Qulboshev Sirojiddin Jumaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Surxon – Sherobod vohasida yangi erlarni o‘zlashtirishda sovet hukumatining ko‘chirish siyosati”, 07.00.01-O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tar859.
Ilmiy rahbar: Pardaev Toshkentboy Rajabovich, tarix fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02.
Rasmiy opponentlar: Oblomurodov Naim Halimovich, tarix fanlari doktori, professor; Xolmo‘minov Xusan Eshmo‘minovich, tarix fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi Surxon – Sherobod vohasida yangi erlarni o‘zlashtirishda sovet hukumatining ko‘chirish siyosati va uning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sovet hokimiyatining quruq, bo‘z erlarni o‘zlashirishda Boysun, Oltinsoy, Denov rayonlaridagi tog‘, tog‘ oldidagi mahalliy o‘zbek, tojik aholisining majburiy ko‘chirish siyosatidan maqsad aholi o‘rtasidagi ishsizlik, iqtisodiy qashshoqlikni oldini olish ekanligi, ularni uy-joy, o‘qish, sog‘lig‘ini saqlashda imkoniyatlar yaratilmagan cho‘l, qum sharoitiga joylashtirilganligi asoslangan;
mintaqada paxta yakkahokimligining o‘rnatilishi natijasida ko‘chirilgan aholi hisobida arzon ishchi kuchiga tayanib sug‘orish inshootlari, mahalliy aholini nazoratga olish maqsadida boshqaruv-ma’muriy hamda huquqiy idoralar, sovet mafkurasini targ‘ib qiluvchi madaniy-mafkuraviy muassalar va uy-joy qurilishlari ishga tushirilganligi, ruxsatsiz o‘z qishlog‘iga qaytib ketganlarga nisbatan ma’muriy-qonuniy choralar ko‘rilganligi dalillangan;
ko‘chirilgan aholini mehnatga jalb etish maqsadida brigadalar, bo‘lim boshliqlari ichidan maxsus ilg‘or “sotsialistik musobaqa” g‘oliblarini mukofatlash orqali sovet tuzumini insonparvarlik g‘oyalarni targ‘ib etish, paxta narxini yildan yilga pasayib borish holatlari, paxtadan boshqa ekinlar ekishga imkoniyat berilmaganligi dalillangan;
Surxon–Sherobod cho‘llarini o‘zlashtirish maqsadida ko‘chirilgan aholiga uy-joy, madaniy-maishiy, sog‘likni saqlash, ta’lim, sport sohasiga doir xizmat ko‘rsatish tarmoqlarining etishmasligi, o‘zlashtirilgan erlarga ko‘chib kelgan aholini talab, taklif va milliy manfaatlarni himoya qilish sohasidagi murojaatlari inobatga olinmaganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Surxon–Sherobod vohasida yangi erlarni o‘zlashtirishda sovet hukumatining ko‘chirish siyosati bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
sovet hokimiyatining quruq, bo‘z erlarni o‘zlashirishda Boysun, Oltinsoy, Denov rayonlaridagi tog‘, tog‘ oldidagi mahalliy o‘zbek, tojik aholisining majburiy ko‘chirish siyosatidan maqsad aholi o‘rtasidagi ishsizlik, iqtisodiy qashshoqlikni oldini olish ekanligi, ularni uy-joy, o‘qish, sog‘lig‘ini saqlashda imkoniyatlar yaratilmagan cho‘l, qum sharoitiga joylashtirilganligi asoslanganligi hamda mintaqada paxta yakkahokimligining o‘rnatilishi natijasida ko‘chirilgan aholi hisobida arzon ishchi kuchiga tayanib sug‘orish inshootlari, mahalliy aholini nazoratga olish maqsadida boshqaruv-ma’muriy hamda huquqiy idoralar, sovet mafkurasini targ‘ib qiluvchi madaniy-mafkuraviy muassalar va uy-joy qurilishlari ishga tushirilganligi, ruxsatsiz o‘z qishlog‘iga qaytib ketganlarga nisbatan ma’muriy-qonuniy choralar ko‘rilganligi dalillanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston teleradiokanalidagi “Milliy va ma’naviyat”, “Ta’lim va taraqqiyot” nomli dastur ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023 yil 20 iyundagi 02-36-990-son ma’lumotnomasi). Natijada,  Sovet hukumatining Surxon – Sherobod cho‘llarining o‘zlashtirilishi bilan bog‘liq ko‘chirish siyosati bo‘yicha yangi ma’lumotlarga ega bo‘lishlariga xizmat qilgan;
ko‘chirilgan aholini mehnatga jalb etish maqsadida brigadalar, bo‘lim boshliqlari ichidan maxsus ilg‘or “sotsialistik musobaqa” g‘oliblarini mukofatlash orqali sovet tuzumini insonparvarlik g‘oyalarni targ‘ib etish, paxta narxini yildan yilga pasayib borish holatlari, paxtadan boshqa ekinlar ekishga imkoniyat berilmaganligi hamda Surxon–Sherobod cho‘llarini o‘zlashtirish maqsadida ko‘chirilgan aholiga uy-joy, madaniy-maishiy, sog‘likni saqlash, ta’lim, sport sohasiga doir xizmat ko‘rsatish tarmoqlarining etishmasligi, o‘zlashtirilgan erlarga ko‘chib kelgan aholini talab, taklif va milliy manfaatlarni himoya qilish sohasidagi murojaatlari inobatga olinmaganligi dalillanganligi haqidagi manbalardan Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limining 2022-2023-yillar “Suv va suv inshootlari tarixi”ni yoritishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023 yil 11 iyuldagi 02-22/662-son dalolatnomasi). Natijalar aholi orasida XX asrning ikkinchi yarmida Surxondaryo viloyatidagi migratsion va demografik jarayonlar bilan bog‘liq tasavvurlarini boyitish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish