at maqolasining turli o‘rinlarida: bosh so‘z, uning ma’nosini aniqlashtirish uchun beriladigan izoh matni, illyustrativ misollar tarkibida tanlangan so‘zni izohlash maqsadida, ikki tilli lug‘atlarda bir so‘z ma’nosini boshqa tilda ifodalash maqsadida qo‘llanishi lug‘atlar tahlili vositasida ochib berilishiga oid ma’lumotlardan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi I-OT-2019-42 raqamli “O‘zbek va ingliz tillarining elektron (Inson qiyofasi, feʼl-atvori, tabiat va milliy timsollar tasviri) poetik lug‘atini yaratish” nomli amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 26-iyundagi 01/10-1280 raqamli ma’lumotnomasi). Bu ma’lumotlar fundamental loyiha doirasida tayyorlangan ilmiy maqolalar, tezislar hamda monografiyalar saviyasini oshirishda xizmat qilgan;
mavhum otlarning ingliz tilidagi birdan ortiq mustaqil so‘zdan tuziladigan birikmalarda qo‘llanishidagi o‘ziga xosliklar erkin so‘z birikmalarida o‘z ma’nosida qo‘llanishi, kollokatsiyalarda tanlangan so‘zga moslashishi, iboralarda umumiy ko‘chma ma’noni hosil qiluvchi unsurlardan biri ekanligi hamda mavhum otlarning izohli lug‘atlarda lug‘at maqolasining turli o‘rinlarida: bosh so‘z, uning ma’nosini aniqlashtirish uchun beriladigan izoh matni, illyustrativ misollar tarkibida tanlangan so‘zni izohlash maqsadida, ikki tilli lug‘atlarda bir so‘z ma’nosini boshqa tilda ifodalash maqsadida qo‘llanishi ochib berilganligiga oid ilmiy xulosalardan Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining “Fayzli kun” ko‘rsatuvida “Ta’lim va taraqqiyot” va “Adabiy jarayon” dasturlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 11-iyul 17-05/128-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur teledastur mazmuni mukammallashgan, ilmiy dalillarga boy bo‘lishini ta’minlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish