Al-Otaibi Bader Taraxibning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi: “Rus va arab gazeta diskursida siyosiy frazeologizmlarning tarjima ekvivalentligi muammosi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Ilmiy rahbar: Shomusarov Shorustam Giyazovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Tar.21.01.
Rasmiy opponentlar: Islamdjanova Xazifaxan, filologiya fanlari doktori, professor; Rashidova Nargiza Baxtiyarovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi siyosiy frazeologik birliklarning rus va arab gazeta diskursida tarjima ekvivalentligini, shuningdek, rus va arab tilidagi gazeta siyosiy diskursidagi ekvivalent frazeologik birliklarning faollik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
rus va arab tillaridagi siyosiy frazeologizmlarning tuzilishi va semantikasiga oid universal, milliy-madaniy hamda ularning til diskursidagi faollik xususiyatlari aniqlangan;
gazeta siyosiy diskursining o‘ziga xos xususiyati arab va rus tillarida so‘zlashuvchilarning mentaliteti, tarixi va madaniyati prizmasi orqali ko‘rilgan rus va arab tillarining lisoniy manzarasini shakllantiruvchi vosita ekani isbotlangan;
rus va arab tillaridagi gazeta diskursida qo‘llangan xalqaro frazeologik birliklarning tarjima ekvivalentligiga xos xususiyati aniqlanib, muayyan ijtimoiy-siyosiy doiralar vakili bo‘lgan muallif va tarjimonning lisoniy shaxsiyati haqida bayon qiluvchi tasavvur dalillangan;
rus va arab tilshunosligida siyosiy frazeologizmlarni tasniflash tiplari asosida rus va arab gazetalari diskursidagi ekvivalent siyosiy frazeologik birliklarning sintetik va analitik turlari mavjudligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Rus va arab gazeta diskursida siyosiy frazeologizmlarning tarjima ekvivalentligi muammosini tadqiq qilish yuzasidan olingan ilmiy natijalar va xulosalar asosida quyidagilarga erishildi:
rus va arab tillaridagi siyosiy frazeologizmlarning tuzilishi va semantikasiga oid universal, milliy-madaniy, shuningdek, ularning til diskursidagi faollik xususiyatlariga oid ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekistondagi rus diasporasining og‘zaki nutqida ishlatiladigan frazeologik birliklar qo‘llangan (O‘zbekistondagi Rus madaniyat markazining 2021 yilning 1 apreldagi 02-51-son ma’lumotnomasi). Natijada rus tilshunosligidagi siyosiy frazeologik birliklarning semantik va funksional xususiyatlari aniqlandi va asoslandi, bu o‘z navbatida, ularni rus gazetalari matnlarida va arab tiliga tarjima qilishda qo‘llash doirasini kengaytirish imkonini bergan;
gazeta siyosiy diskursining o‘ziga xos xususiyati bo‘lgan arab va rus tillarida so‘zlashuvchilarning mentaliteti, tarixi va madaniyati prizmasi orqali ko‘rilgan rus va arab tillarining lisoniy manzarasini shakllantiruvchi vositalari tahlilidan olingan amaliy natijalari Saudiya Arabistoni Podshohligining Nur-Sulton (Qozog‘iston Respublikasi) dagi elchixonasi tarjima bo‘limining amaliy faoliyatida qo‘llanilgan (Saudiya Arabistoni Podshohligining Qozog‘iston Respublikasidagi elchixonasining ma’lumotnomasi). Natijada, gazeta siyosiy matnlarini rus tilidan arabchaga va aksincha tarjima qilishda chuqur tushunishga imkon beradigan bunday ilmiy izlanishlar zarurligi qayd etildi. Bundan tashqari, tadqiqotda aniqlangan rus tilidagi publisistik matnlarning xususiyatlari, lakunalar va lingvomadaniy interferensiya gazeta matnlarini arab tiliga tarjima qilishda xatoliklarning oldini olishga yordam bergan;
rus va arab tilshunosligida siyosiy frazeologizmlarni tasniflash tiplari asosida rus va arab gazetalari diskursidagi ekvivalent siyosiy frazeologik birliklarning sintetik va analitik turlari mavjudligiga doir tadqiqot materiallari va amaliy natijalaridan Saudiya Arabistoni Podshohligining Tbilisi (Gruziya Respublikasi) dagi elchixonasi tarjima bo‘limining amaliy faoliyatida qo‘llangan (Saudiya Arabistoni Podshohligining Gruziya Respublikasidagi elchixonasining ma’lumotnomasi). Bu elchixona xodimlariga ommaviy axborot matnlarini yaratishda, shuningdek, rus tilidan arab tiliga va aksincha tarjima qilishda amaliy ko‘mak sifatida xizmat qilgan;
rus va arab tillaridagi gazeta diskursida qo‘llangan xalqaro frazeologik birliklarning tarjima ekvivalentligiga oid tadqiqot natijalaridan Saudiya Arabistoni Podshohligi Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi tarjima bo‘limining amaliy faoliyatida qo‘llanib kelinmoqda (Saudiya Arabistoni Podshohligi Tashqi ishlar vazirligining ma’lumotnomasi). Mazkur tadqiqot natijalaridan jurnalistika hamda matnlarni tarjima qilishda foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish