Saidqodirova Dilfuzaxon Saidqodirovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Terminologiyada nominatsiya hodisasi (kompyuter va internet terminlari misolida)”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/Fil305.
Ilmiy rahbar: Teshabaeva Dilfuza Mo‘minovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Rahimov G‘anisher Xudaykulovich, filologiya fanlari doktori, professor; Xamraeva Shaxlo Mirjanovna, filologiya fanlari doktori, professor; Ziyaev Avazbek Ixtiyarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi kompyuter va internet terminlari nominativ tadqiqining nazariy va amaliy asoslarini hamda ularning birlamchi va ikkilamchi nominatsiya xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kompyuter va internet terminlarida standartlashtirish va meʼyorlashtirish masalalari tasnifini amalga oshirish orqali terminning tushunchani to‘la qamrab olish imkoniyati va nominativ birliklarni hosil qilishda ishtirok etuvchi derivatsion, leksik-semantik hamda kognitiv jihatlarining nominatsiya aktlarining dixotomiyasi doirasidagi o‘rni asoslangan;
ingliz va o‘zbek kompyuter va internet terminlarini nomlashda ularning nominativ-definitiv, determinologizatsiya, reterminologizatsiya xususiyatlarini aniqlash orqali termin tizimidagi terminologizatsiya hodisasida transterminologizatsiya ikkilamchi nominatsiya jarayoni ekanligi isbotlangan;
kompyuter terminologik tizimning nominatsiyasida terminlarning kognitiv-nominativ mohiyatini asoslash hamda kompyuter terminologik tizimining freym diagrammasini shakllantirish orqali terminologik tizimni tizimlashtirish jarayonida aniqlangan barcha asosiy va yordamchi tushunchalar o‘rtasidagi mavzuiy bog‘liqliklar dalillangan;
 ilmiy bilimlar tizimini tashkil etadigan strukturani o‘zida aks ettirgan kompyuter va internet terminlarining kognitiv mohiyatini ochish hamda kompyuter va internet terminologiyasining freym tahlili orqali terminologik uyalarni shakllantirishda termin ma’nolarida ma’noviy siljishlarning ro‘y berishi hamda ularning terminologik maydonni tashkil etish orqali maydondagi birliklar bilan leksik-semantik paradigmani hosil qilishi isbotlangan;
 kompyuter va internet terminlari nominatsiyasida metaforalar tushunchalarni ifodalashda asosiy vositalardan biri sifatida maydonga chiqishi, umumisteʼmoldagi so‘zlar terminga aylanganida metaforik ma’nosini saqlab qolishi hamda ular tashqi o‘xshashlik yoki shakliy o‘xshashlik asosida termin-metaforalarning rang-tus, jihozlar, zoonimlar nomlari asosida hosil bo‘lishi dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Terminologiyada nominatsiya hodisasi (kompyuter va internet terminlari misolida) mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
kompyuter va internet terminlarida standartlashtirish va meʼyorlashtirish masalalari tasnifini amalga oshirish orqali terminning tushunchani to‘la qamrab olish imkoniyati va nominativ birliklarni hosil qilishda ishtirok etuvchi derivatsion, leksik-semantik hamda kognitiv jihatlarining nominatsiya aktlarining dixotomiyasiga doir xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutining 2020-2022-yillarda o‘tkazilgan HHM Radiotexnika qo‘shinlari o‘quv-terminologik lug‘ati «Erudit» raqamli yopiq fundamental loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2023-yil 19 iyundagi 10/1023-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot materiallari mazkur loyiha bo‘yicha o‘quv-terminlologik lig‘ati va o‘quv-qo‘llanma yaratishda muhim manba bo‘lib xizmat qilishiga erishilgan;
ingliz va o‘zbek kompyuter va internet terminlarini nomlashda ularning nominativ-definitiv, determinologizatsiya, reterminologizatsiya xususiyatlarini aniqlash orqali termin tizimidagi terminologizatsiya hodisasida transterminologizatsiya ikkilamchi nominatsiya jarayoni ekanligiga doir xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan F3-201912258-raqamli «O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish» mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti №03/1–1425 2023 yil 28 iyuldagi 03/1–1425-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu dissertatsion ishda tadqiq etilgan terminlardan loyiha doirasida amaliyotda qo‘llanilgan;
kompyuter terminologik tizimning nominatsiyasida terminlarning kognitiv-nominativ mohiyatini asoslash hamda kompyuter terminologik tizimining freym diagrammasini shakllantirish orqali terminologik tizimni tizimlashtirish jarayonida aniqlangan barcha asosiy va yordamchi tushunchalar o‘rtasidagi mavzuiy bog‘liqliklariga oid xulosalardan Erasmus+ dasturi doirasida  Latviyaning Rezekna texnologiyalar Akademiyasi, Angliyaning London Metropoliten universiteti bilan hamkorlikda bajarilgan «561624-EPP-1-1-UK-EPPKA2-CBHE-SP IMEP» nomli xalqaro loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2023-yil 17 iyuldagi IRD/23–158-son ma’lumotnomasi). Mazkur tadqiqotda tahlilga tortilgan ingliz va o‘zbek tillaridagi internet va kompyuter terminlaridan to‘g‘ri va o‘rinli foydalanishlarini ta’minlashda xizmat qilgan;
ilmiy bilimlar tizimini tashkil etadigan strukturani o‘zida aks ettirgan kompyuter va internet terminlarining kognitiv mohiyatini ochish hamda kompyuter va internet terminologiyasining freym tahlili orqali terminologik uyalarni shakllantirishda termin ma’nolarida ma’noviy siljishlarning ro‘y berishi hamda ularning terminologik maydonni tashkil etish orqali maydondagi birliklar bilan leksik-semantik paradigmani hosil qilishiga doir xulosalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Valyadolid universiteti (Ispaniya) – 2019-1-ES01-KA107-061356  ERASMUS+ dasturi doirasida ICM, KA-107- International credit Mobility between European Union and Uzbekistan HEIs, through staff and student mobility exchange projecs between  Uzbekistan State University of World LanguaGES and Valladolid University (Spain) o‘rtasidagi kredit safarbarligi loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2023-yil 17-iyuldagi IRD/23–157-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur tadqiqotda tahlilga tortilgan internet va kompyuter terminologiyasidan oqilona foydalanishga xizmat qilgan;
kompyuter va internet terminlari nominatsiyasida metaforalar tushunchalarni ifodalashda asosiy vositalardan biri sifatida maydonga chiqishi, umumisteʼmoldagi so‘zlar terminga aylanganida metaforik ma’nosini saqlab qolishi hamda ular tashqi o‘xshashlik yoki shakliy o‘xshashlik asosida termin-metaforalarning rang-tus, jihozlar, zoonimlar nomlari asosida hosil bo‘lishiga doir xulosalardan O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasida 2020-2022-yillarda bajarilishi mo‘ljallangan FZ–202002146 raqamli «Markaziy Osiyo mutafakkirlari asarlari asosida buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi ma’rifiy, tarbiyaviy kurash asoslarini o‘zida jamlagan multimedia dasturi hamda mobil ilovasini yaratish» mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi 2023-yil 15 maydagi 05–679-son ma’lumotnomasi). Natijada kompyuter va internet terminlarining nominatsiyasiga oid tavsiyalaridan multimedia dasturi hamda mobil ilovasini yaratish jarayonida keng foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish