Begaliev Javlonbek Rayimnazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Sovet davrida o‘zbekistonda mualliflik huquqi tarixi (1917-1991 yillar)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tar948.
Ilmiy rahbar: Nasirov Otabek Nazirjanovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02.
Rasmiy opponentlar: Ermetov Avaz Abdullaevich, tarix fanlari doktori, professor; Xudoyqulov To‘lqin Do‘stboboevich, tarix fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda mualliflik huquqi shakllanish tarixi va holatini misolida ochib berish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish choralari va muammolarining o‘ziga xos jihatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sovet davlatida muallifning asariga egalik huquqi asosan kommunistik mafkura g‘oyalarni himoya qilishga qartilganligi, milliy  ma’naviy qadriyatlar, urf-odatlarni aks ettirgan mahalliy mualliflarni kitoblari qat’iy nazoratga olinganligi, “Markaz”ning O‘zbekistondagi mualliflarga nisbatan bir xilda munosabatda bo‘lmaganligi aniqlangan;
O‘zbekistonda sovet turmush tarzini targ‘ib etgan mashhur ijodkorlarga ekspertizasiz mualliflik huquqi tayinlanganligi, ularni asarlari muntazam ravishda  nashr etilib,  kitoblari ommalashgan taqdirda boshqa mualliflarga nisbatan ikki barobar miqdorida mehnat haqi berilganligi  dalillangan;
O‘zbekiston SSR adabiyot va nashriyot bosh boshqarmasi tomonidan Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Cho‘lpon, Usmon Nosirov, Yunusov Mashriq (Elbek), Mahmud Hodiev kabi mualliflarning asarlarida milliy  o‘zlik, mahalliy millat manfaatlari va qadriyatlari targ‘ib qilganligi sababli  ommalashtirish taqiqlanganligi dalillangan;
O‘zbekistonda “mualliflik huquqi”, “intellektual mulk”, “bosmaxona”, “noshir” kabi mavjud atamalarning huquqiy maqomi, mualliflar huquqini himoya qilish amaliyotining joriy etilishi, mualliflarning kasb darajasi bo‘yicha mutaxassis sifatida tayyorlashda oliy va o‘rta ta’limda sovet davrida kam e’tibor berilganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda mualliflik huquqi masalasi tadqiq qilish yuzasidan kelingan ilmiy xulosalar va ishlab chiqilgan takliflar asosida:
sovet davlatida muallifning asariga egalik huquqi asosan kommunistik mafkura g‘oyalarni himoya qilishga qartilganligi, milliy  ma’naviy qadriyatlar, urf-odatlarni aks ettirgan mahalliy mualliflarni kitoblari qat’iy nazoratga olinganligi, “Markaz”ning O‘zbekistondagi mualliflarga nisbatan bir xilda munosabatda bo‘lmaganligi hamda O‘zbekistonda sovet turmush tarzini targ‘ib etgan mashhur ijodkorlarga ekspertizasiz mualliflik huquqi tayinlanganligi, ularni asarlari muntazam ravishda  nashr etilib,  kitoblari ommalashgan taqdirda boshqa mualliflarga nisbatan ikki barobar miqdorida mehnat haqi berilganligi  dalillanganligiga oid ilmiy xulosalar O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy mavzusidagi “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariysini tuzish va tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2022-yil 18-oktyabrdagi 02-31-1755-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimizda mualliflik huquqini shakllanishi, me’yoriy–huquqiy asoslarning yaratilishi shuningdek, mualliflik huquqining himoya qilinishi bilan bog‘liq muammoli holatlar xususiyatlari, salbiy oqibatlari bo‘yicha mavjud g‘oyalar, respublikamizda mualliflar huquqlarini himoya qilish hamda ushbu huquqlarni hurmat qilish g‘oyasini keng jamoatchilikka etkazishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston SSR adabiyot va nashriyot bosh boshqarmasi tomonidan Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Cho‘lpon, Usmon Nosirov, Yunusov Mashriq (Elbek), Mahmud Hodiev kabi mualliflarning asarlarida milliy  o‘zlik, mahalliy millat manfaatlari va qadriyatlari targ‘ib qilganligi sababli  ommalashtirish taqiqlanganligi hamda O‘zbekistonda “mualliflik huquqi”, “intellektual mulk”, “bosmaxona”, “noshir” kabi mavjud atamalarning huquqiy maqomi, mualliflar huquqini himoya qilish amaliyotining joriy etilishi, mualliflarning kasb darajasi bo‘yicha mutaxassis sifatida tayyorlashda oliy va o‘rta ta’limda sovet davrida kam e’tibor berilganligi dalillanganligiga oid amaliy taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 29 dekabrdagi 02-22/593-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar Ma’naviyat va ma’rifat markazining ish samaradorligini oshirishda shuningdek, san’at va madaniyat, ilm-fan sohalarida ma’naviy-axloqiy mezonlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga bo‘lgan munosabatning yuksaltirish, inson huquqlarini hurmat qilish jumladan, mualliflik huquqlarini muhofazasi bilan bog‘liq ayrim muammoli holatlarni jamoatchilikka etkazilishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish