Xaydarov Ilhom Tuxtaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi: “Ingliz va o‘zbek tillarida sug‘urta leksikasining chog‘ishtirma tadqiqi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fil1239.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Ilmiy rahbar: Axmedov Oybek Saporboevich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy Kengash raqami: Termiz davlat universiteti PhD 03/31.03.2021.Fil.78.04.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Abdi Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor;  Ayaqulov Nurbek Abdug‘appor o‘g‘li, filologiya fanlari boyicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi sug‘urta sohasida qo‘llaniladigan terminlarning struktur-semantik xususiyatlarini, tarjima tamoyillarini qiyosiy-tipologik jihatdan ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sug‘urta sohasiga oid terminlarning lingvistik tadrijiy taraqqiyot bosqichlaridagi sinxron va diaxron takomili, ingliz va o‘zbek tilining turli tizimli va turli tasnifli til ekanligiga  ko‘ra sintaktik, semantik o‘zgarishlarga uchrashi asoslangan;
 tillarning morfologik, leksik-semantik va sintaktik usullarining yasalishida tillarga xos bo‘lgan turli sathlarda  allomorflik va til tizimi bo‘yicha izomorflik semantik, struktur va stilistik xususiyatlari dalillangan;  
ingliz va o‘zbek tillarida sug‘urta sohasida qo‘llaniladigan terminlarning kompozision va derivatsion jihatlarini aniqlash orqali affiksal, morfemik-morfologik, leksik modellari aniqlangan;
ingliz va o‘zbek tillarida mavjud sug‘urta terminlarini adekvat tarjima qilishning eng maqbul yo‘llari transliteratsiya, eksplikatsiya, generalizatsiya, kompensatsiya  usullari ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida sug‘urta sohasiga oid terminlarning struktur-semantik, morfologik-derivatsion xususiyatlarini ochib berish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
sug‘urta sohasiga oid terminlarning lingvistik tadrijiy taraqqiyot bosqichlaridagi sinxron va diaxron takomili, ingliz va o‘zbek tilining turli tizimli va turli tasnifli til ekanligiga  ko‘ra sintaktik, semantik o‘zgarishlarga uchrashi asoslanganligiga oid nazariy va amaliy xulosalardan AM P3 2019062030 «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning kreditga layoqatliligini baholashning skoring modelini yaratish» nomli innovatsion loyihada foydalanilgan (Toshkent moliya institutining 2022 yil 2 fevraldagi 5/298-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha bo‘yicha tayyorlangan darslik va elektron resurslar mazmuni boyishiga erishilgan;
tillarning morfologik, leksik-semantik va sintaktik usullarining yasalishida tillarga xos bo‘lgan turli sathlarda  allomorflik va til tizimi bo‘yicha izomorflik semantik, struktur va stilistik xususiyatlari dalillanganligiga doir nazariy va amaliy xulosalardan “Farovon Sug‘urta” aksiyadorlik jamiyatining sug‘urta va moliyaviy faoliyatida foydalangan (“Farovon Sug‘urta” aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 11 apreldagi 59-son ma’lumotnomasi). Natijada kontrastli munosabatlarning faollashuvi sababli deskriptorlar semantik jihatdan to‘liq muqobil va sinonim bo‘lish xususiyatlari, sug‘urta terminlarining adekvat muqobili bilan birga yangi leksik-grammatik xossalari aniqlangan, sug‘urta sohasiga oid materiallar, hujjatlarni to‘g‘ri va adekvat tarjima qilish imkoniyatlari yaxshilangan;
ingliz va o‘zbek tillarida sug‘urta sohasida qo‘llaniladigan terminlarning derivatsion jihatlarini aniqlash orqali affiksal, morfemik-morfologik, leksik modellari aniqlanganligi hamda ingliz va o‘zbek tillarida mavjud sug‘urta terminlarini adekvat tarjima qilishning eng maqbul yo‘llari transliteratsiya, eksplikatsiya, generalizatsiya, kompensatsiya  usullari ekanligi isbotlanganligiga doir nazariy va amaliy xulosalardan “Euroasia Insurance” aksiyadorlik jamiyati faoliyati bilan bog‘liq terminshunoslik tizimini takomillashtirishga, hujjatlar almashinuvidagi xato va kamchiliklarlarni kamayishiga xizmat qilgan (Euroasia Insurance aksiyadorlik jamiyatining 2023 yil 26 iyuldagi 539-son ma’lumotnomasi). Natijada sug‘urta kompaniyasining xalqaro hamkorlik aloqalariga oid xujjatlarni to‘g‘ri hamda adekvat tarjima qilish, xorijiy hamkor tashkilotlar bilan tuzilgan memorandum, bitim, bayonnoma va shartnomalar rasmiylashtirish ishlari sifat jihatidan yaxshilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish