Usmonov Aslam Karshiboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tili bog‘lovchilarining funksional-stilistik va pragmatik xususiyatlari”. 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD.Fil790.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Samarqand davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Pardaev Azamat Baxronovich, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.113.02.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raeva Bibish Muhsinovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Rahimov Usmonjon Ergashevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Temiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilida bog‘lovchilarning funksional-stilistik va lingvopragmatik xususiyatlarini tadqiq etish, boshqa til birliklari bilan o‘zaro ma’nodoshlik, vazifadoshlik hamda pragmatik imkoniyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tilshunosligida bog‘lovchilar, ularning paydo bo‘lishi, tarixiy-tadrijiy taraqqiyoti, evolyusion o‘zgarishlari xususidagi qarashlar aniqlashtirilib, bog‘lovchilarning kuchaytiruv yuklamasidan biriktiruv bog‘lovchisiga o‘tgan ta/da tag‘i // dag‘i // tag‘in // taqi so‘zi hamda birda… birda yoki bir… bir shaklida takrorlanib ishlatiluvchi ayiruvchi bog‘lovchi, biraq (bir+aq) kabi zidlovchi bog‘lovchi, birlan>birla>bilan>bila>ila>la kabi dastlab ravishdosh, so‘ng ravish, keyin ko‘makchi bo‘lgan, biriktiruvchi bog‘lovchi sifatida ham ishlatiladigan so‘zlar bir sanoq soni asosidagi funksional-semantik xususiyatlari yuzaga kelganligi ochib berilgan;
na…, na…, go‘yo, ham, -da, -u(-yu) kabi yordamchi so‘zlarlarning birlamchi (yuklamalik) vazifasidan ikkilamchi (bog‘lovchilik) vazifasi kuchayganligi natijasida o‘zaro ko‘chishi aniqlangan;
bog‘lovchilarning o‘zaro sinonimligi, gap yoki matn mazmuniy tuzilishiga ta’sir o‘tkazishi, semantik jihatdan murakkablashtirib, matnda o‘z grammatik ma’nosidan tashqari “har xil”, “aralash”, “bir xil emas”, “xavotirlanish”, “qayg‘urish”, “iqrorlik” kabi ma’no bo‘yoqdorliklarini vujudga keltirishi isbotlangan;
va, ammo, lekin, biroq, yo.., yo.., yoki, ya’ni, chunki kabi bog‘lovchilarning kommunikativ nutq jarayonida so‘zlovchi va tinglovchi muloqotining mustahkamligini ta’minlovchi vosita sifatidagi xavotirlanish, qayg‘urish ma’nolarini voqelantirish kabi pragmatik xususiyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilidagi bog‘lovchilarning uslubiy va pragmatik xususiyatlarini tadqiq etish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
o‘zbek tilshunosligida bog‘lovchilar, ularning paydo bo‘lishi, tarixiy-tadrijiy taraqqiyoti, evolyusion o‘zgarishlari xususidagi qarashlar aniqlashtirilib, bog‘lovchilarning kuchaytiruv yuklamasidan biriktiruv bog‘lovchisiga o‘tgan ta/da tag‘i // dag‘i // tag‘in // taqi so‘zi hamda birda… birda yoki bir… bir shaklida takrorlanib ishlatiluvchi ayiruvchi bog‘lovchi, biraq (bir+aq) kabi zidlovchi bog‘lovchi, birlan>birla>bilan>bila>ila>la kabi dastlab ravishdosh, so‘ng ravish, keyin ko‘makchi bo‘lgan, biriktiruvchi bog‘lovchi sifatida ham ishlatiladigan so‘zlar bir sanoq soni asosidagi funksional-semantik xususiyatlari yuzaga kelganligi niqlangan o‘rinlardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017-2020-yillarda bajarilgan FA-F1 1005 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 4-yanvardagi 1a/1-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning doirasida bog‘lovchi va bog‘lovchi vositalarning tarixiyy taraqqiyoti, funksional-stilistik xususiyatlarini haqidagi yangi ma’lumotlar bilan boyiga erishilgan;
na…, na…, go‘yo, ham, -da, -u(-yu) kabi yordamchi so‘zlarlarning birlamchi (yuklamalik) vazifasidan ikkilamchi (bog‘lovchilik) vazifasi kuchayganligi natijasida o‘zaro ko‘chishi aniqlangan, bog‘lovchilarning o‘zaro sinonimligi gap yoki matn strukturasiga ta’sir o‘tkazishi, semantik jihatdan murakkablashtirib, matnda o‘z grammatik ma’nosidan tashqari “har xil”, “aralash”, “bir xil emas”; “xavotirlanish”, “qayg‘urish”, “iqrorlik” kabi ma’no bo‘yoqdorliklarini vujudga keltirishi isbotlangan o‘rinlardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017-2020-yillarda bajarilgan FA-F1 1005 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” nomli fundamental ilmiy loyihasini bajarishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 4-yanvardagi 1a/1-son ma’lumotnomasi). Natijada fundamental ilmiy loyihaning nazariy qismining boyitilishiga erishilgan;
va, ammo, lekin, biroq, yo.., yo.., yoki, ya’ni, chunki kabi bog‘lovchilarning kommunikativ nutq jarayonida so‘zlovchi va tinglovchi muloqotining mustahkamligini ta’minlovchi vosita sifatidagi xavotirlanish, qayg‘urish ma’nolarini voqelantirish kabi pragmatik xususiyatlari aniqlangan materiallardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DUK “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon”, “Jahon adabiyoti” radioeshittirishlarini tayyorlashda (2021-2022-yillar davomida) foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 04-36-536-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuv uchun tayyorlangan materiallar yangi qarashlar asosida mazmunan boyitilgan.