Yaxyaeva Navruza Xolbutaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mediamatnda umuminsoniy qadriyatlar tizimining lingvokul`turologik tadqiqi (ingliz va o‘zbek tillari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (ingliz tili) (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Fil1002.
Ilmiy rahbar: Teshabaeva Dilfuza Mo‘minovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti,  DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Qodirova Fazilat Shukurovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Jumabaeva Jamilya Sharipovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.                                                                    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi  ingliz va o‘zbek bosma media tili shakllanishida qadriyatlar tizimining o‘rni hamda umuminsoniy qadriyatlarning mediamatnda yoritilishiining lingvokul`turologik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bosma mediamatnlarda umuminsoniy qadriyatlar va mental hodisalarning yoritilishi media janrlar xususiyatlari, xususan ingliz tilidagi gazetalarda tanqidiy, sharh, o‘zbek tilidagi gazetalarida tahliliy, badiiy-publisistik janrlardagi ma’naviy, axloqiy, milliy mavzularning targ‘ibotidan iborat faktik materiallarga bog‘liqligi dalillangan;
media tilining lingvomadaniy yondoshuvi asosidagi tadqiqi ingliz va o‘zbek tillaridagi gazeta matnlarida umuminsoniy qadriyatlarning aksiologik tasnifi asosida yoritilishi jurnalist ijod namunasi va shaxsiy lisoniy didi orqali kommunikativ va linvomadaniy tamoyillarga tayangan holda muallif – aloqa kanali – jamiyat – til – madaniyat – mentallik – muvofiqlik omillariga bog‘liqligi isbotlangan;
mediamatnning “aksiologik – milliy – mental” baholovchi xususiyatlari olamda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, insoniyat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar, odamlar va ular hayotining ijtimoiy sub’ektlari uchun ahamiyatli kategoriyalari asosida ingliz tilidagi gazeta matnlarida friendship, relationship, tolerance, concsience va o‘zbek tilidagi gazeta matnlarida mehr-oqibat, insof-diyonat, bag‘rikenglik, birodarlik, halollik, poklik kabi leksemalar orqali shakllanishi aniqlangan;
chog‘ishtirilayotgan tillarda umuminsoniy qadriyatlarni ifodalovchi til birliklari ingliz tilidagi gazeta matnlarida ozodlik, erkinlik, tinchlik, adolat, baxt-saodat, o‘zbek tilidagi gazeta matnlarida vatanparvarlik, mehnatsevarlik, do‘stlik, muhabbat kabi umumijtimoiy mazmunga ega aksiologik modellar transformatsiyasiga bog‘liqligi dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mediamatnda umuminsoniy qadriyatlar tizimining lingvokul`turologik tadqiqi (ingliz va o‘zbek tillari misolida) bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
bosma mediamatnlarda umuminsoniy qadriyatlar va mental hodisalarning yoritilishi media janrlar xususiyatlari, xususan ingliz tilidagi gazetalarda tanqidiy, sharh, o‘zbek tilidagi gazetalarida tahliliy, badiiy-publisistik janrlardagi ma’naviy, axloqiy, milliy mavzularning targ‘ibotidan iborat faktik materiallarga bog‘liqligi oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Yoshlari Umumjahon assotsiatsiyasining “Xavfsiz migratsiya” amaliy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlari Umumjahon assotsiatsiyasining 2022 yil 9 iyundagi 03-02/152-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu loyiha doirasida olib borilgan targ‘ibot tadbirlarining keng ko‘lamda olib borilishiga va  yaratilgan bukletlar, broshyuralar, tarqatma materiallarning mazmun-mohiyati yanada oshishiga xizmat qilgan;
media tilining lingvomadaniy yondoshuvi asosidagi tadqiqi ingliz va o‘zbek tillaridagi gazeta matnlarida umuminsoniy qadriyatlarning aksiologik tasnifi asosida yoritilishi jurnalist ijod namunasi va shaxsiy lisoniy didi orqali kommunikativ va linvomadaniy tamoyillarga tayangan holda muallif – aloqa kanali – jamiyat – til – madaniyat – mentallik – muvofiqlik omillariga bog‘liqliq ekanligiga oid ilmiy xulosa va takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining saylovoldi dasturlarini tuzishda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashining 2022 yil 14 iyundagi 02/05-121-son ma’lumotnomasi). Natijada partiyaning “Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari” shiori ostida o‘tkazilgan saylov oldi tashviqot dasturlarining mazmundorligi oshishiga erishilgan;
mediamatnning “aksiologik – milliy – mental” baholovchi xususiyatlari olamda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, insoniyat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar, odamlar va ular hayotining ijtimoiy sub’ektlari uchun ahamiyatli kategoriyalari asosida ingliz tilidagi gazeta matnlarida friendship, relationship, tolerance, concsience va o‘zbek tilidagi gazeta matnlarida mehr-oqibat, insof-diyonat, bag‘rikenglik, birodarlik, halollik, poklik kabi leksemalar orqali shakllanishi kabi amaliy taklif va xulosalaridan O‘zbekiston Yoshlari Umumjahon assotsiatsiyasining “Musofir” amaliy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlari Umumjahon assotsiatsiyasining 2022 yil 9 iyundagi 03-02/152-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliy loyiha doirasida tashkil etilgan seminar-treninglar, davra suhbatlari, uchrashuvlarda ishtirok etgan ommaviy auditoriyaning milliy mentaliteti va dunyoqarashining yanada o‘zgarishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish